qilgan Doro kalendari bunga misol bo`la oladi”. Tugunlardan iborat kalendardan
Sibir, Gvineya, Polineziya, Sharqiy Afrika xalqlari ham foydalangan. “Axborot
hassalari” ham o`ziga xos buyum-maktub vazifasini o`tagan. Ular Qadimgi
Yevropada, Qadimgi Xitoyda, avstriyalik va afrikalik qabilalar o`rtasida mashhur
bo`lgan. Boshqa qabilaning elchisi olib kelgan hassa tashrif buyurgan shaxsning
vakolatini tasdiqlovchi o`ziga xos hujjat hisoblangan. Hassaga kertib belgilar va
xotira nishonlari tushirilgan. Elchi ularga qarab o`ziga qancha topshiriq berilganini
eslagan. Kertik-belgilarning joylashishi, ehtimol, ma`lum faktlarni ifoda etgandir.
XVII asr oxirida muhim siyosiy hujjat hisoblangan vampum ham bizga
ma`lum. Penna vampumi deb ataluvchi, o`rtasiga ikkita qora shakl (kishi shakli)
tushirilgan bu oq kamarni lenilenape qabilasidan bo`lgan hindular o`rtasidagi
tinchlik va hamkorlik garovi sifatida taqdim qilganlar. Hozirgi Peruning qadimgi
aholisi inklarning tugunlardan iborat maktubi – kipu - buyumli yozuvning ajoyib
namunasi bo`lib hisoblanadi. Bunda buyumli yozuvning hamma imkoniyatlari ochib
berilgan, deb sanaladi. Kipu chalkash-chulkash bog`langan, tugilgan tizimchalar
osilgan yo`g`on arqon yoki tayoqchadan iborat maktubdir. Tizimchalar va
tugunlarning soni, ularning katta – kichikligi, joylashishi va rangi turli ma`noni
anglatgan. Kipuning og`irligi ba`zan to`rt kilogrammcha kelgan. Bo`yalmagan
tizimchalar sonli hisob uchun va muhim voqea hodisalarni yodlab qolish uchun,
rang- barang tizimchalar esa, ancha murakkab xabarlar uchun qo`llanilgan.
Ba`zi olimlar, kipuga qonunlar majmui, xronikalar, hatto she`rlar yozilgan
bo`lishi mumkin, degan fikrni aytmoqdalar. Boshqa olimlar esa, murakkab
yozuvlarni tugunlar va rang – barang tizimcha yordamida amalga oshirish mumkin
emas demoqdalar.Hozirgi vaqtda ham ishlatish qulay bo`lgan joylarda signalizatsiya
uchun buyumli yozuv prinsipidan foydalanilmoqda; masalan, suv yo`llarida xatarli
joylarni ko`rsatib turadigan suzg`ich – bakenlar, mayoqlar va signal bayroqchalari –
M.M.Is`hoqov,I
B.
Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.
15-bet
19
dengizda, svetofor va semaforlar - quruqlikdagi yo`llarda, signal lampochkalari - har
xil priborlarda qo`llaniladi. Bularing hammasi “axborot hassalari” va perulik
cho`ponlarning tizimchalariga “qarindosh”dir.
4
Buyumli yozuv o`zining asosiy
vazifasini bajara olmadi: insoniyatning to`plangan bilimlarni saqlab, yodlab
qoladigan o`ziga xos xotirasiga aylana olmadi. Ijtimoiy turmush murakkablashgan
sari bunga ehtiyoj tobora ortib borardi. Piktografiya ibtidoiy san`at quchog`ida
vujudga keldi. Olimlar insonlarning bundan 40-10 ming yil ilgari qadimgi paleolit
davrida chizgan rasmlarini topishgan. Qadimgi odam toshni o`yib naqsh solgan,
suyakka belgilar o`ygan, g`or devorlariga hayvonlar: bizon, mamont, ohular,
karkidon, otlar, bug`ular yoki odamlar tasvirini bo`yoqlar bilan chizgan. Bu bilan u
go`yo dunyoni bilib olgan va tasvirlagan. Tadqiqotchilarning fikricha, piktografik
yozuv neolit davrida, tarqoq urug`dosh guruhlar qabilaga birlasha boshlagan vaqtda
uzil-kesil shakllangan. Piktografik belgilar hozirda ham keng qo`llaniladi
1
.
Dostları ilə paylaş: