Turkiy-runik yozuvlar va ularning yodgorliklar. Mazkur yozuv arab yozuvi
singari chapdan o`ngga qarab yozilgan. 38-40 ta harfdan iborat bo`lgan. Runiy
yozuvlar turli nomlar bilan yuritilib kelingan. Ularni gotlar, yunon-gotlar, indo-
gotlar nomlari bilan ham yuritishdi, bunga bitiglarning to`liq o`rganilmaganligi
sabab bo`lgan. Fransuz turkologi Abel` Remyuza (1788-1832) aniq fikrni keltiradi:
“yozuvlar runlar bilan o`xshashligi yolg`on bo`lishi ham mumkin, chunki ular
turklar yashagan qadimiy yerlarda joylashgan”. Turkiy-runik yozuvlar asosan qattiq
buyum sirtiga o`yib yozish uchun qulay bo`lgan. Shu sababli ham ushbu yozuv
yodgorliklari asosan qabr toshlariga, charm va yog`och buyumlariga tushurilgan.
1
M. Is`hoqov, R.Alimova “Arxivshunoslik”. O`quv qo`llanma. Toshkent. 2017-yil.53-bet.
2
A.Sagdullayev. “Qadimgi O`zbekiston ilk yozma manbalarda”Toshkent. “O`qituvchi” 1996-yil. 13-bet.
39
Bunga qarshi G.I. Spasskiy “Janubiy Sibirda turklar yashaganligi haqida hech
qanday ma`lumot yo`q, aksincha ular mazkur yerlarda yangi aholi hisoblanishgan”
(Kononov.N.A “История изучения” )-deb qayd qiladi. Uning fikricha yozuvlar
mo`g`ul yoki qalmiq yozuvlari bo`lishi mumkin ekan, keyinchalik G.I.Spasskiy
yozuvlarning kelib chiqishini slavyan yozuvlari bilan bog`lagan. Nikolay
Mixaylovich Yadrinsev (1842-1894), I.S.Bogolubskiy va A.V.Adrianovlar topgan
hamda Minusinsk muzeyida saqlanayotgan runiy yozuvlar haqida gapirganda, ularni
turklarga tegishli ekanligini aytib o`tadi.
Keyinchalik N.M.Yadrinsev, Kosho-
saydamdan topilgan, Kultegin va Mog`ilyon xonga bag`ishlangan bitiglar haqida
“Bunday eski mozorlar va esdaliklar faqat turklar yoki uyg`urlarda yoziladi” deydi.
1
N.M. Yadrinsev shundan keyin mazkur obidalarga alohida e`tibor qarata
boshlaydi, uning ekspeditsiyasi 1889-yili yozda Kosho-Saydam yerida, Kokshin-
O`rxun (O`rxun daryosi bo`g`ozida) yoqasida, Ulan-Batordan 400 km orqaroqda,
Ugiynor ko`lidan 25 km janubda hamda Qorabalasog`un xarobalaridan 40 km
orqaroqda bo`lib o`tadi. Topilgan esdaliklarni V.Tomsen va V.V.Radlov dastlabki
marta o`qiydi. Ular Kultegin va Mog`ilyon xon yozma yodgorliklarini topishadi,
hamda ularning muallifi Yollug` tegin ekanliklarini aniqlashadi. Shuningdek,
xoqonlar ashin qavmidan bo`lishi mumkin degan gipotezani ham ilgari surishadi.
Mazkur esdaliklarning orqa va yon tomonlarida xitoy iyerogliflari bo`lib, ular
matnlarni o`qishni osonlashtirgan, ya`ni kalit so`zlar vazifasini bajargan. Shundan
keyin, ya`ni N.M.Yadrinsev ekspeditsiyasidan so`ng ikki yo`nalish harakatga tushdi.
Birinchisi, rus Fanlar Akademiyasi hamkorligida V.V.Radlov, ikkinchisi, fin
A.Geykel (1851-1924) o`z ilmiy kollegasi bilan matnlarni o`rganish ishlariga
kirishildi. Bu guruhlarning muvafaqqiyatlari maxsus atlas xaritalari bilan belgilab
korsatildi. Ushbu yodgorliklar turli turk qavmlariga tegishli.
1
O`rxun esdaliklari ekspeditdiyasi to`plamidan, SP-1892, 106-bet
40
Bu guruhlarning muvafaqqiyatlari maxsus atlas xaritalari bilan belgilab ko`rsatildi.
Run esdaliklari haqidagi atlas xaritalar bosilib chiqqandan keyin, hamda yetarli
xulosalarga tayanib, matnlar turk xalqlariga tegishli degan xulosaga kelinadi.
Shundan keyin shifrlarning sirini yechish birmuncha yengillashadi. Mazkur ishga,
ya`ni matnlarning mohiyatini ochishga ikkita katta olim: Kopengagenda dat
tilshunosi V.Tomsen hamda Peterburgda rus turkologi V.V.Radlov kirishdilar.
1893-yili 25-noyabrda V.Tomsen O`rxun-Enasoy obidalarini o`qishga kalit topdi va
bu haqida V.V.Radlovga xat orqali 1894-yili 19- yanvarda xabar berdi. V.Tomsen
o`zi topgan yangilikni dat FA konferensiyasining ochilishida gapirib berdi . O`zbek
tilshunosligida mazkur bitiglarni o`rganishda ham katta ishlar qilingan. Jumladan,
A.Rustamov, G`.Abdurahmonov, N.Rahmonovlar o`rganishgan.
Bitiglar qadimgi turkiy tildan hozirgi o`zbek tiliga ham o`girilgan. Bu jihatdan
A.P.Qayumov, G`.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning xizmati salmoqlidir.
“O`rxun- Enasoy yodgorliklari” yuzasidan Nasimxon Rahmonov katta izlanishlar
qildi. U mazkur obidalarning tilini o`rganish bo`yicha ilmiy ishlar qilib, o`z
asarlarida turkiy-run yozuvi yuzasidan ko`plab dalillar keltirgan. Jumladan, uning
“Ruhiyatdagi nur murodi” (T-2002), B.Matboboyev bilan hammualliflikda
“O`zbekistonning ko`hna turkiy-run yozuvlari” (T-2006), Q.Sodiqov bilan
hammualliflikda “O`zbek tili tarixi” (T-2009) singari asarlarida bevosita toshbitiglar
xususida to`xtaladi. Shuningdek, Q.Sodiqovning “Uyg`ur yozuvi tarixi” (T-1997),
“Ko`k turk bitiglari: matn va uning tarixiy talqini” (T-2004), kabi asarlarida ham
yozma yodgorliklar haqida batafsil tadqiqotlar olib borilganini ko`rish mumkin.
Bugungi kunda Ergash Umarovning O`rxun alifbosi, O`rxun yodgorliklari tili
xususida bir qator izlanishlar qilib, Til va adabiyot ta`limi jurnalida mavzuga doir
davomiy chiqishlar qilayotgani ham obidalar mavzuining keng ko`lamliligidan
dalolat beradi.
Kononov. N.A. “Грамматика –языка тюркских рунических памятников” Leningrad-1980
41
Arab yozuvi.
Ilk arab yozuvining eng qadimgi yodgorliklari Janubiy
Suriyadan topilgan bitiklar bo`lib, ular eramizning IV–VI asriga mansubdir.
Eramizning –VI asriga kelib arab yozuvi shimoliy Afrikaga ham tarqalgan edi. Arab
tilining rivojlanishi, uning xalifalikka tobe bo`lgan hududlarda keng tarqalishi arab
yozuvi va uning orfografiyasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Bu
narsa esa, yozuvda isloh o`tkazish masalasini ko`ndalang qo`ydi. Bu islohni amalga
oshirishda o`sha davrda Iroqning hukmdori bo`lgan Al-Hajjojning tashabbusi va
xizmati ulkan bo`lgan. Yozuvda o`tkazilgan bu islohotning vaqti aniq bilingan emas.
Ehtimol u bosqichma-bosqich uzoq muddat davomida amalga oshirilgan va 680-
yildan 780-yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga olgan.Shunday qilib 28 ta harfdan
iborat bo`lgan arab yozuvi shakllangan. Bu yozuvdagi bir-biridan shaklan farq
qiladigan harflar nabatiy yozuvida bo`lgani kabi 15 tadir. Nabatiy yozuvida so`z
tarkibidagi harflar asosan bir tomondan ulab yozilgan. Ilk arab yozuvida esa,
harflarning ko`pchiligi har ikki tomondan qo`shib yozilgan. Shu sababli shakllanib
takomiliga yetgan arab yozuvida har bir harfning so`z boshida, o`rtasida, oxirida
yoziladigan va alohida shakllari ishlab chiqilgan va amalda qo`llana boshlagan.
Istisno tariqasida 6 ta harf ilgarigi xususiyatini saqlab qolgan va ular faqat o`ng
tomondagi harf bilan qo`shib yoziladi. Shuning uchun ularning ikkitagina shakli
mavjud, Shunday qilib, arab yozuvidagi 28 harfning 100 ta ko`rinishi shakllangan.
Nabatiy yozuvida cho`ziq unlilar harflar yordamida ifodalanar edi. Bu qoida arab
yozuvida ham saqlab qolingan. Shuning uchun, arab yozuvidagi harflari undosh
tovushlarni ifodalash bilan birga cho`ziq a, u, i unlilarni ham ifodalaydigan bo`lgan.
XI asrda arablarda shakllangan fikrga ko`ra, arab yozuvining dastlabki bosqichida
faqat kufiy yozuvi mavjud bo`lgan. “Qur`oni Karim” dastlabki nusxalari shu
yozuvda ko`chirilgan. Bu yozuv 4-xalifa Ali ibn Tolib tomonidan takomiliga
yetkazilgan.
M.M.Is`hoqov,I B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir», 2019.37-bet.
42
Arab grafikasidagi boshqa xat turlari shu kufiy yozuvi asosida keyinchalik
shakllangan xat turlaridir. X asrga kelib arab yozuvi yana isloh qilingan. Bu isloh
Ali Muhammad ibn Ali ibn Muqla (h. 272–328) (886–940) nomi bilan bog`liq. Bu
kishi uch abbosiy xalifa qo`lida vazirlik lavozimida ishlagan. U kufiy xati asosida
sharq olamida keyinchalik mashhur bo`lib ketgan olti xat turini yaratgan olimdir:
Dostları ilə paylaş: |