Палеолит даври Arxeologiya asoslari faniga kirish



Yüklə 346,15 Kb.
səhifə21/45
tarix16.12.2023
ölçüsü346,15 Kb.
#180795
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Палеолит даври-fayllar.org

Tozabog‘yob madaniyati. (mil.av. II ming yillikning ikkinchi yarmi) Amudaryoning Oqchadaryo deltasi hududida yashovchi ovchi va baliqchi qabilalar sodda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvsi jamolarga almashinadi. S.P. Tolstov tamonidan 1953 yili Anka 5, 1954-57 yillarda Ko‘kcha 3 qabrlari va yodgorligida olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida Tozobog‘yob madaniyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkoniyati vududga keldi. Hozirga qadar bu madaniyatga oid 50 dan ortiq manzilgohlar aniqlangan.Tozabog‘yob madaniyatiga oid uy-joylar to‘g‘ri to‘rtburchak shakldan iborat bo‘lib, er biroz chuqur qazilib, yog‘och ustunlar orqali atrofii va tepasi yopilgan yarim erto‘la shaklidagi kulbalardan iborat. Kulbaning O‘rtasida markaziy o‘choq joylashgan. Uning atrofida moddiy topilmalar aniqlanmagan. Devor yonida xo‘jalik maqsadlarida foydalanilgan o‘ralar joylashgan. Asosiy ashyoviy manbalarni qo‘lda tagi tekis qilib yasalgan sapol idishlari, bronzadan ishlangan kam sonli buyumlar va toshdan qurollari tashkil etadi. Sapol idishlarning loyiga samon va maydalangan sig‘anok qo‘shilgan. Sapol buyumlarining bo‘g‘zi biroz toraygan, tuvaksimon idishlardan iborat. Ulardan ayrimlarining sirti silliqlangan. Uchburchakli chiziqcha shaklida uyib ishlangan naqshlari yuqoridan pasga tomon bir qator bo‘lib joylashgan. Bronzadan yasalgan buyumlarini bir tomonida tig‘iga ega bo‘lgan pichoq va suyak dastaga asoslangan to‘rt qirrali iskanalar tashkil etadi. SHuningdek, ayol jinsiga mansub qabrdan bilakuzuk topilgan. Toshlardan yasalgan nayza uchi, yorg‘uchoq va boshqa topilmalar toshdan foydalanish ahamiyatini yo‘qotmaganligidan dalolat beradi. hayvon suyaklari qoramol, qo‘y va otlarga tegishli. Qavat 3 yodgorligiga yaqin bo‘lgan joyda qadimgi jamoa a’zolari tamonidan foydalanilgan ekin maydonlarining o‘rni aniqlangan.
Qavat 3 yodgorligidan o‘rganilgan qabrlarda yakka va juft mayit o‘rin olgan bo‘lib, ularning ayrimlari bir davrga ayrimlari esa turli davrlarda Dafn qilingan. Erkaklar o‘ng, ayollar esa chap tomonga qaratib bukchaygan holda yotqizilgan. Juft mayitlar esa yuzmayuz joylashtirilgan. Marhumlarning bosh qismiga bir yoki ikkita sapol idish qo‘yilgan. Ayollarning qabrlarida turli zebu-ziynat buyumlari, ko‘proq bronzadan ishlangan bilakuzuklar, erkaklarnikidan esa sapol idishlardan tashqari bir nusxadagi bronza iskana topilgan.
Bu turdagi madaniyat Amudaryoning qadimgi Sariqamish deltasi bo‘ylari va O‘zboy hududlarida ham mazkur madaniyat sapollariga o‘xshash buyumlar tarqalganligi bilan izohlash mumkin. Bronza davrida Volga bo‘yi hududlarida tarqalgan yog‘ochband va Uraldan Oltoygacha bo‘lgan hududda yoyilgan Andronova madaniyati sapol idishlari bilan ushbu madaniyatnikida umumiy o‘xshashlik mavjud. SHunga ko‘ra Ushbu hududda mil.av II ming yillikning boshlarida mavjud bo‘lgan Suyurgan madaniyatiga mansub aholi bilan va vohaga kerib kelgan YOg‘ochband va Andronova madaniyatlariga mansub bir guruh jamoalarning o‘zoro aralashishi natijasida Tozabog‘yob madaniyati shakllanadi, degan ilmiy qarashlar mavjud.
SHimoliy Tojikiston, Farg‘onaning bir qismi, Toshkent vohasi va Zarafshon daryosi vodiysi hududlarida Qayroqum madaniyati (mil. av. II ming yillik O‘rtalari) paydo bo‘ladi. Bu madaniyatda Hisor, Tozabog‘yob va Andronovo madaniyatlarining ta’siri ko‘rinadi. Bu madaniyat sohiblari CHust va janubdagi o‘troq dehqonchilik madaniyatlari bilan ham aloqada bo‘lishganlar. Kichik hajmgi manzilgohlar bir necha cho‘ziq shakldagi uylardan iborat. Aholi chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Xo‘jalikda metal quyish ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Kulolchilik idishlari yassi taglik bo‘lib, quyma naqshli bezaklar bilan bezatilgan.
Farg‘ona vodiysida Qayroqum madaniyati bilan birgalikda CHust madaniyati (mil. av. II ming yillik oxirlari) rivojlangan. CHust madaniyatiga oid mudofaa tizimi qoldiqlari, uy-joylar, qabrlar va xo‘jalik o‘ralari o‘rganilgan. Kulolchilik buyumlari naqshli. Bronza, tosh, suyaklardan yasalgan buyumlar ham mavjud. CHustliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar hamda kulolchilik, to‘qimachilik, bronza quyish ishlari bilan ham yaxshi tanish bo‘lganlar. Farg‘ona o‘troq dehqonchilik manzilgohlardan topib o‘rganilgan topilmalar bu madaniyat sohiblarining O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy va shimoli-sharqiy hududlari bilan aloqada bo‘lganliklaridan guvohlik beradi.
Janubiy Tojikiston hududida mil. av. II ming yillikning O‘rtalari va ikkinchi yarmiga oid bir-biriga o‘xshash va o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadigan jihatlariga ega makonlar topib o‘rganilgan.
Bu erda aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘langan. Bronzadan yasalgan mehnat va jangovar qurollari hamda tosh qurollar topib o‘rganilgan. Sopol idishlari qo‘lda yasalib, o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Surxondaryo, shimoliy Afg‘oniston va janubiy Turkmaniston sopol buyumlariga o‘xshash buyumlar uchraydi. Bu erga mil. av. II ming yillikning ikkinchi yarmida janubi-g‘arbdan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi qabila kelib o‘rnashgan.

Yüklə 346,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin