Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
kurs ishi

                                                              27 


      Yozuvlar  asosan  hayvon  terisiga  yozilgan.  Asteklar  o`n  oltinchi  sonli  tizimni 

ishlatganlar.  Raqamlar  bir  necha  nuqtalar,  shuningdek  eski  qo`lyozmalarda 

sonlarning  o`zaro  kombinatsiyasi  sifatida  qayd  etilgan.  Bunday  tizim  taqvim 

sanalarini yozish uchun yetarli edi. 

        Maya  yozuvi.  Mayalarning  iqtisodiy-madaniy  taraqqiyoti  milodiy  asr 

boshlarida yozuvni yaratish imkonini berdi. Yozuvlar kohinlar tomonidan qalamda 

iyeroglif shaklida yozilgan va ular maxsus rasmlar orqali bezatilgan. Bundan kelib 

chiqadiki,  mayalar  yozuvlari  ham  asteklarniki  kabi  iyeroglif  va  tasvirlar  bilan 

ifodalangan.  Mayalar  xati  XIX  asrda  Shampalyon  tomonidan  Misr  yozuvlari 

muvaffaqiyatli tarzda talqin qilinishi ta`sirida  maya yozuvlarini deshifrofka  qilish 

mumkin bo`ldi. Maya iyerogliflari haqida birinchi maqola 1810-yilda e`lon qilindi. 

Meksikadagi  ushbu  sivilizatsiyani  o`rganish  1830-yildan  boshlab  amalga  oshirila 

boshlandi.  Maya  yozuvi  og`zaki  va  bo`g`inli  belgilar  tizimidan  iborat  bo`lgan. 

Hozirgi kunda mumtoz maya matnlari cholti tilining adabiy versiyasida yozilgan deb 

faraz  qilinadi.  Maya  elitasi  ushbu  tilni  maya  tilida  so`zlashadigan  hududlarda 

qo`llaganlar.  Gvatemala  tog`larida  yashovchi  aholi  yozuvlarida  vaqti-vaqti  bilan 

maya yozuvini qo`llaganliklarining ba`zi bir dalillari mavjud. Shu bilan  birga,  bu 

tillardagi matnlar, odatda, cholti tilida gapiradigan skotterlar tomonidan yozilgan va 

shuning uchun u maya yozuviga katta ta`sir ko`rsatgan. Maya yozuvi – keramika va 

devorlarga diqqat bilan terilgan, qog`ozlarda qayd etilgan, yog`ochdan yoki toshni 

yo`nib tayyorlangan maxsus ustunlarga yozib qoldirilgan rivojlangan belgilar tizimi 

hisoblanadi.  Belgi  usti  bo`yalgan,  lekin  ko`p  holatlarda  bo`yoqlar  bizgacha  o`z 

holida yetib kelmagan. Mayalarda taxminan 7000 ga yaqin matn bo`lgan. 

       Tokapu yoki tukapu  (kechua tilida tukapu ingliz  tilida tokapu) bu inklarning 

eng  chiroyli  kiyimidir.  Qo`lda  ishlangan  mato,  ajoyib  naqshlar,  ayolning  rangli 

kiyimi  va  shuningdek,  kvadrat  ichida  kiritilgan  geometrik  raqamlar,  ular  alohida 

joylashtirilgan va bandlar shaklida vertikal yoki gorizantal chiziqlar bilan  

 

M.M.Is`hoqov,I



 B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.

24-bet


 

                                                            28 




bog`langan. Birinchidan ispan missionerlari tomonidan tayyorlangan turli xil kechua 

lug`atlarida tukapu deb nomlangan–hashamatli kiyimlar yoki, kanvas deb atalgan. 

Ko`pgina bahs-munozaralar mavzusi tokapuning Janubiy Amerika xalqlarijumladan 

inchan  yozuvini  yozishga  tegishli.  Bugungi  kunda  XVI–XVII  asr  tarixchilari  va 

yozuvchilarining guvohliklari va tokapuning yozma xarakteriga inka to`qimalariga 

belgi  qo`yilsada,  bu  gipotezaning  tasdiqlanishiga  ishonarli  dalillar  yo`q.  Ehtimol, 

kipu bilan tokapu o`rtasida ham aloqa bordir. 

        Rongo-rongo yozuvi Chilida yashagan aborigenlarning yozuvi hisoblanadi. Bu 

yozuv  namunalari  1862-yilda  Chilidan  topilgan.  1864-yilda  taniqli  episkop  Ejin 

Eyro bu yozuv  bitilgan taxtachalarni yig`a  boshlaydi. Bu taxtachalarda  noma`lum 

ramzlar, hayvonlar va geometrik shakllar mavjud, jami 800 ta belgini katolog qilib 

chiqadi.  Aborigenlar  bu  yozuvni  o`qib  yoza  olganlar.  Bu  yerga  kelgan  ba`zi 

ruhoniylar  bu  yozuvlarni  varvarlarning  oddiy  belgilari  deyishsada  ba`zilar  buni 

tarixni  ochuvchi  kalit  deb  hisoblashgan.  Keyinchalik  olimlarning  izlanishlari 

natijasida  bu belgilarning katalogi tuzib chiqilgan.  Bu yozuv  mahalliy aholi tilida 

“kahau motu mo rongo-rongo” deb nomlangan.

        Kelt-ogam  yozuvi.  Janubiy  Irlandiya,  Shotlandiya  va  Men  oroli 



hududlaridan  topib  o`rganilgan.  Bu  yozuv  toshga  yozilgan  holda  topilgan. 

Yozuvning yuzdan ortiq namunalari mavjud. Bu yozuvning tarixi eramizdan avvalgi 

IV asrga borib taqaladi. 650-yilda o`z o`rnini lotin yozuviga bo`shatib bergan. Kelt-

ogam yozuvining o`ziga xos xususiyati shundaki, bu yozuv ikki tomoni yo`nilgan 

toshlarga chiziq va nuqtalarning o`ymakorlik bilan tushirilganligi. Bu alifbo 20 ta 

belgidan  iborat  bo`lgan.  Keltlar  sharqda  ham  kamdan-kam  uchraydigan,  oddiy 

bo`lmagan  o`ziga  xos  yozuvni  kashf  qilishgan.  Lotin  yozuvi  bilan  birgalikda 

german-runik yozuvi bilan ham aloqadorlik jihati uchraydi. Ushbu yozuv qadimm 

tarixga ega bo`lib, uni o`rganish olimlar diqqat markazidadir.

2  


        

M.M.Is`hoqov,I B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.25-bet 



O`sha asar 25-bet. 

                                                          29 



       Vestgotik  yozuv.  Ispaniyada  vestgotlar  g`alabasidan  so`ng,  rimliklar 

sodda tez yoziladigan yozuvni maxsus jihatlarini rivojlantirgan. Ba`zi hujjatlar VII 

asrga  o`tish  davrida  turli  noan`anaviy  shakllar  bo`lganini  ko`rsatadi.  Vestgot 

yozuvining  yaqqol  jihatlari  sezila  boshlagan  VIII  asrda  uning

 

26  tez  yozishga 



asoslangan turlari paydo bo`lgan. IX asrdan kalligrafiya shakllari aniqroq bo`ldi va 

XI  asrga  kelib  ingichka  va  qo`pol  holga  keldi.  Juda  kichik  bo`lgan  vestgotik 

yozuvining tez yoziladigan shakli IX asr o`rtalarida hujjatlarda nashr qilingan.

1

                                                                                  




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin