Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
kurs ishi

Kipu  –  inklarning  qadimgi  sanoq  sistemasi  va  yozuvdir.  Bu  o`ziga  xos 

murakkab arqon bog`lovlari va tugunlaridir. Bu tugunlarning qanday tugulganligi va 

ularning  rangi  biror  bir  tushunchani anglatgan.  1533-yilda  ispanyalik  konkistador 

Ernardo Pissaro kipu haqida daslabki ma`lumotlarni bergan. 1923-yilda amerikalik 

tarixchi  Lesli  Lokk  o`zining  “Ancient  quipu”  kitobida  buning  yozuv  ekanligini 

isbotlab bergan. Gerri Erton esa, uni hisob sistemasi ekanligini ta`kidlagan. 2006-

yilda  Genri  Erton  tugunlarning  ikki  sistemaga  bo`linib,  128  variantda  ekanligini 

aniqladi.  Kipu  so`zining  ma`nosi  indeyslar  tilida  kechua,  ya`ni  “tugun”  degan 

ma`noda bo`lgan. Tugunli yozuv Janubiy Amerikaning bir qator xalqlarida mavjud 

bo`lgan. U inklar davlatida rivojlangan. Kipu yirik arqon yoki tayoqqa ulangan nozik 

arqonlardan iborat bo`ladi. Arqonchalar rangi, sonlari va ulardagi tugunlar turlicha 

bo`ladi. Qadimiy ink qabilalari bu tugunlar orqali bir-biriga axborot uzatish uslubini 

o`ylab  topgan  deyish  mumkin.  Buning  uchun  ular  jundan  tayyorlangan  har  xil 

turdagi  arqonlardan  foydalangan.  Bu  arqonlar  turli  xil  ko`rinishda  tugib  qo`yib, 

tayoqcharga bog`lab, qo`yishgan. Xatlar ham shunday ko`rinishida manzilga yetib 

borgan.

2     


Olimlar  orasida  tarqalgan  ba`zi  bir  fikrlarga  ko`ra,  inklar  bu  usul  bilan 

o`z  mahalliy  qonunlarini,  solnoma  va  she`riy  misralarini  yozib  borganlar. 

Tugunchalar  bilan  yozish  boshqa  xalqlarda  ham  mavjud  bo`lgan.  Masalan, 

bunday usuldan qadimgi xitoyliklar va mo`g`ullar foydalanishgan. 

 



Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.9-bet. 



M.M.Is`hoqov,I

 B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: TDSHI, 2018.

22-bet


 

                                                      26 

 



Kipuda  yinomalar,  qonunlar,  buyruqlar  va  she`rlar  yozilgan.  Eng  qadimgi 

kipular  qabrlardan  topilganligi  sababli,  ko`mish  marosimi  bilan  bog`liq  buyum 

hisoblangan.  Kipular  odatda  turli  rangli  tugunlar  orqali  kodlangan  tarixchilarning 

ma`lumotlariga ko`ra, bunday kodlarning 2000 ta turi mavjud bo`lgan. Hanuzgacha 

bu  yozuv  va  inklarning  tili  haqida  yagona  to`xtamga  kelinmagan.  Viskonsin 

Universetiti  professori  Frank  Salamonning  takidlashicha,  bu  yozuvda  ko`plab 

ramzlar va tasvirlar uning ma`nosida yashiringan. Uni o`qishga muyassar bo`lganda 

ham  uning  ma`nosini  tushinib  yetish  dargumondir.  Taniqli  hisobchi  Tavantin 

Suyuning fikricha, bu yozuv  emas balki arifmetik amallarni bajarish sistemasidir. 

Bu sistemadan faqatgina rohiblar emas balki, o`quvchilar ham foydalangan degan 

ehtimol  ham  yo`q  emas.  Kipuni  tugishda  ishlatiladigan  arqonlar  alpaka  va 

lamalarning yungidan tayyorlangan. Ispan tarixchisi Xose de Akostaning ma`lumot 

berishicha bu yozuvda imperatorning maxfiy topshiriqlari yozilgan.

1

 



        


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin