P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Organik erituvchilar yordamida cho‘ktirish

Fermentlarni 
suvda 
eruvchan organik erituvchilar bilan cho‘ktirish usullari sanoat miqyosida keng 
ko‘lamda qo‘llaniladi. Oqsillarni cho‘ktirish samarasi organik erituvchilar ta’sirida 
suvning faolligini kamayishi bilan uzviy bog‘liqdir. Erituvchining konsentratsiyasi 
ortishi bilan fermentning zaryadlangan gidrofil molekulalarini suv ta’sirida 


 182 
solvatlanish qobiliyati pasayadi. Oqsilning gidrofob qismidagi suv molekulalari 
organik erituvchi tomoniga o‘ta boshlaydi va natijada fermentning eruvchanligi 
pasayadi. Oqibatda oqsil molekulalari agregatlanadi va cho‘kmaga tushadi. 
Oqsillarni agregatlanish elektrostatik va Van-der-Vaals kuchlari ta’sirida, 
alohida joylashgan oqsil molekulalari o‘rtasida yuzaga keladi. 
Oqsillarni agregatlanish jarayoni va cho‘kma hosil bo‘lishi cho‘ktirishning 
bir qancha omillariga bog‘liqdir. Shulardan biri oqsil molekulasining xajmidir. 
Cho‘ktirish jarayonida oqsil molekulasining razmeri qanchalik katta bo‘lsa, 
erituvchining salbiy ta’sir qiluvchi konsentratsiyasi shunchalik past bo‘ladi. Bu 
bog‘liqlikka molekulaning gidrofoblik darajasi, solvat qavatiga chidamliligi na 
boshqa omillar ta’sir qilishi mumkin. 
Cho‘ktirish uchun ishlatiladigan organik erituvchi suv bilan to‘liq aralashishi 
va ferment bilan esa aloqada bo‘lmasligi kerak. Asosan bu jarayon uchun etil 
spirti, atseton va izopropil spirti keng qo‘llanilsa, metanol, n-propanol, dioksan, 2-
metoksietanol va boshqa spirtlar, ketonlar, efirlar va ularning aralashmalari kamroq 
ishlatiladi. Erituvchilarni tanlashda ularning zaxarligiga, portlash xavfidan 
xolisligiga va pegeneratsiya bo‘lish qobiliyatiga e’tibor berish kerak. Ishlab 
chiqarish uchun eng yaroqlilari bo‘lib etil spirti va izopropanol hisoblansa, 
atsetonning ko‘rsatkichlari esa sal pastroqdir. Bular orasida eng istiqbollisi 
izopropanoldir. Bu erituvchilar yordamida fermentlarni komplekslarga ajratish 
yoki fraksiyalar holida cho‘ktirib olish mumkin. 
Ferment preparatlarini cho‘ktirish uchun nafaqat erituvchining tabiati va 
konsentratsiyasi, balki elektrolitlarning ishtiroki, cho‘ktirish harorati, muhitning rN 
ko‘rsatkichi, quruq moddalarning tarkibi na miqdori kabi bir qancha omillarga 
e’tibor berish kerak. Cho‘ktirish eritmasida ba’zi ionlarning uchrashi ferment 
mo‘’tadilligiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, Sa
2+
ionlari a-amilaza, proteinaza, 
glyukoamilaza fermentlari faolligiga ijobiy ta’sir qilsa, magniy, marganets, kobalt 
kabi metall ionlari himoya vazifasini bajaradi. Shular bilan birgalikda ba’zi 
metallarning (Fe
2+
, Pb
2+
, Si
2+
, Ag
2+
, Ni
2+
, AI
3+
, Hg
+
va x.k.) ionlari salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi va ularning eritmada bo‘lishi maqcadra muvofiq emasdir. Eritmada 
elektrolitlarning bo‘lishi erituvchi sarfini kamaytirishga va cho‘kma strukturasini 
yaxshilashga xizmat qiladi. 
Fermentni cho‘ktirish jarayonida imkon boricha ferment eritmasini va 
erituvchining harorati past bo‘lishiga harakat qilish kerak. Spirt va fermentning 
suvli eritmasi aralashtirilganda, issiqlik ajralib chiqadi va aralashma harorati 5-
10
0
S ga ko‘tariladi. Agarda spirt oldindan sovutilgan bo‘lmasa fermentlarning 
inaktivatsiyasini kuzatish mumkin. Bu hodisa nafaqat termoinaktivatsiyaga, hattoki 
ferment molekulasini denaturatsiyasigacha olib keladi. 
Ferment preparatlarini cho‘ktirishda rN ko‘rsatkichi juda katta ahamiyatga 
ega. Bir xil ferment eritmasidan har xil rN ko‘rsatkichi ta’sirida bir-biridan 
cho‘kmasining miqdori va ferment faolligi bilan farq qiluvchi preparatlar olish 
mumkin. Ma’lumki, fermentlar o‘zlarining izoelektrik nuqtalarida oqsil agregatlari 
hosil qilib to‘liq cho‘kmaga tushadilar. Oqsillarni izoelektrik nuqtalarida, 
cho‘ktiruvchi reagentlar ishlatmasdan cho‘ktirish jarayoni, izoelektrik cho‘ktirish 
deyiladi. Organik cho‘ktiruvchilarni izoelektrik nuqta rN ko‘rsatgichiga yaqii rN 


 183 
da qo‘llash fermentlarni oson cho‘ktirish va erituvchini kam miqdorda sarflash 
uchun xizmat qiladi. rN ko‘rsatkichi izoelektrik nuqtadan chetga chiqsa, cho‘kma 
unumi va ferment faolligi 30-50% gacha yo‘qotiladi. 
Faol fermentni preparat yoki mo‘’tadil strukturali cho‘kma holida olish 
uchun eritmada 10-12% atrofida quruq modda miqdori bo‘lishi kerak. Ko‘p 
tadqiqotlardan 
ma’lumki, fermentlarni cho‘ktirishda, ayniqsa proteolitik 
fermentlarni, miqdori kam quruq moddaning eng optimal miqdori esa, 10% dan 
ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Yuqorida qayd qilingan omillar qatorida ferment eritmalarini erituvchi bilan 
aloqada bo‘lish muddati ham katta ahamiyatga ega. Ferment sanoatida to‘xtovsiz 
ishlaydigan cho‘ktiruvchilarda ushbu vaqtni juda ham qisqartirishga erishilgandir, 
bu albatga ferment faolligini kamayishini oldini oladi. 
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish samaradorligi shu jarayonga 
mo‘ljallangan uskunaga ham uzviy bog‘liqdir. Bunday uskunalar asosan ferment 
eritmalarini qabul qilgich, to‘xtovsiz aralashtirgich, ferment eritmasi va erituvchini 
to‘xtovsiz ravishda uzatuvchi konturlar, separator va avtomatizatsiya tizimlaridan 
tuzilgan bo‘ladi. Silindr shaklidagi aralashtirgichdan ferment eritmasi va erituvchi 
murakkab harakat yo‘nalishi bo‘ylab qisqa vaqt ichida aralashib o‘tadi va natijada 
hosil bo‘lgan aralashma separator qismiga uzatiladi. Separatorda cho‘kmaga 
tushgan oqsil molekulalari ajratib olinadi. Bunday qurilmada ferment bilan 
erituvchining aloqa muddati o‘n marotabagacha qisqartiriladi. Bunda fermentning 
cho‘kmaga tushish unumi 15-20% gacha ortadi. Separatorda ajratilgan cho‘kma 
har xil usullar bilan mo‘’tadil sharoitda quritib olinadi. Cho‘kma tepasida qolgan 
suyuqlik tarkibida 50-75% gacha erituvchi bo‘ladi va u rektifikatsiya bo‘limida 
regeneratsiya qilish uchun yuboriladi. 
Organik erituvchilar bilan cho‘ktirish unumi produtsent o‘stirilgan ozuqa 
muhiti tarkibiga va ferment preparatini quyuqlashtirilganlik darajasiga ham 
bog‘liqdir. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin