Xulosa qilib aytganda, har bir xalq qadimda o`z yozuvlariga ega bo`lgan.
Tarixiy taraqqiyot natijasida ularning yozuvlari ham asta-sekinlik bilan o`zgarib
borgan. Qadimgi yozuvlarning ko`pchiligi unitilib ketilgan, ammo ulardan hozirgi
kungacha saqlanib qolgan shakllari ham mavjud. Dastlab insonlar o`z fikrlari bayon
qilish uchun yozuvdan foydalanishgan. Albatta birinchi galda bu yozuvlar rasmli
yani piktografik yozuvlardan iborat bo`lgan. Insonlar rasmlarda ko`rsatilgan
hayvonlar, voqealar orqali o`z fikrlarini bayon qilishga harakat qilishgan. Asta-
sekinlik bilan inson ongining rivojlanishi natijasida rasmli yozuvlardan harfli
yozuvlarga o`ta boshlashgan. Darhaqiqat insoniyat asta-sekin taraqqiy etib borishi
ham ular orasidagi fikr almashinish vositasi bo`lmish til va yozuvlarga bog`liq
bo`lgan.
1
M.M.Is`hoqov,I
B. Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: “Noshir”, 2019.
16-bet
20
|