Paleografiya yordamchi tarix fani


II BOB. JAHON VA MARKAZIY OSIYO PALEOGRAFIYASI



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
kurs ishi

             II BOB. JAHON VA MARKAZIY OSIYO PALEOGRAFIYASI 

 

                          2.1. Jahon paleografiyasidan namunalar 

                                   

       Paleografiya  atamasini  birinchi  bo`lib  1708-yili  fransuz  monarxi  Bernard  de 

Monfokon  o`zining  “Yunon  paleografiyasi”  asarida  ishlatadi.  U  bu  ishi  uchun 

paleografiya “otasi” degan nomga sazovor bo`lgan. Uning hamkasbi Jan Mabilion 

(1632-1707)  Parijda  chop  ettirgan  “VI  kitobdagi  diplomatika”  asarida  ilk  o`rta 

asrlardagi  yozuvlari  ilk  bora  klassifikatsiya  qiladi.  Paleografiya  fani  XVIII  asr 

boshlarida  Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar boshlanishi bilan  Rossiya  hududida  ham 

keng yoyiladi. 

        Paleografiya alohida fan sifatida Yevropada, dastlab Frantsiyada XVIII asrning 



birinchi  yarmida  vujudga  keldi  va  rivojlana  boshladi.  Boshqa  mamlakatlarda  esa 

paleografiyadan  turli  yozuvlarni  o`qish,  o`rganish,  hujjatlarni  aniqlashda 

foyndalanildi xolos. XVIII asr oxiri-XIX asrning boshlaridan paleografiya Yevropa, 

Osiyo, Amerika mamlakatlarida rivojlana boshladi, yirik ilmiy muassasalar ochildi. 

Bu davrda I. Fridrix, E. Loukotki, D. Diringer, J. Xanmer, S. Lengdon, P. Meridji, 

K. Brike, G. Noyman, I. Gross kabi yirik paleograflar yetishib chiqdi.

  XIX asrning 

ikkinchi  yarmidan  boshlab  Rossiyada  ham  K.N.  Nevostruev,  E.F.  Karskiy,  N.P. 

Lixachev, A.V. Garskiy, I.S. Belyaev, A.I.

 Sobolevskiy kabi olimlar paleografiyaga 

doir  darsliklar,  ilmiy  asarlar  yaratdilar.  Sovet  davrida  boshqa  fanlar  qatori 

paleografiyaning  ham  taraqqiy  etishiga  yo`l  ochib  berdi.  Shuningdek,  paleografi- 

yaga  oid  o`quv  qo`llanma  va  darsliklar  yaratildi.  Masalan,  1918-yili  V.N. 

Shepkinning “Russkaya paleografiya” asari chop etildi. Bu darslik juda katta ilmiy 

qimmatga ega bo`lganligi sababli 1967-yilda qayta nashr etildi.

 



M.M.Is`hoqov,I

 B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.

17-bet


 

Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.5-6-betlar. 



                                                         21 

 


        Ikkinchi jahon  urushidan  so`ng  Sobiq  Ittifoqda  paleografiyaga  doir  bir  qator 

darsliklar, albomlar va ilmiy asarlar yaratildi.  Paleografiya taraqqiyoti Yer yuzida 

yozuv  qachon  vujudga  kelganligini  aniqlash  imkoniyatini  berdi.  To`plangan  boy 

yozma  manbalar  (belgilar,  suratlar,  buyumlar,  harflar  va  boshqalar)  u  yoki  bu 

xalqlarning urf-odati, madaniyati hamda turli voqealar to`g`risida ma`lumot beradi. 

Insoniyat yozuvga etib kelguncha o`z boshidan uzoq davrni kechirgan. Nutqni yozib 

olish  uchun  esa  bir  necha  ming  yil  ilgari  maxsus  belgilar  qo`llanila  boshlandi. 

Topilgan  ashyoviy  buyumlar,  dastlabki  rasm  belgilar  bundan  6-7  ming  yil  ilgari 

paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Buyumlardan mnemonika (eslatish) vositalari 

sifatida foydalanish hozirgi yozuvga olib keluvchi uzoq yo`ldagi birinchi qadamdir. 

Bu belgilar faqat inson fikrini ifodalagan. Vaqt o`tishi bilan buyumlarga aniq ma`no 

berilgan. Ular narsalarni bildiruvchi, oldindan kelishib olingan o`ziga xos signallar

shartli belgilar hisoblangan. Buyumga ma`no birkitib qo`yishning bu usuli buyumli 

yozuv deb atalgan. Buyumli yozuvdan foydalanish Osiyo, Afrika va Amerika qit`asi 

xalqlari  orasida  keng  tarqalgan  va  uzoq  davom  etib  kelgan.  Masalan,  “Vampum” 

kamari Shimoliy Amerika hindularining buyumlar yozuvi bo`lib, shakli ajoyibdir. 

“Vampum” kamari turli rangli chig`anoqlardan iborat. Chig`anoqlarning joylashuvi, 

rangi,  soni  muayyan  ma`noni  bildirgan.  Peru  davlati  hududida  yashagan  qadimgi 

aholi o`rtasida ishlatib kelingan tugunlardan iborat yozuv ham buyumli yozuvning 

ajoyib namunasi bo`la oladi. Hindistonda yashagan qadimgi xalqlar yozuv sifatida 

dastlab  turli  rangdagi  buyumlarni  ishlatganlar.  Masalan,  qora  rang  -  baxtsizlikni, 

binafsha  rang  -  xavf-xatarni,  qizil  rang  -  urushni  bildirgan  va  hokazo.  Ammo 

buyumli yozuv o`zining asosiy vazifasini bajara olmadi, ya`ni insoniyat tomonidan 

yaratilgan  bilimlarni  saqlab,  yodlab  qoladigan  o`ziga  xos  xotiraga  aylanmadi. 

Insoniyat  taraqqiyotining  jadallashuvi,  murakkablashuvi  yozuvning  vujudga 

kelishini tarixan taqozo etdi.



 

 

Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.6-bet. 



                                                     


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin