muhaqqaq, suls, riqo, nasx, tavqi` va rayhoniy xat turlari. Ibn Muqlaning bu ishini
eronlik olim Ali ibn Hiloi davom ettirgan. Uning tahallusi Ibn Bavvob bo`lgan va u
(413) 1022-yilda vafot etgan. U Sherozdagi mashhur kutubxonada xodim bo`lib
ishlagan. Islohot ishini undan keyin davom ettirgan shaxs so`nggi abbosiy xalifa
saroyida xattot bo`lib ishlagan Yoqut Mustamiydir.
1
Kufiy yozuvi nabatiy yozuvi asosida shakllangan dastlabki arab yozuvidir. U
birinchi marta Kufa shahrida ishlatilib, u yerda rivoj topgani uchun “kufiy” deb nom
olgan. Bu xat turidagi harf elementlariga gullar, barglar, ko`raklar shakli berilib,
husnixat turlarida ishlatilgan va unga gulli xatti kufiy deb nom berilgan.
Muhaqqaq yozuvi yoki xatti muhaqqaq –bu yozuv turi abbosiylar hukmronligining
boshlanishida – VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |