Janubiy Tojikistonning so‘nggi bronza davri madaniyati. O‘rta Osiyoning sunggi bronza davri xududlariga xos kabilalarining yodgorliklari Janubiy Tojikistonda xam keng tarkalgan. Bu erdan utgan asrning 50-60 yillarida arxeolog olimlar A.M Mandelshtam va B.A Litvinskiylar tomonidan Kofirnigon va Vaxsh vohalaridan sorvador kabilalariga oid nesa mozor-ko‘rg‘onlar o‘ganilgan. Ulardan Kofirnahar daryosining kuyi okimidagi tog‘li Bishkent vohasidan Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasidan Tigrovaya Balka, Oyko‘l, Jarko‘l, Makonimor, Kizilsuv va boshka mozor-ko‘rg‘onlarda arxeologik tadkikot ishlari amalga oshirilgan. Ulardan birinsisi shartli ravishda Bishkent madaniyati, ikkinisi esa Vaxsh madaniyati nomi bilan yuritiadi. Bulardan tashkari Janubiy Tojisiton Ko‘ng‘irtut va Tegizak manzilgohlari ham o‘rganilgan.
Ilk Tulxar mozor-ko‘rg‘onlarining ayrimlarida murdalar dafn etilgan ayrimlarida esa kuydirib kuli ko‘milgan. Katakomba usulidagi kabrlar ham mavjud. Kabrlarda ko‘la yasalgan sapol idishlar, bronzadan yasalgan buyumlar ko‘shib ko‘milgan. Ayrim kabrlarda kulolilik arxida yasalgan etdan keltirilgan sapol buyumlari ham mavjud. Beshkentliklar aholisi bir nea etnik guruhni tashkil etgan. Ulardan bir guruhi tadkikoti olimlarning xulosalariga ko‘ra Andronova madaniyatiga xos aholi vakillarini tashkil etgan. Ularning xo‘jaligi orvailikni tashkil etgan.
Vaxsh vohasi mozor-ko‘rg‘onlarda murdalarni kuydirish odati kuzatilmaydi. Kabrlarning ko‘pilligidagi kuzatuv buyumlari o‘g‘irlangan. Saklanib kolganlari ko‘lda yasalgan sapol buyumlari va bronzadan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, oyna, zeb-ziynat buyumlari- bilakuzuk, uzuk, munoklardan iborat. SHuningdek arxda yasalgan sapol idishlari ham mavjud.
Vaxsh mozor-ko‘rg‘onlari va Hisor manzilgohlari aholisi xo‘jalikda orvailik va kisman dehonilik bilan shug‘ullanishgan. Manzilgohlardan topilgan moddiy topilmalarida SHimoliy Baktriyaning so‘nggi bronza davriga Sapolli madaniyatining Molali boskiiga bilan ma’lum alokadorlik kuzatiladi.
Janubiy Tojikistonning so‘nggi bronza davri bir necha etnik guruhlar tomonidan yaratilgan madaniyat namunalari mil.av. II ming yillikning oxirgi choragi bilan sanalanib, ular mahalliy, Sapolli va Andronova madaniyalari aholisi vakillaridan iborat bo‘lgan.