Палеолит даври Arxeologiya asoslari faniga kirish


Murg‘ob vohasining bronza davri madaniyati xususiyatlari



Yüklə 346,15 Kb.
səhifə19/45
tarix16.12.2023
ölçüsü346,15 Kb.
#180795
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Палеолит даври-fayllar.org

Murg‘ob vohasining bronza davri madaniyati xususiyatlari. Murg‘ob vohasi qadimgi dehqonlar tomonida eneolitning oxirlarida o‘zlashtirilib dastlabki qishloqlariga asos solinadi. Mil av. 2 ming yillikning boshlarida urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi kuzatiladi. Bu o‘lkaning so‘nggi bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar alohid xo‘jalik tumanlarini toshkil etgan hududlarda joylashgan. SHunday ho‘jalik tumanlarida 8 tasi arxeologik jihatdan aniqlangan bo‘lib, ulardan Keleli, Gonur, To‘-aloq xo‘jalik tumanlari alohida o‘rin tutadi. Murg‘ob vohasida so‘nggi bronza davriga (mil. av 1800-1100 yillar) oid madaniyatir madaniyati uch bosqichda rivojlangan: 1) Ilk bosqichi Keleli bosqichi hisoblanib - mil av. 1800-1600 yillar, rivojlangan bosqichi Gonur bosqichi - mil av. 1600-1400 yillar va so‘nggi bosqichi To‘g‘aloq bosqichi - mil av. 1400-1100 yillar.
Keleli vohasida murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan arxeologik yodgorliklar: Keleli 3 qal’a-qo‘rg‘oni va boshqa Keleli guruhidagi aholi manzilgohlari paydo bo‘ladiki, ularning xarobalaridan aniqlangan me’morchilik inshootlari va moddiy topilmalar o‘z davri ijtimoiy munosabatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Keleli 3 yodgorligi kvadrat shaklida, tomonlari 128x128 m. iborat qal’a-qo‘rg‘on.
Mil. av. II ming yillikning O‘rtalarida Gonur va To‘-aloq vohalarida taraqqiyot kuchayadi. Bu voha yodgorliklarni o‘rganishdap V.I. Sarianidining xizmatlari kata. Gonur yodgorligining maydoni 20 ga. dan iborat bo‘ltib, vohadagi eng yirik markaziy manzilgohlardan biri sanaladi. Uning janubiy qismida kvadrat shaklidagi qadimgi ibodatxonaning o‘rni ochib o‘rganilgan. Ibodatxona har biri yarim aylana mudofaa burjlaridan tashkil topgan uch xalqa muhofaza devorlari bilan o‘rab olingan. Ibodatxona majmuasi xonalarining birida doimiy olov yonib turgan mehrob joylashgan. Bu ibodatxonalarda olov va muqaddas ichimlik asosiy o‘rin tutgan. Bu yodgorliklar diniy marosimlar o‘tkaziladigan monumental me’moriy imoratlar majmuasidan iborat bo‘lgan. Ular Marv vohasida yashagan qadimgi qabilalar va xalqlarning ijtimoiy hayotini ma’lum darajada tartibga solib turuvchi g‘oyaviy markaz hisoblangan. To‘g‘oloq 21, To‘g‘aloq 1 kabi yodgorliklardan ham shunga o‘xshash ibodatxonalar aniqlangan. Bundan tashqari To‘g‘aloq 21, To‘g‘aloq 1 larning markaziy xonalaridan ko‘plab xaoma tayorlashda foydalanilgan o‘simlikni yanchadigan keli toshlar va xaoma tayorlanadigan idishlar topilgan. Idishlarning bo‘g‘izi ilon, xayvonlar va qushlar tasvir bilan bezatilgan. Bu yodgorliklar o‘zida ilk shahar belgilarini namoyon qilib, ular ma’lum ma’muriy hududda yashagan aholining markaziy ibodatxonasi vazifasini o‘tgan. Boshqa turdagi manzilgohlari dehqon jamoasining oddiy qishloqlaridan tashkil topgan yodgorliklardan iborat. +ar bir xo‘jalik tumanilarida bunday manzilgohlarning bir nechatasi joylashgan bo‘lib, ulardan yirigi ma’muriy markazi bo‘lgan. Butun Mur-ob vohAsi uchun Gonur yodgorligi umumiy markaz bo‘lgan. Bu davrda Mar-iyonada ixtisoslashgan ishlab chiqarish yaxshi rivojlanadi. Ayniqsa, mohIr kulollar tomonida yuqori sifatli mAhsalotlar tayyorlash kuchayadi Gonurtepa yodgorligining shimoliy va –arbiy qismidagi kulollar mAhallasidan, kulolchilik xumdonlari o‘rganilgan. Metallarga ishlov berish ishlari yanada takomillashadi. Bronzadan mehna tuy ro‘z-or bumlarini yasash hunarmanchiligi takomillashadi. SHuingdek, xususiy mulk belgisini ifodalovchi muhrlar va yozuv belilari ham keng tarqaladi. Murg‘ob vohasining so‘nggi bronza davri madaniyati yuksak darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Bronza davrida janubiy Turkmaniston O‘rta Osiyodagi yuksak darajada rivojlangan va yuksak madaniyat yaratgan hudud hisoblanadi. Bu hudud nafaqat Qadimgi SHarqning taraqqiy etgan shahar madaniyati ta’sirida, balki dehqonchilik madaniyatiga ega bo‘lgan qo‘shni Eron va Afg‘oniston ta’sirida ham rivojlanadi va aksicha bu madaniyat O‘rta Osiyoning boshqa hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Mil. av. II ming yillikka kelib Amudaryo O‘rta oqimining o‘ng qirg‘og‘ida ham ilk shahar madaniyati shakllana boshlaydi. hozirgi O‘zbekiston janubiy hududlarida bu davrga oid qator manzilgohlar aniqlanib, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: qal’a qishloqlar, mudofaa devorlariga ega bo‘lgan hamda ega bo‘lmagan qishloqlar. Bu erda bronza davri madaniyati Sopolli madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lib, uning quyidagi bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
  1. Sopolli bosqichi (mil. av. II ming yillikning ikkinchi choragi)


  2. Jarqo‘ton bosqichi (mil. av. II ming yillikning O‘rtalari)


  3. Molali bosqichi (mil. av. II ming yillikning oxiri)


Oxirgi ikki bosqich oralig‘ida Kuzali bosqichining ajralishi belgilangan. Sopolli bosqichi shu nomli maydoni 3 ga. dan iborat manzilgoh topilmalari bilan belgilangan. Bu erda aholi kvartallari aniqlangan bo‘lib, ularda kichik, ularda kichik ko‘chalar va ko‘chachalar bilan ajralib turgan uy-joy va xo‘jalik imoratlari o‘rin olgan.


Manzilgohdagi Qadimgi qabrlar kishida qiziqish uyg‘otadi. qabrlar lahot yoki yorma shaklida, ba’zan idish va devorlarga ko‘mish hollari ham uchraydi. YOsh bolalar qabri kichik chuqurlardan iborat. Katta yoshdagilar qabri bir tomonga qaratilib, yonbosh SHarq bukchaytirib ko‘milgan. Bir necha kishilar hatto alohida hayvonlar ko‘milgan qabrlar ham uchraydi. qabrlarda mehnat qurollari mavjud. Ular sopol buyumlar, metal buyumlar, tosh, charm va boshqalardan iborat.
Jarqo‘ton davri shu nomdagi manzilgoh topilmalari asosida o‘rganilgan. Maydoni 90 ga. dan iborat manzilgohning planirovkasi tarqoq SHarq bo‘lib, ark va mudofaa devorlariga ega. Bu erdan ibodatxona qazib o‘rganilgan. Ibodatxona topilmalariga ko‘ra Jarqo‘tonliklar olov va suvga sig‘inganlar.
Janubiy O‘zbekistonning Jarqo‘ton davrida yashash dehqonlarning madaniyatini belgilovchi asosiy materiallar qabrlarni ochish jarayonida topib o‘rganilgan.
Murdalar yon tomoni bilan bukilgan sharq tomonga yotqizib ko‘milgan. Jarqo‘tonda o‘rganilgan qabrlar Jarqo‘ton, Kuzali, Molali davrlarini alohida ajratib ko‘rsatish hamda Qadimgi dehqon jamoalarining mulkiy munosabatlari va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Sopolli bosqichiga oid kulolchilik buyumlari asosan kulolchilik charxida ishlangan uy-ro‘zg‘or idishlaridan iborat. Barcha idishlar yuqori sifatga ega. Jarqo‘ton bosqichida kulolchilik ishlab chiqarishda, Ayniqsa mehnatni tashkil etishda bir qadar o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Barcha kvartallarda idishlarni pishirishga mo‘ljallangan uchoq qoldiqlari topilgan. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida kulolchilik uchoqlari kattalashtirilib, ularning qurilish usullari murakkablashtiriladi. Bu yuksak darajada taraqqiy etgan ixtisoslashgan hunarmandchilik malakali mehnatni tashkil etish bilan bog‘liq edi.
Ko‘zali va molali bosqichlariga kelib kulolchilik o‘zining yuqori darajasiga ko‘tariladi. YUqori sifatli nafis kulolchilik buyumlari ishlab chiqariladi, ularning ma’lum shaklga ega bo‘lganligi seziladi, tez aylanadigan kulolchilik charxlari qo‘llanila boshlandi hamda ularni pishirishda yangi usullardan foydalanila boshlaydi.
Hunarmandchilikning ixtisosliklarga ajralishi metal va metalga ishlov berishning yuqori darajada rivojlanishiga imkon berdi. Asosiy xom-ashyo bo‘lgan bronzaga obdon ishlov beriladigan bo‘ldi. Toshdan mehnat qurollari tayyorlash o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.
YUqorida keltirilgan tarixiy jarayonlarga ko‘ra Jarqo‘ton ilk davlatchilik shakllariga o‘tish bosqichida bo‘lib, Ko‘zali va Molali ilk davlatchilik shakllariga o‘tish bosqichida bu jarayon yanada kuchayadi.
Sopollitepa o‘troq dehqonchilik manzilgohdan o‘rganilgan topilmalar janubiy Turkmaniston, shimoli-sharqiy Eron, shimoliy Afg‘oniston qisman janubiy Afg‘oniston manzilgohlari topilmalari bilan o‘xshashlikka ega. Biroq, Qadimgi Baqtriya hududi uchun bu topilmalar yagona madaniyat majmuasidan iborat.
Bu hududdagi o‘troq dehqonchilik madaniyati tashqi madaniyat ta’sirida shakllanib, uning negizini ishlab chiqarish xo‘jalik shakliga ega bo‘lgan Qadimgi madaniyat o‘choqlaridan izlash kerak. Sopollitepa topilmalari Murg‘ob vohasidagi Nomozgoh V va Nomozgoh VI larining ilk bosqichiga oid topilmalariga, Jarqo‘ton topilmalari rivojlangan Nomozgoh VI, Ko‘zali va Molali topilmalari esa so‘nggi Nomozgoh topilmalariga aynan o‘xshash. Ko‘rinishdan janubiy Turkmaniston madaniyati sopolli madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy markaz bo‘lib xizmat qilgan. Taxminan II ming yillikning ikkinchi choragidan boshlab Qadimgi Baqtriyaning qator hududlari shimoli-SHarqiy Eron yoki Janubiy Afg‘oniston hududlarida yashovchi o‘troq dehqonchilik qabilalari tomonidan egallana boshlanadi. Natijada bu erda bronza davrining turli bosqichlarida yangi dehqonchilik vohalari shakllana boshlaydi. Keyinchalik bu erdagi dehqonlar o‘ziga xos mamahalliy taraqqiyot yo‘nalishiga ega bo‘lganlar.

Yüklə 346,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin