Yozuvlar asosan hayvon terisiga yozilgan. Asteklar o`n oltinchi sonli tizimni
ishlatganlar. Raqamlar bir necha nuqtalar, shuningdek eski qo`lyozmalarda
sonlarning o`zaro kombinatsiyasi sifatida qayd etilgan. Bunday tizim taqvim
sanalarini yozish uchun yetarli edi.
Maya yozuvi. Mayalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr
boshlarida yozuvni yaratish imkonini berdi. Yozuvlar kohinlar tomonidan qalamda
iyeroglif shaklida yozilgan va ular maxsus rasmlar orqali bezatilgan. Bundan kelib
chiqadiki, mayalar yozuvlari ham asteklarniki kabi iyeroglif va tasvirlar bilan
ifodalangan. Mayalar xati XIX asrda Shampalyon tomonidan Misr yozuvlari
muvaffaqiyatli tarzda talqin qilinishi ta`sirida maya yozuvlarini deshifrofka qilish
mumkin bo`ldi. Maya iyerogliflari haqida birinchi maqola 1810-yilda e`lon qilindi.
Meksikadagi ushbu sivilizatsiyani o`rganish 1830-yildan boshlab amalga oshirila
boshlandi. Maya yozuvi og`zaki va bo`g`inli belgilar tizimidan iborat bo`lgan.
Hozirgi kunda mumtoz maya matnlari cholti tilining adabiy versiyasida yozilgan deb
faraz qilinadi. Maya elitasi ushbu tilni maya tilida so`zlashadigan hududlarda
qo`llaganlar. Gvatemala tog`larida yashovchi aholi yozuvlarida vaqti-vaqti bilan
maya yozuvini qo`llaganliklarining ba`zi bir dalillari mavjud. Shu bilan birga, bu
tillardagi matnlar, odatda, cholti tilida gapiradigan skotterlar tomonidan yozilgan va
shuning uchun u maya yozuviga katta ta`sir ko`rsatgan. Maya yozuvi – keramika va
devorlarga diqqat bilan terilgan, qog`ozlarda qayd etilgan, yog`ochdan yoki toshni
yo`nib tayyorlangan maxsus ustunlarga yozib qoldirilgan rivojlangan belgilar tizimi
hisoblanadi. Belgi usti bo`yalgan, lekin ko`p holatlarda bo`yoqlar bizgacha o`z
holida yetib kelmagan. Mayalarda taxminan 7000 ga yaqin matn bo`lgan.
Tokapu yoki tukapu (kechua tilida tukapu ingliz tilida tokapu) bu inklarning
eng chiroyli kiyimidir. Qo`lda ishlangan mato, ajoyib naqshlar, ayolning rangli
kiyimi va shuningdek, kvadrat ichida kiritilgan geometrik raqamlar, ular alohida
joylashtirilgan va bandlar shaklida vertikal yoki gorizantal chiziqlar bilan
M.M.Is`hoqov,I
B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.
24-bet
28
bog`langan. Birinchidan ispan missionerlari tomonidan tayyorlangan turli xil kechua
lug`atlarida tukapu deb nomlangan–hashamatli kiyimlar yoki, kanvas deb atalgan.
Ko`pgina bahs-munozaralar mavzusi tokapuning Janubiy Amerika xalqlarijumladan
inchan yozuvini yozishga tegishli. Bugungi kunda XVI–XVII asr tarixchilari va
yozuvchilarining guvohliklari va tokapuning yozma xarakteriga inka to`qimalariga
belgi qo`yilsada, bu gipotezaning tasdiqlanishiga ishonarli dalillar yo`q. Ehtimol,
kipu bilan tokapu o`rtasida ham aloqa bordir.
Rongo-rongo yozuvi Chilida yashagan aborigenlarning yozuvi hisoblanadi. Bu
yozuv namunalari 1862-yilda Chilidan topilgan. 1864-yilda taniqli episkop Ejin
Eyro bu yozuv bitilgan taxtachalarni yig`a boshlaydi. Bu taxtachalarda noma`lum
ramzlar, hayvonlar va geometrik shakllar mavjud, jami 800 ta belgini katolog qilib
chiqadi. Aborigenlar bu yozuvni o`qib yoza olganlar. Bu yerga kelgan ba`zi
ruhoniylar bu yozuvlarni varvarlarning oddiy belgilari deyishsada ba`zilar buni
tarixni ochuvchi kalit deb hisoblashgan. Keyinchalik olimlarning izlanishlari
natijasida bu belgilarning katalogi tuzib chiqilgan. Bu yozuv mahalliy aholi tilida
“kahau motu mo rongo-rongo” deb nomlangan.
1
Kelt-ogam yozuvi. Janubiy Irlandiya, Shotlandiya va Men oroli
hududlaridan topib o`rganilgan. Bu yozuv toshga yozilgan holda topilgan.
Yozuvning yuzdan ortiq namunalari mavjud. Bu yozuvning tarixi eramizdan avvalgi
IV asrga borib taqaladi. 650-yilda o`z o`rnini lotin yozuviga bo`shatib bergan. Kelt-
ogam yozuvining o`ziga xos xususiyati shundaki, bu yozuv ikki tomoni yo`nilgan
toshlarga chiziq va nuqtalarning o`ymakorlik bilan tushirilganligi. Bu alifbo 20 ta
belgidan iborat bo`lgan. Keltlar sharqda ham kamdan-kam uchraydigan, oddiy
bo`lmagan o`ziga xos yozuvni kashf qilishgan. Lotin yozuvi bilan birgalikda
german-runik yozuvi bilan ham aloqadorlik jihati uchraydi. Ushbu yozuv qadimm
tarixga ega bo`lib, uni o`rganish olimlar diqqat markazidadir.
2
1
M.M.Is`hoqov,I B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.25-bet
2
O`sha asar 25-bet.
29
Vestgotik yozuv. Ispaniyada vestgotlar g`alabasidan so`ng, rimliklar
sodda tez yoziladigan yozuvni maxsus jihatlarini rivojlantirgan. Ba`zi hujjatlar VII
asrga o`tish davrida turli noan`anaviy shakllar bo`lganini ko`rsatadi. Vestgot
yozuvining yaqqol jihatlari sezila boshlagan VIII asrda uning
26 tez yozishga
asoslangan turlari paydo bo`lgan. IX asrdan kalligrafiya shakllari aniqroq bo`ldi va
XI asrga kelib ingichka va qo`pol holga keldi. Juda kichik bo`lgan vestgotik
yozuvining tez yoziladigan shakli IX asr o`rtalarida hujjatlarda nashr qilingan.
1
Dostları ilə paylaş: