II BOB. JAHON VA MARKAZIY OSIYO PALEOGRAFIYASI
2.1. Jahon paleografiyasidan namunalar
Paleografiya atamasini birinchi bo`lib 1708-yili fransuz monarxi Bernard de
Monfokon o`zining “Yunon paleografiyasi” asarida ishlatadi. U bu ishi uchun
paleografiya “otasi” degan nomga sazovor bo`lgan. Uning hamkasbi Jan Mabilion
(1632-1707) Parijda chop ettirgan “VI kitobdagi diplomatika” asarida ilk o`rta
asrlardagi yozuvlari ilk bora klassifikatsiya qiladi. Paleografiya fani XVIII asr
boshlarida Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar boshlanishi bilan Rossiya hududida ham
keng yoyiladi.
1
Paleografiya alohida fan sifatida Yevropada, dastlab Frantsiyada XVIII asrning
birinchi yarmida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Boshqa mamlakatlarda esa
paleografiyadan turli yozuvlarni o`qish, o`rganish, hujjatlarni aniqlashda
foyndalanildi xolos. XVIII asr oxiri-XIX asrning boshlaridan paleografiya Yevropa,
Osiyo, Amerika mamlakatlarida rivojlana boshladi, yirik ilmiy muassasalar ochildi.
Bu davrda I. Fridrix, E. Loukotki, D. Diringer, J. Xanmer, S. Lengdon, P. Meridji,
K. Brike, G. Noyman, I. Gross kabi yirik paleograflar yetishib chiqdi.
XIX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab Rossiyada ham K.N. Nevostruev, E.F. Karskiy, N.P.
Lixachev, A.V. Garskiy, I.S. Belyaev, A.I.
Sobolevskiy kabi olimlar paleografiyaga
doir darsliklar, ilmiy asarlar yaratdilar. Sovet davrida boshqa fanlar qatori
paleografiyaning ham taraqqiy etishiga yo`l ochib berdi. Shuningdek, paleografi-
yaga oid o`quv qo`llanma va darsliklar yaratildi. Masalan, 1918-yili V.N.
Shepkinning “Russkaya paleografiya” asari chop etildi. Bu darslik juda katta ilmiy
qimmatga ega bo`lganligi sababli 1967-yilda qayta nashr etildi.
2
1
M.M.Is`hoqov,I
B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.
17-bet
2
Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.5-6-betlar.
21
Ikkinchi jahon urushidan so`ng Sobiq Ittifoqda paleografiyaga doir bir qator
darsliklar, albomlar va ilmiy asarlar yaratildi. Paleografiya taraqqiyoti Yer yuzida
yozuv qachon vujudga kelganligini aniqlash imkoniyatini berdi. To`plangan boy
yozma manbalar (belgilar, suratlar, buyumlar, harflar va boshqalar) u yoki bu
xalqlarning urf-odati, madaniyati hamda turli voqealar to`g`risida ma`lumot beradi.
Insoniyat yozuvga etib kelguncha o`z boshidan uzoq davrni kechirgan. Nutqni yozib
olish uchun esa bir necha ming yil ilgari maxsus belgilar qo`llanila boshlandi.
Topilgan ashyoviy buyumlar, dastlabki rasm belgilar bundan 6-7 ming yil ilgari
paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Buyumlardan mnemonika (eslatish) vositalari
sifatida foydalanish hozirgi yozuvga olib keluvchi uzoq yo`ldagi birinchi qadamdir.
Bu belgilar faqat inson fikrini ifodalagan. Vaqt o`tishi bilan buyumlarga aniq ma`no
berilgan. Ular narsalarni bildiruvchi, oldindan kelishib olingan o`ziga xos signallar,
shartli belgilar hisoblangan. Buyumga ma`no birkitib qo`yishning bu usuli buyumli
yozuv deb atalgan. Buyumli yozuvdan foydalanish Osiyo, Afrika va Amerika qit`asi
xalqlari orasida keng tarqalgan va uzoq davom etib kelgan. Masalan, “Vampum”
kamari Shimoliy Amerika hindularining buyumlar yozuvi bo`lib, shakli ajoyibdir.
“Vampum” kamari turli rangli chig`anoqlardan iborat. Chig`anoqlarning joylashuvi,
rangi, soni muayyan ma`noni bildirgan. Peru davlati hududida yashagan qadimgi
aholi o`rtasida ishlatib kelingan tugunlardan iborat yozuv ham buyumli yozuvning
ajoyib namunasi bo`la oladi. Hindistonda yashagan qadimgi xalqlar yozuv sifatida
dastlab turli rangdagi buyumlarni ishlatganlar. Masalan, qora rang - baxtsizlikni,
binafsha rang - xavf-xatarni, qizil rang - urushni bildirgan va hokazo. Ammo
buyumli yozuv o`zining asosiy vazifasini bajara olmadi, ya`ni insoniyat tomonidan
yaratilgan bilimlarni saqlab, yodlab qoladigan o`ziga xos xotiraga aylanmadi.
Insoniyat taraqqiyotining jadallashuvi, murakkablashuvi yozuvning vujudga
kelishini tarixan taqozo etdi.
Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.6-bet.
Dostları ilə paylaş: |