Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
kurs ishi

                                                     15 


        

       Miloddan  avvalgi  ikkinchi  ming  yillik  o`rtalarida  mixxat  xalqaro  diplomatik 

yozuvga aylangan. Qadimgi Sharqning shahar-davlat  hukmdorlari bir-birlari bilan 

bo`lgan  aloqa  xatlarini,  ilk  davlatlarning  kodekslari  va  hatto  savdogarlar 

tovarlarining  narx-navolarini  ham  mixxat  yozuvlarda  yozishganlar.  Eng  qadimgi 

mixxatlar Shumer, Akkad, Ur kabi Mesopatamiya shahar xarobalari va saroylarini 

o`rganish  mobaynida  ko`plab  topilgan.  Ular  asosan  sopol  parchalariga,  loy 

parchalariga, qoya toshlarga, terilarga bitilgan. Qadimgi zamon tarixchilari Gerodot 

va  Strabon  mixxatlarni  “ossuriya  harflari»,  Afenet  esa  “haldey  harflari”  deb 

ataganlar.  Miloddan  avvalgi  VIII  asrda  Ossuriyada  harfli  yozuv  kashf  etilgandan 

so`ng mixxat yozuvlar unutilib ketgan. O`rta Osiyo tarixi uchun juda muhim bo`lgan 

Persepol mixxatlarini to`liq o`qishga muyassar bo`lgan olim Georg Grotefenddir. U 

27 yoshida, 1802-yilda Persepol saroyida bitilgan Doro, Kserks, Gishtasp ismlarini 

muvaffaqiyat  bilan  o`qiydi  va  ilk  marotaba  mixxatlarning  sirini  ochadi.  Gerodot 

asarlari bilan yaxshi tanish Grotefend, Ahamoniyshohlar o`z so`zlarini “Men kim, 

ulug`  shoh,  shahanshoh”,  -  degan  so`zlar  bilan  boshlab    “Ahamoniy”  so`zi  bilan 

tugatganligini  yaxshi  biladi  va  Persopol  mixxatlarida  ham  bu  so`zlar 

qaytarilganligini anglaydi.Shu tariqa mixxat harflari o`qildi va Qadimgi Sharq tarixi 

o`z  sirini  ocha  boshladi.Ingliz  olimi  va  sayyohi  G.  Roulinson  esa  fors  mixxat 

yozuvlarini,  ayniqsa  Behistun  qoya  bitiklarini  muvaffaq  bilan  o`qiydi.  Behistun 

qoyasi  Shoh  yo`lining  Hamadon-Bobil  yo`li  bo`yida,  dengiz  sathidan  520  metr 

balandlikda  joylashgan.  Doroning  buyrug`i  bilan  shu  qoyaga  bitiklar  bitilgan.  G. 

Roulinson  Behistun  bitiklari  bo`g`inli  yozuvlar  ekanligini  isbotlaydi.  Bitiklarda 

yozilgan  Baqtriya  so`zini,  Baqtriyaning  Ahamoniylar  impyeriyasi  tarkibiga 

kirganligini, uning 12 satrapligi, Xorazmning esa 16 satraplik bo`lganligini birinchi 

marta  o`qigan  tadqiqotchidir.  Olim  o`z  izlanishlarining  natijasi  o`laroq  ilmiy 

ommaga juda ko`plab zarur ma`lumotlarni yetkazib bergan.  

 

Дьяконов И.М. К возникновению письменности в Двуречье. Труды Эрмитажа. Л., 1940



 

                                                           16 




      G.  Roulinsonning  eng  buyuk  xizmatlaridan  biri  uning  Ossuriya  mixxatlarini 

o`qib  ossuriyashunoslik  faniga  asos  solganligidir.  Uni  fahr  bilan  tadqiqotchilar 

“ossuriyashunoslik fanining otasi”, - deb  ataydilar. Uning ilmiy izlanishlari tufayli 

fanga ilgari noma`lum bo`lgan Ossuriya podsholigi tarixi kirib keldi. 

4. Harfiy yozuv. Yozuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki 

belgi to`g`ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istinosiz finikiylar, suriyaliklar va 

falastinliklar  ijod  etgan  somiy  yozuvga  borib  taqaladi.  Eramizdan  avvalgi  VI-IV 

asrlarda  Qadimgi fors  davlati  devonxonalarida  davlat  ahamiyatiga  molik  hujjatlar 

oromiy  tilida  olib  borilgan  va  bunda  finikiylar  alifbosining  oromiy  variantidan 

foydalanganlar.  Keyinchalik  vaqt  o`tishi  bilan  bu  alifboning  juda  ko`p  variantlari 

shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko`p xalqlar tomonidan 

qo`llanib  kelayotgan  arab  yozuvidir  va  kvadrat  shaklga  ega  bo`lgan  yahudiy 

yozuvidir.  Keyinchalik  eramizdan  avvalgi  IV-III  asrlarda  oromiy  alifbosi  eroniy 

tillarda  so`zlashuvchi  ko`pgina  xalqlar  tomonidan  ishlatib  kelingan.  O`rta  fors 

yozuvi  va  Parfiya  yozuvi  xuddi  shu  tariqa  paydo  bo`lgan.  Bu  alifbo  asosida 

keyinchalik  so`g`d  yozuvi,  xorazmiy  yozuv  va  boshqa  yozuvlar  paydo  bo`lgan. 

Eramizning VII-VIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan. 

Bundan  tashqari  eroniy  va  O`rta  Osiyodagi  Muqaddas  kitob  uchun  maxsus 

Avesto yozuvi yaratilgan.Bu yozuv oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bo`lgan.

Yevropada  esa,  bu  yerdagi  tillar  uchun  grek  yozuvining  turli  variantlari, 



xususan, lotin yozuvi qo`llanilgan. IX-X asrdagi grek qo`lyozma alifbosining yana 

bir varianti slavyan tillari uchun moslashtirilgan va shu tariqa qadimgi rus alifbosi- 

kirillitsa  vujudga  kelgan.  Olimlar  yozuvni  bundan  V-VI  ming  yil  avval  Misr, 

Mesopotamiya, Xett, Hindiston va Xitoyda kashf etilgan, deb hisolashadi. Qadimgi 

Shumerda  (Mesopotamiya)  mil.  avv.  IV-ming  yillikda  mixsimon  iyeroglif  yozuvi 

kashf qilingan.

 2

  

 



Ko`paysinov.I. “O`rta Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi” Qo`llanma. Namangan 2019-yil. 11-bet..

 



M.M.Is`hoqov,I



 B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: TDSHI , 2018.

16-bet 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin