Asteklar piktografik yozuvi. Astek qabilalari piktografik (piktografik lotincha
“pictus” rasmli va yunoncha “grapho” yozaman, rasmli yozuv, ma`lumotning
umumiy mazmuni rasm orqali yoki rasmlar ketma-ketligi orqali eslab qolish
maqsadida tasvirlash) ya`ni rasmli yozuvlardan foydalanganlar. Voqealarni rasmlar
orqali ifodalashgan. Bu yozuvning o`ziga xos xususiyati shundaki, u barcah uchun
umumiy bo`lgan. Yozuv fonrtik hamda lingvistik me`yorlarga asoslanmagan.
Yozuvda tasvirlanayotgan obyekt aniq bo`lgan. Asteklar o`zi foydalangan yozuv va
tilni naxuatl deb nomlaganlar. Bu yozuvga mayalar foydalanadigan mixtek yozuvi
katta ta`sir ko`rsatgan, ammo ularning har ikkalasi ham qadimgi xochikalko,
kakaxtla va undan ham qadimgi bo`lgan teotihuakan yozuvlari asosida kelib chiqqan
deya taxmin qilinadi. Astek qabilalari asosan hisob-kitob ishlarini, kalendarlarini,
odamlar va joynomlarini yozib qoldirganlar. Ushbu ma`lumotlarning barchasi
naxuatl yozuvida yozilgan.
2
1
M.M.Is`hoqov,I
B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.
23-bet
2
O`sha asar 23-bet.
Dostları ilə paylaş: |