Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
kurs ishi

                                                 35 


bo`lishimiz mumkin. Ular orasida turli davr va hududlarga oid ko`plab numizmatik 

materiallar  (tanga  yozuvlari),  metall,  sopol,  yog`och,  charm,  qog`oz  va  boshqa 

buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, diiny, axloqiy-falsafiy matnlarning 

parchalari,  xo`jalik,  huquqiy  va  diplomatik  hujjatlar  bor.  Sug`d  yozuvlari 

namunalari  Markaziy  Osiyo  mintaqasidan,  jumladan,  Afrosiyob,  Panjikent,  Mug` 

tog`i,  Yerqo`rg`on,  Sharqiy  Turkiston,  Turkmaniston,  Pokiston,  Mo`g`uliston, 

Janubiy  Qozog`iston  va  boshqa  joylardan  topilgan.  Bu  esa,  sug`d  yozuvining 

mintaqalar bo`ylab keng tarqalganligining isbotidir.

 Mutaxassislarning fikriga ko`ra, 

sug`d yozuvi dastlab mil.avv. III-II asrlarda paydo bo`lgan. Sug`d yozuvlari dastlab 

Zarafshon vohasidan topilgan kumush tangalarda uchragan. Bu tangalar mil.av. II-I 

asrlarga  taalluqli  edi.  Tangalarda  sug`d  yozuvlari  keng  tarqalgan  davr  mil.av.  I 

asrdan  to  milodiy  IV  asrlargacha  to`g`ri  keladi,  deyish  mumkin.  II-VIII  asrlarga 

taalluqli  bullalar  ham  topilgan  bo`lib,  ularda  ham  sug`d  yozuvlari  bitilgan.  Sug`d 

yozuvlari  namunalari  ro`zg`or  buyumlarida  ham  uchragan.  Masalan,  Uraldagi 

Kopchik qishlog`idan  sug`d yozuvli kumush tavoq,  Perm viloyatidan esa  kumush 

ko`zacha topilgan. Ular hozirda Sankt-Peterburgdagi Ermitajda saqlanmoqda. 1906-

yilda A.Steyn boshchiligidagi ingliz ekspeditsiyasi Sharqiy Turkistonning Dunxuan 

yaqinidan  sug`d  yozuvida  yozilgan  “Eski  xatlar”  matnlarini  topgan.  “Eski  xatlar” 

to`plamida  9  ta  xat  joy  olgan  bo`lib,  ular  Sharqiy  Turkistondagi  savdo 

faktoriyalarida yashagan sug`dliklarning Samarqand, Dunxuan va boshqa joylardagi 

o`z  yaqinlariga  va  qarindoshlariga  yozgan  maktublaridir.  Sug`d  yozma  yod- 

gorliklari orasida 1932-1933-yillarda Panjikentdan sharqda 60 km uzoqlik- da Qal`ai 

Mug`dan topilgan Mug` tog`i hujjatlari katta ahamiyat kasb etadi. Mug` tog`i sug`d 

arxivi xatlar, xarajatlar yozilgan hujjatlar va hisobotlar, tilxatlar, farmoyishlar, Panj 

hokimlarining diplomatik yozishmalaridan tashkil topgan. Ushbu arxiv 80 ga yaqin 

noyob hujjatlarni o`z ichiga oladi. 

 

  



   

M. Is`hoqov, R.Alimova “Arxivshunoslik”. O`quv qo`llanma. Toshkent. 2017-yil.52-53-betlar.

 

                                                  36 




  


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin