Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
kurs ishi

                 

 


                

2.2. Markaziy Osiyo paleografiyasidan namunalar. 

           

Markaziy  Osiyo  xalqlari  yozuvning  sodda,  ibtidoiy  shakllaridan  mil. 

avv.  I  ming  yillikdayoq  voz  kechib,  mil.avv.  VI  asrdayoq  alifboli  yozuv 

tizimlari,  xususan,  oramiy  yozuvi  bilan  tanishganlar.  Olimlarning  fikricha, 

Avesto kitobi mil. avv.  VIII–VII asrlardayoq kitob holatiga keltirib yozib olingan 

bo`lsa,  demak,  ajdodlarimiz  mil.  avv.  VII  arsdayoq  yozuvning  alifboli  darajasiga 

erishganlar.  Demak,  paleografik  tadqiqotlar  uchun  alifboli  tizimlar  asosidagi 

material  xronologiyasi  ham  bevosita  o`sha  davrdan  boshlanadi.  Shu  sababli 

paleografiyani  “Avesto  paleografiyasi”dan  boshlab,  so`ngra  oramiy  grafikasidan 

rivoj topib, tez orada bir qancha mahalliy yozuv tizimlariga aylangan alifbolar, ular 

vositasida  yozib  olingan  yodgorliklarga  o`tish  ma`quldir.  Bular  parfyoniy  yozma 

yodgorliklari,  boxtariy-oramiy  yodgorliklar,  xorazmiy,  sug`diy,  o`rta  forsiy-

pahlaviy yozuvlari, sug`diy asosida rivojlangan uyg`ur-turkiysi, O`rxun Yenisey va 

uning  o`nlab  mahalliy  variantlaridirki,  paleografik  tadqiqot  orqali  ularning 

manbaviy ahamiyatini ko`rsatib berish, ilmiy foydalanishga olib kirish muhim ilmiy 

va  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  borada  yana  bir  muhim  masala  borki,  u  ham 

bo`lsa har bir yozuv tizimining ichki grafik rivojlanish dinamikasini ko`rsatishdir. 

Masalan:  Markaziy  Osiyoda  oromiy  grafikasi  asosidagi  yozuvlarning  oromiycha 

shakllardan  ajralib  chiqib  mustaqil  chizma  shakllar  darajasiga,  undan  go`zal 

husnixat  shakllariga  xos  yozuv  usullarini  paydo  etish  yo`llarini  yodgorliklarda 

kuzatish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Markaziy  Osiyo  jahon  qadimiy  yozuv 

yaratuvchilik  jarayonlarining  muhim  bo`g`ini  bo`lib  kelgan.  Bu  o`lkada  yozuvlar 

paydo  bo`lishi  ikki  manbaviy  asosga  ega.  Ushbu  manbalarning  tub  idizlari  ham 

qadim davrlarga borib taqalalib, yozuvlarning paydo bo`lishi tarixiy taraqqiyot va 

inson  amaliy  ko`nikmalarining  mahsulidir.  Ushbu  manbaviy  asoslar  turli 

olimlarning fikr-mulohazalariga ko`ra quyidagi asoslardan iborat: Birinchi manba  

 

M.M.Is`hoqov,I B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.:”Noshir”, 2018.29-30-betlar



 

                                                   34 




mahalliy  sharoitda  tub  joy  an`analariga  tayanib  yaratilgan  yozuv  an`anaviy 

yo`nalishi  bo`lsa,  ikkinchisi  uchun  Old  Osiyo  mamlakatlaridan  qadimiy  Eron 

saltanati  tasarrufida  bo`lgan  o`lkalarga  tarqalgan  oromiy  yozuvi  asosiy  manba 

hisoblanadi. Mahalliy yozuv yaratuvchilik asoslarini “Issiq yozuvi” nomli bitik va u 

bilan  shaklan  o`xshash  yodgorliklar  Janubiy  O`zbekiston  “issiq”  bitiklari, 

Afg`onistonning  Dashti  navur  qoyatosh  bitiklari  kabilardir.  Lekin  “issiq  yozuvi” 

bugunga  qadar  ilmiy  asoslangan  va  qanoatlanarli  talqinga  ega  emas.  Uning 

yodgorliklarini o`qib izohlashga qaratilgan urinishlar hali fanda to`liq e`tirof etilgan 

emas.  Sug`d,  xorazmiy,  boxtariy  xatlari  bir  qadar  yaxshi  o`rganilgan.    Ayniqsa, 

sug`d yozma yodgorliklarni o`qish, talqin qilish bo`yicha ko`p ishlar qilingan. Lekin, 

mazkur  yozuvlar  yodgorliklarini  izchil  o`rganish  davom  etmoqda.  Bu  sohadagi 

vazifalar yangi avlod tadqiqotchilarni taqozo etadi.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin