Палеолит даври Arxeologiya asoslari faniga kirish


Farg‘ona vodiysi antik davrida



Yüklə 346,15 Kb.
səhifə37/45
tarix16.12.2023
ölçüsü346,15 Kb.
#180795
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Палеолит даври-fayllar.org

Farg‘ona vodiysi antik davrida
Farg‘ona vodiysining antik davriga tarixiga oid dastlabki ma’lumotlar mil. av. II arning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoga kelgan xitoylik CHjan Szyan qaydnomalarida Davan nomi bilan tilga olinadi. Uning ma’lumotlarida Davan davlati qo‘shni Kanguy davlati bilan bir qatorda Xitoy qo‘shinlari qarshiligiga tura oladigan qudratli davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan. YOzma manbalarda davlat poytaxti Ershi shahridan tashqari yuzlab shaharlar mavjud bo‘lganligi ta’kidlangan. Bu ma’lumot birinchidan xitoyliklarning shahar tushunchasidan kelib holat bo‘lsa, ikkinchi Farg‘ona vodiysida ushbu davrga oid manzilgohlar sonining ko‘pligi bilan izohlash mumkin.
Xitoy manbalarida Davanning afsonaviy uchar otlari-argamaklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Hatto, xitoyliklar otlarni qo‘lga kiritish maqsadida o‘lkaga harbiy yurish uyushtirib, ma’lum muddat qarshi tura olganligi tarixda ma’lum. Farg‘ona vodiysining antik davri arxeologiyasini ilmiy jihatan o‘rganish XX asrning 30- yillaridan boshlangan. YOdgorliklari turli yillarda B.A.Latыnin,, T.G.Oboldueva, YU.A.Zadneprovskiy, N.G.Gorbunova, D.F.Brыkina, A.Anorboev, B.Matboboev va boshqa olimlar tomonidan arxeologik jihatdan o‘rganilgan.
Antik davriga oid yodgorliklari SHo‘rabashat (mil. av. IV-I asrlar) va Marhamat (I- IV asrlar) bosqichlari doirasida o‘rganiladi. SHo‘rabashat bosqichiga oid yodgorliikning eng yirigi va yaxshi o‘rganilgani shu nomdagi manzilgoh hisoblanib, u YAssi daryosi bo‘yida joylashgan. Umumiy maydoni 70 ga. dan iborat. Daryodan tashqari barcha tomonlari tuproq uyumidan iborat devorlar (val) bilan o‘ralgan Sitadel manzilgohning sharqida joylashgan. Bundan tashqari Qoradaryo manzilgohida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Uning maydoni 10 ga. dan iborat. Moddiy madaniyat namunalaridan kulolchilik buyumlari, yorug‘uchoq, tosho‘roq, urchuqbosh va boshqalar topilgan. Kulolchilik idishlari qo‘lda va charxda yasalgan. Ular naqshlar bilan bezatilgan.
Marhamat davriga kelib, vodiyning barcha hududlari aholi tomonidan o‘zlashtiriladi. Bu davrda shaharlar soni ko‘payib, turli shakldagi qishloqlar paydo bo‘ladi. Marhamat manzilgohi 40 ga iborat. U mil. av. III-II asrlarda shakllanib, I-III asrlarda o‘zining rivojlangan bosqichiga etadi. Qurililishda paxsa xom g‘ishtlardan foydalangan. Bu bosqichga oid sapol idishlari kulolchilik charxida yupqa qilib yasalgan bo‘lib, ularning sirtiga qizil angob berilgan. Bu davrda Farg‘ona vodiysining barcha hududlari dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi tomonidan egallanib, bu vodiyda sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya tizimining yanada rivojlanishi bilan bog‘liqdir.



Yüklə 346,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin