Miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o`rtalarida mixxat xalqaro diplomatik
yozuvga aylangan. Qadimgi Sharqning shahar-davlat hukmdorlari bir-birlari bilan
bo`lgan aloqa xatlarini, ilk davlatlarning kodekslari va hatto savdogarlar
tovarlarining narx-navolarini ham mixxat yozuvlarda yozishganlar. Eng qadimgi
mixxatlar Shumer, Akkad, Ur kabi Mesopatamiya shahar xarobalari va saroylarini
o`rganish mobaynida ko`plab topilgan. Ular asosan sopol parchalariga, loy
parchalariga, qoya toshlarga, terilarga bitilgan. Qadimgi zamon tarixchilari Gerodot
va Strabon mixxatlarni “ossuriya harflari», Afenet esa “haldey harflari” deb
ataganlar. Miloddan avvalgi VIII asrda Ossuriyada harfli yozuv kashf etilgandan
so`ng mixxat yozuvlar unutilib ketgan. O`rta Osiyo tarixi uchun juda muhim bo`lgan
Persepol mixxatlarini to`liq o`qishga muyassar bo`lgan olim Georg Grotefenddir. U
27 yoshida, 1802-yilda Persepol saroyida bitilgan Doro, Kserks, Gishtasp ismlarini
muvaffaqiyat bilan o`qiydi va ilk marotaba mixxatlarning sirini ochadi. Gerodot
asarlari bilan yaxshi tanish Grotefend, Ahamoniyshohlar o`z so`zlarini “Men kim,
ulug` shoh, shahanshoh”, - degan so`zlar bilan boshlab “Ahamoniy” so`zi bilan
tugatganligini yaxshi biladi va Persopol mixxatlarida ham bu so`zlar
qaytarilganligini anglaydi.Shu tariqa mixxat harflari o`qildi va Qadimgi Sharq tarixi
o`z sirini ocha boshladi.Ingliz olimi va sayyohi G. Roulinson esa fors mixxat
yozuvlarini, ayniqsa Behistun qoya bitiklarini muvaffaq bilan o`qiydi. Behistun
qoyasi Shoh yo`lining Hamadon-Bobil yo`li bo`yida, dengiz sathidan 520 metr
balandlikda joylashgan. Doroning buyrug`i bilan shu qoyaga bitiklar bitilgan. G.
Roulinson Behistun bitiklari bo`g`inli yozuvlar ekanligini isbotlaydi. Bitiklarda
yozilgan Baqtriya so`zini, Baqtriyaning Ahamoniylar impyeriyasi tarkibiga
kirganligini, uning 12 satrapligi, Xorazmning esa 16 satraplik bo`lganligini birinchi
marta o`qigan tadqiqotchidir. Olim o`z izlanishlarining natijasi o`laroq ilmiy
ommaga juda ko`plab zarur ma`lumotlarni yetkazib bergan.
Дьяконов И.М. К возникновению письменности в Двуречье. Труды Эрмитажа. Л., 1940
16
G. Roulinsonning eng buyuk xizmatlaridan biri uning Ossuriya mixxatlarini
o`qib ossuriyashunoslik faniga asos solganligidir. Uni fahr bilan tadqiqotchilar
“ossuriyashunoslik fanining otasi”, - deb ataydilar. Uning ilmiy izlanishlari tufayli
fanga ilgari noma`lum bo`lgan Ossuriya podsholigi tarixi kirib keldi.
4. Harfiy yozuv. Yozuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki
belgi to`g`ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istinosiz finikiylar, suriyaliklar va
falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi VI-IV
asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat ahamiyatiga molik hujjatlar
oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy variantidan
foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o`tishi bilan bu alifboning juda ko`p variantlari
shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko`p xalqlar tomonidan
qo`llanib kelayotgan arab yozuvidir va kvadrat shaklga ega bo`lgan yahudiy
yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IV-III asrlarda oromiy alifbosi eroniy
tillarda so`zlashuvchi ko`pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan. O`rta fors
yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bo`lgan. Bu alifbo asosida
keyinchalik so`g`d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bo`lgan.
Eramizning VII-VIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan.
Bundan tashqari eroniy va O`rta Osiyodagi Muqaddas kitob uchun maxsus
Avesto yozuvi yaratilgan.Bu yozuv oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bo`lgan.
1
Yevropada esa, bu yerdagi tillar uchun grek yozuvining turli variantlari,
xususan, lotin yozuvi qo`llanilgan. IX-X asrdagi grek qo`lyozma alifbosining yana
bir varianti slavyan tillari uchun moslashtirilgan va shu tariqa qadimgi rus alifbosi-
kirillitsa vujudga kelgan. Olimlar yozuvni bundan V-VI ming yil avval Misr,
Mesopotamiya, Xett, Hindiston va Xitoyda kashf etilgan, deb hisolashadi. Qadimgi
Shumerda (Mesopotamiya) mil. avv. IV-ming yillikda mixsimon iyeroglif yozuvi
kashf qilingan.
2
1
Ko`paysinov.I. “O`rta Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi” Qo`llanma. Namangan 2019-yil. 11-bet..
2
M.M.Is`hoqov,I
B.
Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: TDSHI , 2018.
16-bet
Dostları ilə paylaş: