188
Tashuvchi sifatida oqsillar bir qancha afzalliklarga egadirlar: sig‘imli,
biodegradatsiyaga uchraydi, ulardan yupqa membrana (qalinligi 80 mkm) sifatida
foydalanish mumkin. Oqsillar fundamental biologik tadqiqotlarda, tibbiyotda
ko‘proq ishlatiladi. Kamchiligi esa, yuqori immunogenlikka egaligidir.
Immobillash uchun ko‘proq strukturali (keratin, fibrin, kollagen), harakatchan
(miozin) va tashuvchi (albumin) oqsillardan foydalaniladi.
Sintetik polimer tashuvchilar, fermentlarni kovalent va adsorbsion
immobillashda, ularni gel va mikrokapsulalar xolatdagi shakllarini olishda
ishlatiladi. Sorbsion immobillashda stirol asosidagi polimerlar ishlatiladi. Ular
makroporali, izoporali hamda geteroporali strukturaga ega bo‘ladi. Polimer gidrofil
tashuvchilar olish uchun akril kislotasining hosilasi – akrilamiddan foydalaniladi.
Ferment va hujayralarni fazoviy-to‘rli strukturali poliakrilamid gelga kiritish
metodi hozirda keng qo‘llanilmoqda. Poliakrilamid geli kimyoviy ta’sirlarga
chidamlidir. Poliamid tashuvchi guruhi ham qiziqarlidir. Bu amid guruhi (-S(O)-
NH-) bir necha marta qaytarilib keladigan turli geterozanjirli polimerlar guruhidir.
Masalan,
N-vinilpirrolidon
asosidagi
polimerlar
organizmda
sekin
parchalanadigan fermentlarni immobillash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ular
biologik inert bo‘lganligi uchun tibbiyot amaliyotida ham ishlatiladi. Kamchiligi
esa, uning organizmda to‘planib qolishidir. Bu jihatdan fermentlar ta’sirida
gidrolizlanadigan tabiiy polimerlar ahamiyatlidir. Shuning uchun dori vositalariga
dekstran, sintetik tashuvchilardan N-vinilpirrolidon asosida tayyorlangan
polimerlar qo‘shib ishlatish yaxshi natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: