Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
kurs ishi

                                                   

 

 

 

                                                      44 


                                                  XULOSA 

      

Xulosa  qilib  aytganda  paleografiya  yozuvlarni  o`rganuvchi  fan  hisoblanadi, 

yuqoridagi  ma`lumotlar  asosida  paleografiya  va  uning  maqsad  va  vazifalarini, 

ishlash  uslublari,  Jahon  paleografiyasi,  Markaziy  Osiyodagi  qadimgi  yozuvlarni 

o`rganib chiqdik. 

       Birinchidan, 

paleografiya  fani  yordamchi  tarixiy  fanlarning  muhim 

sohalaridan  biri hisoblanib, paleografiya  qadimgi va  hozirgi davrlargacha  bo`lgan 

turli buyum yuzasiga tushurilgan yozuvlarni o`rganadi. Paleografiya fani orqali har 

bir  tadqiqotchi  tarixiy  haqiqatni  yanada  aniqroq  va  to`laroq  ko`rishga  qodir 

bo`ladilar.  Insoniyat  tarixida  turli  xil  yozuvlar  mavjud  bo`lgan.  Ularning  har  biri 

o`zgacha  bo`lib,  bu  yozuvlar  orqali  o`sha  xalqlarning  tarixini  yanada  yaxshiroq 

o`rganishga  imkon  beradi.  Darhaqiqat,  paleografiyada  buyumlar  sirtiga  yozilgan 

yozuvning shakli, grafikasi, ishlatilingan siyoh turi, yozuv quroli kabilarni o`rganish 

ham muhim hisoblanadi. Olib boriladigan paleografik tadqiqotlar nafaqat qadimgi 

yozuvlarning deshifrovkasini yaratish va o`rganishdan tashqari, hozirgi kunda ham 

mavjud  bo`lgan  yozuvlarni  tadqiq  qiladi.  Paleografiya  fani  fan  sifatida  XVIII  asr 

boshlarida  shakllangan  bo`lsada,  uning  ildizlari  qadimgi  davrlarga  borib  taqaladi. 

Demak, qadimgi zamonlarda ham yozuvlar tarixini o`rganish va tadqiq etish muhim 

hisoblangan.  

        Ikkinchidan,  har  bir  xalq  qadimda  o`z  yozuvlariga  ega  bo`lgan.  Tarixiy 

taraqqiyot  natijasida  ularning  yozuvlari  ham  asta-sekinlik  bilan  o`zgarib  borgan. 

Qadimgi yozuvlarning ko`pchiligi unitilib ketilgan, ammo ulardan hozirgi kungacha 

saqlanib  qolgan  shakllari  ham  mavjud.  Dastlab  insonlar  o`z  fikrlari  bayon  qilish 

uchun  yozuvdan  foydalanishgan.  Albatta  birinchi  galda  bu    yozuvlar  rasmli  yani 

piktografik yozuvlardan iborat bo`lgan. Insonlar rasmlarda ko`rsatilgan hayvonlar, 

voqealar orqali o`z  fikrlarini bayon qilishga harakat  qilishgan. Asta-sekinlik bilan 

inson  ongining  rivojlanishi  natijasida  rasmli  yozuvlardan  harfli  yozuvlarga  o`ta 

boshlashgan.  Darhaqiqat  insoniyat  asta-sekin  taraqqiy  etib  borishi  ham  ular  

orasidagi fikr almashinish vositasi bo`lmish til va yozuvlarga bog`liq bo`lgan. 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin