172
O‘simlik hujayralarini kulturasini olishning asosiy tipi kallus to‘qimasini,
ba’zida esa o‘simliklarning o‘sma hujayralari kulturasini olishdir. O‘sma
hujayralari kulturasi chuqur (suyuq ozuqada) va yuzaki usulda ekilganda, tashqari
ko‘rinishidan va morfologik jihatdan deyarli farq qilmaydi. Ularning asosiy farqi
shundaki, o‘sma hujayralari gormonga bog‘liq emas, shuning uchun ularning
ozuqa muhitiga fitogormonlar qo‘shish kerak emas. Undan tashqari o‘sma
hujayralardan organogenez jarayonida ildiz yoki kurtaklar unmaydi. Kallus
hujayralari kulturasi esa to‘satdan gormonga bog‘liq bo‘lmay
qolish xususiyatiga
ega. Kallus hujayralarini bo‘linishi natijasida (yuksak o‘simliklarga xos bo‘lgan
hujayra differensiatsiyasining bir tipi) kallus to‘qimalari yoki kallus hosil bo‘ladi.
Kallus hujayralari kulturasini olish uchun yuksak o‘simliklarning turli
organlari (eksplantlar)dan bir qism (fragment) olib, sterillik qoidalarini saqlagan
holda uni probirka, kolba yoki Petri likobchasidagi sun’iy ozuqa muhitiga eqiladi.
Eksplant hujayralarining dedifferensiyalanishi va kallusogenez jarayonining
xususiyatlari, olingan to‘qimaning xususiyatlariga bog‘liqdir. O‘simliklarning
maxsus to‘qimalari (parenxima, ildiz va poya, barg va b.) ning hujayralari ozuqa
muhitida o‘ziga xos funksiyalarini yo‘qotib dedifferensiyalashishi va faol
bo‘linadigan hujayra holatiga kelishi kerak. O‘simlik hujayra va to‘qimalari
kulturalari o‘stiriladigan
ozuqa
muhit tarkibida mineral tuzlar (makro va
mikroelementlar), uglerod manbai (saharoza yoki glyukoza), vitaminlar va o‘sishni
boshqaruvchi moddalar (regulyatorlar)i bo‘lishi kerak.
Zarur hollarda ozuqa
muhitiga turli kompleks birikmalar (kazein gidrolizati, aminokislotalar
aralashmasi, achitqi ekstrakti, turli o‘simlik ekstraktlari) qo‘shiladi. Yangi ob’ekt
bilan ishlayotganda ozuqa muhitlarining optimal tarkibini tanlay bilish katta
ahamiyat kasb etadi.
Yuza usulda ekilgan kallus to‘qimalarini
rangi oq, sarg‘ish, yashil, qizil,
aniq bir anatomik strukturaga ega bo‘lmagan amorf massaga ega bo‘lib,
konsistensiyasi jihatidan ham farqlanadi.
Suyuq ozuqa muhitida o‘stirilgan o‘simlik hujayralari kulturalari suspenzion
kulturalar deyiladi. Suyuq ozuqa muhitida o‘stirilgan o‘simlik hujayralari
kulturalari kallus kulturalarining yuza ekish usulidan afzallikka ega. Suyuq
muhitda metabolizm va hujayra populyatsiyasi o‘sishiga turli ekzogen omillar
bilan ta’sir etish mumkin. Suspenzion kulturalar
biokimyoviy va molekulyar-
biologik tajribalar – fermentlar induksiyasi, genlarni ekspressiyasi, mutantlarni
yaratish va ularni tavsiflash uchun qulay.
Suspenzion kulturalar uchun hujayralar kallus to‘qimalaridan olinadi. So‘ng
ular doimiy ravishda aralashtirib turgan holda suyuq ozuqa muhitiga o‘tkaziladi.
Suspenzion kulturalarni o‘simlik to‘qimalaridan ham olish mumkin, faqat bu usul
ko‘p vaqt talab qiladi. Buning uchun eksplant hujayrasi
avval birlamchi hosil
qilishi kerak, so‘ngra esa ozuqa muhitida ko‘payib, suspenziya ko‘rinishida
o‘sadigan hujayra liniyalari uchun manba bo‘lib hisoblanadi.
Hujayra kulturalarida o‘simliklar uchun xos bo‘lgan birikmalar: alkaloidlar,
glikozidlar, polisaxaridlar, efir moylari, pigmentlar va b. mavjuddir. O‘simlik
hujayralaridan ferment preparatlarini ishlab chiqarish maqsadida foydalanish tabiiy
yoki sun’iy manbalardan qimmatli mahsulotlarni olish imkonini beradi.
173
Mutant, gibrid yoki transformatsiyalangan hujayralarni klonal seleksiyasida
alohida qilib ajratib olingan hujayralar va regeneratsiyalangan protoplastlarni
o‘stirish metodi orqali amalga oshiriladi.
O‘simlik protoplastlari –
membrana bilan chegaralangan, ichki hujayraviy
organellalarining tarkibi saqlangan strukturaviy tuzilmadir.
Protoplastlar 2 usulda ajratib olinadi:
1.
Mexanik usul
. Birinchi bor, o‘simlik hujayrasining protoplastlari 1892 yili
telorez suv o‘simligi hujayrasidan plazmoliz hodisasini o‘rganish jarayonida ajratib
olingan. Buning uchun o‘simlik to‘qimasidan kesma olingan va 0,1 M li saxaroza
eritmasiga solingan. Protoplastlar “bujmayib” hujayra devoridan ajralgan, so‘ng
skalpel yordamida kesma kesilib protoplastlarni muhitga ajratib chiqarilgan.
Dostları ilə paylaş: