I BOB. PALEOGRAFIYA YORDAMCHI TARIXIY FAN
1.1. Paleografiya fanining maqsad va vazifalari
Paleografiya so`zi istiloh sifatida ikkita yunoncha so`zdan tashkil topgan:
“paleyos” - qadimgi va “grafo” - yozaman. Paleografiya fani qo`lyozma
manbalarning tashqi belgi-xususiyatlarini tarixiy rivojlan jarayonida o`rganadi.
Paleografiya fani o`rganadigan u yoki bu qo`lyozma manbaning tashqi belgi-
xususiyatlari quyidagilardan iborat: qo`lyozma harflari, bu harflarning yozilish
xususiyatlari, yozuv turi, qo`lyozmaning materiali, yozuv qurollari, qo`lyozmada
ishlatilgan bezaklar, qo`lyozma yozilgan siyoh, qo`lyozmadagi tamg`alar, muhrlar,
qo`lyozmaning formati, qo`lyozma muqovasi va boshqa tashqi belgilar.
Dostları ilə paylaş: |