Paleografiyaning asosiy maqsadi muayyan yozma yodgorlikning barcha
tashqi xususiyatlarini aniqlash va tavsif etishdan iborat. Bu ish avvalo yozuv
materiali, yozuv belgilari, matn tuzish usullari, kabi matnning bezaklari kabi tashqi
alomatlari, zamon va makonlar osha doimiy o`zgarishda va rivojlanishda ekanini,
tarixiy shart-sharoitlar bilan bog`liqligini hisobga olinmog`i lozim. Paleografik tahlil
orqali yozma yodgorlikning tashqi holati barcha belgi va xususiyatlari haqida
ma`lumotlar yig`indisi yuzaga keladi. Ayniqsa, bu tahlil yozma yodgorlikning
yozuvi noma`lum, joyi, sanasi haqida ma`lumotlar yo`q yoki, yetishmagan hollarda
juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba`zan paleografik tahlil uchun yozma
yodgorlikning mazmuni va qanday doiraga mo`ljallangani ham hisobga olinadi.
Chunki, ko`p hollarda sharqda murakkab mazmunli falsafiy asarlar murakkab xat
usullaridan foydalanib ko`chirilgan hollar ham uchraydi. Bundan tashqari ayrim
shaxslarning savodliligi darajasida xususiy xat namunalari me`yorlashgan husnixat
va mahkamachilikka xos usullardan farqli ravishda o`qib o`rganish uchun
qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |