Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
kurs ishi

                                                                           

    

 18 

                                                                                




qilgan  Doro  kalendari  bunga misol  bo`la  oladi”.  Tugunlardan iborat  kalendardan 

Sibir,  Gvineya,  Polineziya,  Sharqiy  Afrika  xalqlari  ham  foydalangan.  “Axborot 

hassalari”  ham  o`ziga  xos  buyum-maktub  vazifasini  o`tagan.  Ular  Qadimgi 

Yevropada,  Qadimgi  Xitoyda,  avstriyalik  va  afrikalik  qabilalar  o`rtasida  mashhur 

bo`lgan.  Boshqa  qabilaning  elchisi  olib  kelgan  hassa  tashrif  buyurgan  shaxsning 

vakolatini  tasdiqlovchi  o`ziga  xos  hujjat  hisoblangan.  Hassaga  kertib  belgilar  va 

xotira nishonlari tushirilgan. Elchi ularga qarab o`ziga qancha topshiriq berilganini 

eslagan. Kertik-belgilarning joylashishi, ehtimol, ma`lum faktlarni ifoda etgandir. 

 XVII  asr  oxirida  muhim  siyosiy  hujjat  hisoblangan  vampum  ham  bizga 

ma`lum.  Penna  vampumi  deb  ataluvchi,  o`rtasiga  ikkita  qora  shakl  (kishi  shakli) 

tushirilgan  bu  oq  kamarni  lenilenape  qabilasidan  bo`lgan  hindular  o`rtasidagi 

tinchlik  va  hamkorlik  garovi  sifatida  taqdim  qilganlar.  Hozirgi  Peruning  qadimgi 

aholisi  inklarning tugunlardan  iborat maktubi  –  kipu  -  buyumli  yozuvning  ajoyib 

namunasi bo`lib hisoblanadi. Bunda buyumli yozuvning hamma imkoniyatlari ochib 

berilgan,  deb  sanaladi.  Kipu  chalkash-chulkash  bog`langan,  tugilgan  tizimchalar 

osilgan  yo`g`on  arqon  yoki  tayoqchadan  iborat  maktubdir.  Tizimchalar  va 

tugunlarning  soni,  ularning  katta  –  kichikligi,  joylashishi  va  rangi  turli  ma`noni 

anglatgan.  Kipuning  og`irligi  ba`zan  to`rt  kilogrammcha  kelgan.  Bo`yalmagan 

tizimchalar  sonli  hisob  uchun  va  muhim  voqea  hodisalarni  yodlab  qolish  uchun, 

rang- barang tizimchalar esa, ancha murakkab xabarlar uchun qo`llanilgan.  

Ba`zi  olimlar,  kipuga  qonunlar  majmui,  xronikalar,  hatto  she`rlar  yozilgan 

bo`lishi  mumkin,  degan  fikrni  aytmoqdalar.  Boshqa  olimlar  esa,  murakkab 

yozuvlarni tugunlar va rang – barang tizimcha yordamida amalga oshirish mumkin 

emas demoqdalar.Hozirgi vaqtda ham ishlatish qulay bo`lgan joylarda signalizatsiya 

uchun buyumli yozuv prinsipidan foydalanilmoqda; masalan, suv yo`llarida xatarli 

joylarni ko`rsatib turadigan suzg`ich – bakenlar, mayoqlar va signal bayroqchalari – 

 

 M.M.Is`hoqov,I



 B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.

15-bet


 

                                                   

                                                     19 



dengizda, svetofor va semaforlar - quruqlikdagi yo`llarda, signal lampochkalari - har 

xil  priborlarda  qo`llaniladi.  Bularing  hammasi  “axborot  hassalari”  va  perulik 

cho`ponlarning  tizimchalariga  “qarindosh”dir.

4

  Buyumli  yozuv  o`zining  asosiy 



vazifasini  bajara  olmadi:  insoniyatning  to`plangan  bilimlarni  saqlab,  yodlab 

qoladigan o`ziga xos xotirasiga aylana olmadi. Ijtimoiy turmush murakkablashgan 

sari  bunga  ehtiyoj  tobora  ortib  borardi.  Piktografiya  ibtidoiy  san`at  quchog`ida 

vujudga keldi. Olimlar insonlarning bundan 40-10 ming yil ilgari qadimgi paleolit 

davrida  chizgan  rasmlarini  topishgan.  Qadimgi  odam  toshni  o`yib  naqsh  solgan, 

suyakka  belgilar  o`ygan,  g`or  devorlariga  hayvonlar:  bizon,  mamont,  ohular, 

karkidon, otlar, bug`ular yoki odamlar tasvirini bo`yoqlar bilan chizgan. Bu bilan u 

go`yo dunyoni bilib olgan  va tasvirlagan. Tadqiqotchilarning fikricha, piktografik 

yozuv neolit davrida, tarqoq urug`dosh guruhlar qabilaga birlasha boshlagan vaqtda 

uzil-kesil shakllangan. Piktografik belgilar hozirda ham keng qo`llaniladi

1




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin