qator belgi-xususiyatlar, masalan, harflarning grafikasi, yozuvda ishlatilgan
material, qo`lyozmadagi bezaklar, qo`lyozmani yozishda ishlatilgan yozuv qurollari
ustidan o`tkaziladigan kuzatishlar, shuningdek bu xususiyatlarning tarixiy bir davr
uchun o`zaro mos kelish-kelmasligini aniqlash ham bu fanning ish uslubiga kiradi.
Ma`lumki, tarixdagi har qanday davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-
ma`naviy taraqqiyot darajasi o`sha davrdagi yozuvning holatida o`z izini qoldiradi,
yozuvning xususiyatlarini belgilaydi. Boshqacha aytganda, paleografiyaning
tadqiqot ob`yekti bo`lgan qo`lyozmalarning tashqi belgilarini bir-biri bilan
bog`laydi. Masalan, Arab xalifaligining VIII asr o`rtalari va IX asr boshlaridagi
iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti o`sha davrdagi yozuvga o`z ta`sirini
o`tkaza olgan. Bundan tashqari o`sha davrda yaratilgan qo`lyozmalarda ham
o`zining izini qoldirgan, ya`ni sekinlik bilan yoziladigan kufiy yozuvi o`rnida davlat
muassasalaridagi ish yuritishda undan ko`ra tezroq yozish imkoni bor bo`lgan nasx
yozuvi bilan almashgan. Shuningdek, qo`lyozma yozish uchun ishlatiladigan va
o`sha davr uchun o`ta qimmat va kamyob hisoblangan papirusni qog`oz siqib
chiqargan. Chunki papirus ish yuritishdagi betinim o`sib borayotgan ehtiyojni
qondira olmay qolgan edi.
Dostları ilə paylaş: