Mintaqada mavjud bo`lgan yozuvlar qayd etilgan qo`lyozma, toshbosma,
bitiktoshlar ham olimlarning diqqat markazidadir. Davlatchilikning muhim
belgilaridan biri bo`lgan yozuv namunalarining topilishi ham Markaziy Osiyo
davlatchiligining qay darajada qadim tarixga oid ekanligini ko`rsatib beradi. Buning
yaqqol misoli sifatida Qozog`istonning Olmaota shahri yaqinidagi Issiq qo`rg`oni
sak shahzodasining qabridan topilgan kumush idish sirtiga tushurilgan yozuvning
topilishi ham mintaqa hududida mavjud bo`lgan Sak davlat uyushmasining tarixi
haqida ma`lumot beradi (mil.avv. I – ming yillik). Zero, tarixdan ham ma`lumki, o`z
yozuvlariga va tiliga ega bo`lgan hududlarda albatta davlatchilik an`analari qadim
zamonlarga borib taqaladi.
Dostları ilə paylaş: