Paleografiyaning vazifasi quyidagilardan iborat: harflarning grafikasi,
xususiyatlarini, harflarning rivojlanishini, yozuvning o`ziga xos xususiyatlarini
o`rganish, qo`lyozmadagi matnni xatosiz o`qiy olish; qo`lyozma manbaning
yozilgan vaqtini aniqlash; qo`lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qo`lyozma kim
tomonidan yozilganligini belgilash; qo`lyozmaning asl nusxa yoki qalbaki
ekanligini aniqlash va hakozo.
Paleografiya ilmiy fan sifatida epigrafika, sfragistika, numizmatika,
xronologiya, shuningdyek manbashunoslik fanlari bilan uzviy bog`liqdir. Bu fanlar
bir-birini o`rganishga yordam beradi va o`zaro bir-birini to`ldiradi.
Grafik shakllar, bezaklar, harf va ularning birikmalarida kotibning xos usullari,
yodgorliklarning yaxlit tuzilishiga xos alomatlar ( varaq – qit`a, o`ram, kodeks va
boshqalar), bosh harf, fraza ajratish, tinish belgilari va hakazo ko`plab masalalarni
yaxlit
o`rganishdan
iborat
murakkab
vazifani
ado
etadi.
Dostları ilə paylaş: |