P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


VI-BOB. MIKROORGANIZMLARNING GEOLOGIK FAOLIYaTI



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

VI-BOB. MIKROORGANIZMLARNING GEOLOGIK FAOLIYaTI 
 
6.1. Tuproq xosil bo‘lishida mikroorganizmlarning ahamiyati

Barcha tirik organizmlar yig‘indisi, planetamizning biomassasini tashkil 
etadi. Biosfera - yer kobig‘ining tiriklik bo‘lgan ustki qavatidir. Biosferada esa 
o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlarning geologik faoliyati 
namoyon bo‘ladi. 
Biosferaning yuqori chegarasi 10 km bo‘lsa, u butun quruqlikni, pastliklarni 
o‘z ichiga oladi, okeanlardagi chegarasi 4-10 km chuqurlikkacha tushadi. Biosfera 
biomassasini ko‘paytirishda o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning 
ahamiyati katta. 
V. I. Vernadskiy fikricha, tog‘ jinslarining o‘zgarishida mikroorganizmlar 
kuchli agentlardan biri bo‘ladi, chunki juda tez ko‘payishi, ko‘p mikdordagi 
moddalarni o‘zgartirib, hayot uchun zarur bo‘lgan energiyadan foydalanishi bilan 
xarakterli. Masalan, temir bakteriyalari 1 g tanasini qurish uchun 464 g G‘eSO
3
ni, 
ammonifikatorlar 20 g NH
3
, nitrifikatorlar 72 g HNO
2
ni oksidlashi kerak bo‘ladi. 
Achitqi zamburg‘lar bir necha yuz tonnalab maxsulotlarni o‘zgartirib, spirtga 
aylantiradi. 
Cho‘kindi moddalar hosil bo‘lishi organik olamning hosil bo‘lish jarayoni 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Yerda hayot paydo bo‘lmasdan oldin barcha 
moddalar erigan holda bo‘lganlar va ma’lum bir konsentratsiyaga yetguncha 
dengiz suvlarida to‘planib borgan. Keyinchalik tirik organizmlar o‘z tanasini 
kurish uchun suvdagi Sa, R, S, S, Nl va boshqa elementlardan foydalangan. Bular 
nobud bo‘lganidan so‘ng oxaktosh, fosforit, oltingugurt, toshko‘mir, neft va gaz 
qatlamlarini hosil qilgan. Bir guruh mikroorganizmlar bir tomondan tog‘ jinslarini 
hosil kilsa, ikkinchi tomondan ularni parchalab turgan. Masalan, granit mexanik 
nurash (ya’ni temperaturaning keskin o‘zgarishi) yo‘li bilan kichikroq bo‘laklarga 
ajraladi. 
Kimyoviy faktorlar - SO
2
va N
2
O bu bo‘laklarni yanada yemiradi va kaliy 
hamda natriyning suvda eriydigan karbonat tuzlarini hosil qiladi. Erimaydigan 


 115 
kaolinni (tuproqni) suv boshqa joylarga okizib ketadi. Granit ustiga oz miqdorda 
bo‘lsa ham tushib qolgan organik modda shu yerda saprofit bakteriyalarning 
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. O‘z navbatida saprofit bakteriyalar organik 
moddalarni parchalab, SO
2
ajratadi. Bu SO
2
tog‘ jinslarini yanada yemiradi. 
Bulardan tashqari, tog‘ jinslari ustida, nitrifikatorlar ham paydo bo‘lib, ular NN
3
hosil qiladi, bular uchun kerakli bo‘lgan SO ni saprofit bakteriyalar hosil qiladi. 
So‘ngra ba’zi bir yashil suvo‘tlari paydo bo‘ladi, ba’zilari atmosfera azotini 
o‘zlashtira olsa, ikkinchilari azotfiksator bakteriyalar bilan birga yashab, 
lishaynnklarni vujudga keltiradi, bulardan keyin moxlar va asta sekin yuksak 
o‘simliklar paydo bo‘la boshlaydi. 
Shunday qilib, tog‘ jinslari yemiriladi va tuproqning chirindili qatlami 
vujudga keladi, chunki saprofit mikroorganizmlar o‘simliklar qoldig‘ini parchalab, 
gumus hosil qiladi. 
Tauson ko‘rsatganidek, mikroorganizmlarning ba’zi gruppalari neft, 
fenollar, parafin, naftalin va boshqa maxsulotlarni o‘zlashtira olishi bilan 
saprofitlardan farq kiladi. Uning aniqlashicha, mikroorganizmlar faoliyati 
natijasida SO
2
hosil bo‘lar ekan. U dengiz sathidan 3-4 km yukorida Pomir va 
Kavkaz tog‘laridagi toshlar ustida qora dog‘larni kuzatadi. Bu qora dog‘larni 
tekshirganda ko‘k-yashil suvo‘tlar bilan bakteriyalar qoldig‘i ekanligini aniqlaydi. 
U ko‘k-yashil suvo‘tlar orasidan azotobakter hujayralarini topadi. Demak, ko‘k-
yashil suvo‘tlar atmosferadan SO
2
ni o‘zlashtirgan va o‘z tanasini qurgan hamda 
azotobakterga ozuqa yetkazib bergan. O‘z navbatida azotobakter atmosferadagi 
azotni o‘zlashtirib, suvo‘tlarni azot bilan ta’minlagan, bu o‘ziga xos simbiozdir. 
Keyinchalik esa ko‘k-yashil suvo‘tlar va bakteriyalar nobud bo‘lib, organik 
modda hosil qilgan. Saprofitlar esa organik moddalarni parchalab, SO
2
ajratgan. 
SO
2
boshqa faktorlar bilan birgalikda tog‘ jinslarini yemirgan. Ayniqsa, ohaktoshli 
jinslarning tez yemirilishida saprofit bakteriyalarning roli nihoyatda katta bo‘lgan. 
Bu bakteriyalar SO
2
dan tashqari, oksalat, sirka, sut, limon va boshqa organik 
kislotalar hosil kiladi, bu kislotalar o‘z navbatida SaSO
3
ni tez yemiradi. 
Tog‘ jinslarining yemirilishida saprofitlardan tashqari, avtotroflardan: 
nitrifikatorlar, oltingugurt bakteriyalari va boshqalar ham katnashadi. Avtotroflar 
saprofitlarga qaraganda, oxaktoshlarni 8 marta tez yemiradi. Oltingugurt 
bakteriyalari hosil qilgan N
2
SO
4
ham tog‘ jinslarini yemiradi. 
Sulfid rudalaridan: pirit (G‘eS
2
), alkopirit (SuG‘eS
2
), molibdenit (MoS
2
) va 
boshqalar hosil bo‘lishida Thiobacillus ferrooxydans, Th. thiooxydans (36,37 
rasmlar) ishtirok etadilar. Barcha oxaktoshlarning 90%- ti mikroorganizmlar 
tomonidan hosil bo‘lgan. Bunda ayniqsa bakteriyalar, aktinomitsetlar va 
zamburug‘larning ahamiyati katta. 


 116 
Mikroorganizmlar ohaktoshlar hosil qilishi uchun, muxitda ularning tuzlari 
bo‘lishi kerak, dengiz suvida esa kalsiy tuzlari doim yetarli bo‘ladi. O‘z navbatida 
saprofitlar oxaktoshlarni parchalab turadi. Demak, mikroorganizmlar oxaktoshlarni 
ham hosil kilishi, ham parchalashi mumkin ekan. Bunday nitrifikatorlar selitra 
konlarini ham hosil kilishi mumkin. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin