Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
kurs ishi

                                                     37 


        

“Baqtriya yozuvi va tili” ning tarix, tilshunoslik va sharqshunoslik  fanlariga 

kiritilishi bevosita mashhur olmon olimi V.Xenning nomi bilan bog`liq. 1957-yilda 

Shimoliy Afg`onistonning Bag`lon hududidagi Surxko`tol deb nomlangan Kushon 

podsholari sharafiga bitilgan mahobatli xatning topilishi fanda baqtriya yozuvining 

o`rganilish  tarixini  boshlab  bergan  edi.  V.Xenning  tomonidan  “Katta  Surxk`tol 

yozuvi”  ning  to`liq  o`qilishi  “Baqtriya  yozuvi”  atamasining  fanga  kiritilishiga  va 

unga  qadar  bu  kabi  xat  namunalariga  nisbatan  “toxar”,  “kushon”  va  “kushon-

baqtriya” xatlari kabi nomlarning qo`llanishiga batamom chek qo`ydi.       

Eng qadimgi baqtriya yozuvlari qayd etilgan yodgorliklardagi inshoot va madaniy 

qatlamlar va ularning sanalari. 

    1. Mirzaqultepa. Miloddan avvalgi I milodiy I asrlar. 

    2. Fayoztepa. Milodiy I asr. 

    3. Kampirtepa.Milodiy II asrning birinchi yarmi. 

    4. Qoratepa. Milodiy II-IV asrlar. 

    5. Ayritom. Milodiy II-III asrlar. 

    6. Zartepa. Milodiy III-IV asrlar. 

    7. Dalvarzintepa. Kushon davri. 

     8. Xotinrabot. Kushon davri. 

     9. Hayitobodtepa. Milodiy IV-V asrlar. 

     

Baqtriya  hududidan  baqtar  yozuvidagi  birinchi  topilma  50-yillarning  boshiga 



to`g`ri  keladi.  Bu  davr  Amudaryoning  o`ng  sohilida  olib  borilgan  arxeologik 

tadqiqotlar bilan bog`liq.

 

Birinchilar qatoriga Dushanbedan 1951-yilda topilgan.



 

   


 

Основы иранского языкознания. Древнеиранские языки. М., Наука, 1979, с. 16.

 

                                                     38 




       Surxon vohasi (qadimda Shimoliy-g`arbiy Baqtriya) ning Kushon davriga oid 

yodgorliklarida  kashf  etilgan  yozuvlar  “Katta  Surxko`tol  yozuvi”  singari  alohida 

ilmiy ahamiyatga molik. Bular Ayritom va Kampirtepa yozuvlaridir.  

      1979-yilda arxeolog olim B.A.Turg`unov tomonidan Ayritomdagi buddaviylik 

ibodotxonasi  bilan  bog`liq  inshootlarini  o`rganish  davomida  yana  bir  muhim 

kashfiyot  sodir  bo`ldi.  Buddavilik  ibodatxonasining  bir  qismida  oq  toshga 

o`rnatilgan  haykallar  majmui  kashf  etilib,  oq  tosh  (asos)  yuza  qismida  mahobatli 

baqtriya yozuvi borligi aniqlandi.

           Sak yozuvi – olimlarning fikriga ko`ra sak yozuvida yozilgan eng qadimgi 



manba – bu Olmaota atrofida Issiq qo`rg`onida topilgan kumush idishdagi yozuvdir. 

U miloddan avvalgi V asrga borib taqaladi. Bu yozuvlar fanda “noma`lum xatlar” 

deb  nomlanadi.  Sak  tilida  yoritilgan  hujjatlarning  asosiy  qismi  Sharqiy 

Turkistonning  Xo`tan  vahosidan  topilgan.  Ular  VII  –  X  asrlarga  oiddir.  Bu 

yozuvlarni  o`rganishga  G.B.  Beyli,  M.J.  Drezden,  L.G.  Gersenberg,  I.M. 

Oranskiylar katta hissa qo`shganlar. 




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin