175
chidamli,
tez buziluvchan, nozik makromolekulyar strukturaga ega bo‘lgan
oqsillardir. Ular tashqi ta’sir ostida osongina o‘z xossasini yo‘qotadilar.
Fermentlar ishtirokida kechadigan reaksiyalar murakkab mexanizmga ega.
Ularning faolligini tashqi muhitning o‘zgarishi orqali, reaksion muhitga
fermentlarni ularni faolligini oshiruvchi yoki susaytiruvchi qo‘shimcha moddalar
qo‘shish bilan boshqarish mumkindir.
Fermentlar
manbai
turli
hayvon,
o‘simliklarning
to‘qimalari,
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Fermentlar qaysi biri kerakligi va qaysi birini
olish qulayligiga qarab tanlanadi.
Yaqin davrlargacha amaliy maqsadlarda hayvon va o‘simlik fermentlaridan
foydalanib kelingan. Hayvonlardan olinadigan fermentlar go‘sht sanoatining
yo‘ldosh mahsulotlari hisoblanadi. Barcha to‘qima
va hujayralar ichida
fermentlarga boy organ oshqozon osti bezidir. Undan, tarkibida bir qator gidrolitik
fermentlar (amilaza, proteaza, lipaza va b.) tutgan kompleks preparatlar olinadi.
Masalan, oshqozon osti bezidan pankreatin - quritilgan ekstrakt olinadi.
Hayvon xomashyolaridan ayrim fermentlarning tozalangan preparatlari -
pepsin, tripsin, ximotripsin, rennin (ximozin), ribonukleaza, DNKaza, lipaza,
gialuronidaza, katalaza va boshqa fermentlar ham ajratib olinadi.
O‘simliklardan sanoat miqyosida proteolitik
fermentlarning ayrim
preparatlari - papain (qovun daraxti mevasining sharbatidan), fitsin (anjir bargi va
Ficus
oilasiga mansub o‘simliklardan) ajratib olinadi.
Ammo, o‘simliklardan ferment ajratib olish iqtisodiy jihatdan samarali
emas, chunki sarflanadigan o‘simlikka nisbatan olinadigan mahsulot kam
miqdorda bo‘ladi. Undan tashqari har doim ham istalgan mintaqada kerakli
o‘simlikni o‘stirish imkoni yo‘q.
Hayvonlardan fermentlarni ajratib olishda
ham ayrim qiyinchiliklar
tug‘iladi. Shuning uchun hozirda fermentlar manbai sifatida mikroorganizmlardan
keng foydalanilmoqda.
Mikroorganizmlar
– ferment olish uchun juda qulay manba hisoblanadi,
chunki ularning (fermentlarini) hujayradagi konsentratsiyasini mikroorganizm
o‘sishini tezlatish yoki genetik manipulyatsiya qilish hisobiga oshirish mumkin.
Mikroorganizmlar tez o‘sadi, arzon muhitlarda ko‘payada va turli fermentlarga
boydir.
Mikrob fermentlari hozirda o‘simlik va hayvon fermentlari o‘rnini
bosmoqda. Qator fermentlar meditsina diagnostikasida ham o‘ziga xos o‘rin
egallab kelmoqda. Masalan, xolesterinoksidaza
qon zardobidagi xolesterinni,
ureaza esa, siydik kislotasi miqdorini o‘lchashda ishlatiladi. Gen injenerligi
tadqiqotlarida esa, mikroblardan ajratiladigan restriktatsion endonukleazalar va
ligazalar ishlatiladi.
Mikrobiologik usulda olingan fermentlar plastmassa ishlab chiqarishda ham
o‘rin egallaydi.
Qattiq yoki suyuq ozuqa muhitlarida o‘stirilgan mikroorganizmlarning
kulturasi va ularning kultural suyuqliklari tarkibida juda ko‘p
miqdorda ballast
moddalap bordir. Fermentlarni ajratish va tozalash - ko‘p mehnat va harajat talab
qiluvchi jarayondir, agarda ferment preparati mikroorganizm kulturasi ko‘rinishida
176
ishlatilsa, u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan
mikroorganizmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va xuddi shunday
mikroorganizmlarni qishloq xo‘jaligida yem-xashak tayyorlashda
yoki fermalarda
yemlarni qayta ishlashda qo‘llash ham mumkin.
Oziq-ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq,
kraxmal va sharbat ekstraksiya qiluvchi), hamda tekstil, mo‘yna va mikrobiologik
sanoatlarda, shu jumladan tibbiyotda ballast moddalardan qisman yoki to‘liq
tozalangan ferment preparatlari ishlatiladi.
Toza ferment preparatlarini olishning boshlang‘ich materiali bo‘lib
filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq ozuqa muhitda
o‘stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun
yoki suyuq konsentrat ko‘rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida
preparatning ymumiy massasida faol oqsilning nisbiy ulushi, ya’ni
uning ulushiy
faolligi optadi.
Dostları ilə paylaş: