Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
kurs ishi

                                                              11 

 



    

  Albatta  birinchi  galda  bu  yozuvlar  rasmli  yani  piktografik  yozuvlardan  iborat 

bo`lgan.  Insonlar  rasmlarda  ko`rsatilgan  hayvonlar,  voqealar  orqali  o`z  fikrlarini 

bayon  qilishga  harakat  qilishgan.  Asta-sekinlik  bilan  inson  ongining  rivojlanishi 

natijasida rasmli yozuvlardan harfli yozuvlarga o`ta boshlashgan. Insoniyat tarixida 

qadimgi yozuvlarning turli xil namunalarini uchratish mumkin quyida hozir ularning 

ba`zilari bilan tanishib o`tsak: 

1. Piktografik  yozuv.  Bu  istiloh  lotincha  “piktus”  -  rasm,  surat;  “grafo”  - 

yozaman qismlaridan iborat bo`lib, rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki 

shakllari  mezeolit  va  neolit  davrida  paydo  bo`lgan.  Odamlar  o`z  fikrlarini,  his  – 

tuyg`ularini,  xohish-istaklarini  turli  rasmlar,  suratlar  orqali  bir-birlariga 

yetkazganlar.  Odamlarning  o`zi  chizgan  bu  suratlar  harbiy  yurishlar,  urushlar, 

to`qnashuvlar,  majburiyatlar,  ultimatumlar,  sevgi-muhabbat  borasidagi  xabarlarni 

bir joydan  ikkinchi joyga  yetkazish  uchun  xizmat  qilgan.  Yozuvning  bu  turi juda 

katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret narsa-

hodisa  to`g`risidagi  xabar  oson  yetkazilgan  bo`lsa-da,  abstrakt  (mavhum) 

tushunchalarni yetkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bo`lgan. Shu sababli 

yozuvning bu turi insonning talabiga to`la javob bera olmagan. 

Lekin  shunga  qaramay,  piktografik  yozuvning  ayrim  shakllari  hozirgacha 

saqlanib qolgan. Masalan, darvoza tepasiga qo`yilgan itning surati hovlida qopag`on 

it  borligining  belgisidir.  Transformator  budkasi  devoridagi  kalla  suyagi  rasmi 

xatarning  mavjudligiga  ishoradir.  Katta  qilib  ishlangan  barmoq  surati  harakat 

yo`nalishini bildiradi va hokazo. 

Vaqt  o`tishi  bilan  piktografik  yozuv  o`rnini  undan  mukammalroq  va 

murakkabroq bo`lgan logografik yozuv egallagan. 

         Yozuvning ixtiro qilinishini shumer xalqining eng katta madaniy yutuqlaridan 

biri deb ham atash kerak. Insoniyat tarixida shumerliklar miloddan avvalgi IV ming 

yillikda,bugungi kundan olti ming yillar avval piktografik yozuv usulini ixtiro qilgan 

 

      Ko`paysinov.I. “O`rta Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi” Qo`llanma. Namangan 2019-yil. 10-bet.      



                                                                                           

   12 




Ingliz  arxeologlari  J.  Koper,  X.  Nissen  hamda  L.  Vulle  so`nggi  yillarda  qadimgi 

shumerning  bir  qator  yodgorliklarida  tadqiqotlar  olib  borib,  shumerliklar  tarixini 

yanada  oydinlashtirdilar. Ular Diyali  “nom”i markazi Eshnun shahri (hozirgi Tel-

Аsmar  yodgorligi),  Sippar  “nom”i  markazi  Аbu-Xabba  yodgorligi,  Irnin  “nom”i 

markazi Kutu shahri (hozirgi Tello-Ibrohim yodgorligi), Kish “nom”i markazi Kish 

shahri  (hozirgi  Tel-al-Uxaymir  yodgorligi),  Kesh  “nom”i  markazi  Аbu-Salabix 

yodgorligi, Niffer yodgorligi, Fira yodgorligi, Larsa shahri, Ur shahri, Eredu, Ubayd 

kabi ko`plab yodgorliklardan piktografik yozuvlar topdilar. Shumerliklar aytmoqchi 

bo`lgan so`zlarini rasm bilan ifoda etgan. “Qush” soʼzini qushning rasmini chizish 

bilan ifoda etgan bo`lsa, “tug`moq” so`zini qush va tuxum rasmi bilan, “ko`rmoq” 

so`zini ko`zning rasmi bilan, “yig`lamoq” so`zini esa ko`z va suv tasviri yordamida 

ifodalagan.Mesopatamiyada  bu  yozuv  uzoq  vaqt  qo`llanib  kelingan.  Piktografiya 

yozuv  usuli  Uruk  davrida  paydo  bo`lgan  bo`lsa,  vaqt  o`tishi  bilan  takomillashib 

borgan.  Bu  takomillashuv  tilning  rivojlanishi,  ijtimoiy  hayotning  o`sishi  bilan 

hamohang  ravishda  o`sib  borgan.  Tel-Аsmar  yodgorligida  rasmlar  bilan  birga 

bog`lovchi va maʼlum tovushlarni ifodalovchi maxsus belgilar paydo bo`lganligini 

ko`ramiz.  Аbu-Xabba  yodgorligi  piktografik  yozuvlarida  bo`g`in  belgilarining 

shakllanganligini ko`rishimiz  mumkin. Bu yerda  rasmlar orasida  bo`g`in  ifodalari 

qo`llanilgan.  Larsa,  Ur,  Eredu  yodgorliklarida  piktografik  yozuvlarning  yanada 

takomillashganligi  kuzatiladi.  Bu  yodgorliklarda  rasmlar  to`liq

 

chizilmay,  eng 



harakterli  tomonlari  ifodalangan.  Masalan,  hayvonlarning  faqat  bosh  qismi 

ifodalanishi kuzatilgan. Ular ham sxematik holatda chizilgan, xolos. Qadimgi Akkad 

yodgorliklarida  piktografik  tasvirlar  shu  darajada  sxemalashtirilganki,  mix  yoki 

pona ko`rinishini egallagan va shu tariqa mixxat yozuvlarga asos solingan.

 

Bugungi 


kunga  kelib  shu  narsa  aniq  va  ravshan  bo`lmoqdaki,  jahonning  ko`pgina 

sivilizatsiyaga erishgan qadimgi xalqlari piktografik yozuvni bilishgan.

 

 

 Чориев З, Шайдуллаев Ш, Аннаев Т. Ўзбекистон ҳудудида ёзувнинг пайдо бўлиши ва тараққиёти. Тошкент, 



Янги аср авлоди. 2007, 

                                                               13 




 O`z  piktografik  yozuv  usullariga  ega  bo`lishgan.  Lekin  ularning  ko`plari 

mixxatsimon  va  harfli  yozuv  usuligacha  rivojlana  olmagan.  O`tgan  asrning 

oltmishinchi yillarigacha fanda piktografik yozuvning paydo bo`lishida monosentrik 

g`oya  hukmronlik  qilib  keldi,  ya`ni  bu  g`oyaga  ko`ra  shumerliklar  piktografiyani 

kashf etganlar va boshqa sivilizatsiya markazlariga tarqatganlar. Qadimgi Xitoy va 

Xarappa  piktografiyasi  topilgandan  so`ng,  piktografiyalarning  xilma-xilligi 

aniqlandi va uning paydo bo`lishida polisentrik g`oya paydo bo`ldi. 

2. Logografik yozuv. Bu istiloh lotincha  “logos” – so`z, mantiq va  “grafo” - 

yozaman  so`zlaridan  shakllangan.  Jamiyat  rivojlanishda  davom  etar  ekan,  har  bir 

predmet yoki har bir tushuncha shu predmet yoki tushunchaning surati yordamida 

ifodalana  boshlagan.  Demak,  yozuvning  bu  turida  ifodalangan  shakl  bilan 

ifodalanishi  kerak  bo`lgan  predmet  yoki  tushuncha  o`rtasida  mantiqiy  bog`liqlik 

mavjuddir. Shuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom olgan. Bu yozuvda 

masalan, ikkita qo`lning surati “jangchi”, “askar” ma`nosini ifodalagan. 

Agar bir qo`lda qalqon, ikkinchi qo`lda nayza surati bor bo`lsa, bu “jang” yoki “jang 

qilmoq”  so`zlarini  bildirgan.  “Ko`rmoq`  fe`lini  bildirish  uchun  ikkita  ko`z  surati 

xizmat qilgan. “Baxillik”, “ochko`zlik” ma`nosini timsohning surati bildirgan. Bitta 

oyoqning  rasmi  “qadam  tashlamoq”  ma`nosini  ifodalasa,  ikkita  oyoqning  surati 

“yurmoq”, “bormoq” ma`nolariga to`g`ri kelgan. Yozuvning bu turi ideografiya deb

                                                                                                                                 

 

 ham ataladi



1

.

 



Logografik  yozuvning  kamchiligi  shundan  iboratki,  bu  tur  yozuvni  hamma 

ham  bilavermagan.  Undan  asosan  ruhoniylar,  davlat  tepasidagi  amaldorlar, 

mutaxassislar, kotiblar va xattotlar xabardor bo`lishgan. 

3. Bo`g`in yozuvi. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning o`rtalarida va 

birinchi ming yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va soddaroq 

bo`lgan yozuv shakllana boshlagan. 

        

 

 



Ko`paysinov.I. “O`rta Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi” Qo`llanma. Namangan 2019-yil. 10-11-betlar.    

 

                                                      14 




Bu  yozuvda  so`zlar  hamda  ayrim  sodda  jumlalar  bo`g`inlarni  bildiruvchi  belgilar 

yordamida  ifodalangan.  Shuning  uchun  bu  yozuv  bo`g`in  yozuvi  deb  ataladi. 

Yozuvning bu turi ilgarigi yozuvlardan  qulayroq bo`lgan, lekin uning ham o`ziga 

yarasha  nuqsoni  bo`lgan.  U  ham  bo`lsa,  bu  yozuv  asosan  so`zlar  bir  yoki  ikki 

bo`g`indangina iborat bo`lib tillar uchun qulay bo`lgan. Bunday tillarga hind tilining 

ayrim  tarixdagi  variantlari  kiradi.  Shu  kamchiligi  bor  bo`lgani  uchun  bu  yozuv 

boshqa xalqlar orasida kam tarqalgan. 

Lekin  yozuvning  bu  turkumiga  kiruvchi  mixxat  deb  atalgan  yozuv  nisbatan 

keng  tarqalgan.  Uni  eramizdan  avvalgi  to`rtinchi  mingyillikning  oxirida 

Mesopotamiyada  (hozirgi  Iroq  davlati  hududi)da  yashagan  shumerlar  o`ylab 

topganlar.

1

 



        Mixxat yozuvidagi elementlar asosan mix yoki pona shaklini eslatgani uchun 

mixxat  dyeb  nom  olgan.  Mixxat  eramizdan  avvalgi  birinchi  ming  yillikning 

oxirlarigacha bobiliylar, assuriylar, xettlar, finikiylar tomonidan qo`llanib kelingan. 

Bu  yozuvdan  Urartu  davlati  aholisi,  forslar  va  boshqa  qo`shni  xalqlar  ham 

foydalanishgan.  Mixxat  yozuvi  piktografik  yozuvdan  kelib  chiqqan.  Bu  dastlab 

italiyalik  savdogar  Pestro  Chella  Valle  tomonidan  o`rganilgan.  Mixxat  yozuvlari 

ichida  eng  ko`p  tarqalgani  forsiy  mixxatdir.  Bu  yozuv  eramizdan  avvalgi  VI-IV 

asrlargacha Ahamoniylar davlati hududida qo`llanib kelingan. Bu yozuvdan qo`shni 

davlat  xalqlari,  shu  jumladan  O`rta  Osiyo  xalqlari  ham  foydalanishgan. 

Ahamoniylar  davlatining  qulashi  bilan  bu  yozuvdan  foydalanish  ham  kamaya 

boshlagan.  Mixxat  yozuvlar  Old  Osiyoning  eng  qadimgi  yozuv  uslubi  bo`lib, 

vertikal,  gorizontal  va  egri  chizilgan  ko`rinishidagi  yozuvdir.  Uni  ham  dastlab 

shumerliklar kashf etgan. Undan so`ng bobilliklar mixxat yozuvni o`zlashtirgan va 

rivojlantirganlar.  Akkad,  Xett  davlatida,  Urartuda,  Suriya  va  Ossuriyada  mixxat 

yozuvdan foydalanishgan. Shundan so`ng eronliklar va ehtimolki O`rta Osiyoliklar 

ham bu yozuv turidan foydalanganlar

2





Ko`paysinov.I.  “O`rta  Osiyoda  paleografiya,  epigrafika  va  me`morchilik  tarixi”  Qo`llanma.  Namangan  2019-yil.  11-bet.. 

2

Дьяконов И.М. К возникновению письменности в Двуречье. Труды Эрмитажа. Л., 1940



 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin