Палеолит даври


O‘rta Osiyoning arxaik davr arxeologiyasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə17/39
tarix17.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#131927
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha

O‘rta Osiyoning arxaik davr arxeologiyasi

  1. O‘rta Osiyoning arxaik davri xususiyatlari

  2. Janubiy Turkmaniston arxaik davrida (Daxiston, SHimoliy Parfiya va Marg‘iyona)

  3. O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalari arxaik davri arxeologiyasi (Baqtriya va So‘g‘d va Ustrushona, Xorazm)

  4. O‘zbekistonning arxaik davri madaniyatlari (CHust, Eylaton va Burgulik)

  5. Qadimgi qo‘chmanchilar va ularning moddiy madaniyati

O‘rta Osiyo hududidan topilgan dastalbki temir buyumlar mil. av. I ming yillikning boshlari (Anov-IX-VIII, Daratepa-mil. av. VII-VI, Quyisoy-mil. av. VII-VI, Dalvarzintepa - mil. av. VIII-VII) bilan sanaladi. Lekin ularning keng tarqalishi mil. av. VI-V asrlarga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun ham O‘rta Osiyoda ilk temir davrining boshlanishi sanash to‘g‘risida ilmiy munozaralar mavjud. Ba’zi bir olimlar O‘rta Osiyoda ilk temir davri Eron va Hindistonga zamondosh bo‘lib, mil. av. X-VIII asrlarda boshlangan deb hisoblaydilar. O‘rta Osiyo hududidan topilgan barcha temir buyumlarning sanalaridan xulosa qilib, bu erda ilk temir davrini mil. av. VII-IV asrlar deb hisoblash maqsadga muvofiq. Mil. av. X-VIII asrlarni esa bronza davridan ilk temir asriga o‘tish davri, deb hisoblash mumkin.
Umuman, mil. av. I ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyo hududida yashagan qadimgi dehqon, dehqon-zarvodor va chorvador qabilalari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘troq dehqonchilik vohalarida sug‘orish tizimi yanada takomillashib, dehqonlar tomonidan yangi erlar o‘zlashtirildi. Manzilgohlarning soni ortib, ularning maydoni kengayadi, hamda ichki strukturasi murakkablashib, yirik shaharlar qaror topadi. SHahar va qishloqlarda me’morchilik va hunarmandchilik takomillashadi. Bu esa ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti-dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqish jarayonini ta’minlaydi. Yirik davlat birlashmalari paydo bo‘ladi.
CHo‘l, tog‘ va tog‘ oldi hududlari ko‘chmanchi chorvadorlar tomonidan egallanib, chorvachilik qabilalarining ajralib chiqish jarayoni o‘z poyoniga etadi.
O‘rta Osiyoda mil. av. I ming yillikning boshlariga oid ko‘plab yodgorliklar o‘rganilgan. Ular ichida YOzdepa, Aravalilidepa, Ko‘hnatepa, Uchdepa, (Turkmaniston), Kuchuktepa. Bandixon, Qiziltepa (Surxon vohasi), Sangirtepa, Uzunqir, Daratepa, CHiroqchitepa, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrasiyob. Ko‘ktepa, (Samarqand) Dolvarzintepa, CHust va Ashkoltepa (Farg‘ona) lardan topilgan moddiy manbalar diqqatga sazovordir.
Ushbu yodgorliklarning quyi qatlamlari, YOz I bilan belgilanib, ularning sanasi mil. av. 900-650 yillar doirasida bo‘lgan.
So‘ngi bronzadan ilk temir asrga o‘tish davriga xos bo‘lgan belgilaridan biri bu-sopol buyumlarni qo‘lda yasash, hamda ularga angob berib naqshlar solish an’anasining kuchayishidir. Bu davrda sopol buyumlarni qo‘lda yasash an’anasi saqlangan holda, kulolchilik charxidan keng foydalanila boshlanadi.
O‘rta Osiyoning janubiy hududlari, xususan, Janubiy Turkmaniston (Kopetdog‘ yonbag‘irlari, Seraxs va Murg‘ob vohalari) Surxon, Janubiy Tojikiston, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida muhim o‘zgarishlar: dehqonchilikning rivojlanishi va yangi dehqonchilik vohalarining o‘zlashtirilishi hamda sug‘orish tizimining takomillashishi kuzatiladi. Manzilgohlar soni ortib, muhim madaniy-iqtisodiy markazlar paydo bo‘ladi.
Qadimgi CHoch va Ustrushona hududlarida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu erda aholining o‘troqlashuvi va dehqonchilik xo‘jaligi shaklining vujudga kelish kuzatiladi.
Dehqonchilik vohalari atrofida, hamda shimoliy va sharqiy mintaqalarida xo‘jalikning muhim shakli-ko‘chmanchi chorvachilik paydo bo‘ldi. Ko‘chmanchi-chorvador qabilalarining moddiy madaniyatiga oid topilmalar Orolbo‘yi, Sirdaryoning quyi oqimi Janubiy Tojikiston hududlaridan topib tekshirilgan. Ular o‘troq dehqonchilik aholisi bilan doimiy aloqada bo‘lganlar. Ular O‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro ta’sir O‘rta Osiyoning tarixiy taraqqiyotidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi.
Mil. av. I ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyoning barcha hududlarida yashovchi xalqlar ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning eng muhimi temirdan yasalagan mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar va zeb-ziynat buyumlarining tarqalishidir.
O‘rta Osiyo hududida qaror topgan umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi bir necha dehqonchilik madaniy markazlari aholisining ijtimoiy munosabatlari, diniy tushunchalari, tarixiy viloyatlar, ilk davlat birlashmalari, tabiy-geografik joylar, alohida joylar va ularning chegaralari bilan bog‘liq bo‘lgan qisqa ma’lumotlar «Avesto», ahamoniylarning mixsimon yozuvlari va yunon-rim tarixchilarning asarlarida o‘z aksini topgan.
«Avesto»da O‘rta Osiyodagi qadimgi davlat birlashmalari, tarixiy viloyatlar: Ariyonam Vayjo yoki Arieyshayona, Mouru, Sug‘da, Baxdi, Xvarizam hamda qadimgi ko‘chmanchi chovador qabilalari turlar haqida ma’lumotlar mavjud.
Qadimgi fors yozuvlarida ushbu viloyatlar Margush, Sug‘uda, Baqtrish, Xvarazmish, Parsava, hamda yunon tarixchilarining asarlarida esa Marg‘iyona, So‘g‘diyona, Baqtriyona, Xorasmiya, Parfiyona nomlari bilan tilga olinadi. Fors yozuvlarida O‘rta Osiyoning shimolida yashovchi ko‘chmanchi chorvador qabilalari saklar, yunon tarixchilarining asarlarida skiflar va massagetlar deb atalgan. SHimoli-shaqiy hududdagi dahqonchilik vohalari: Ustrushona, CHoch va Farg‘ona vodiysi to‘g‘risida ma’lumotlar keyingi davrlarga oid Xitoy manbalarda uchraydi. Asrimizning ikkinchi yarmidan boshlab olib borilgan keng qamrovli arxeologik dala- tadqiqot ishlarining natijalari O‘rta Osiyo hududi doirasida tashkil topgan ushbu tarixiy-madaniy viloyatlardagi yodgorliklarning yuqori sanasini mil. av. I ming yillikning boshlariga doir ekanligini ko‘rsatadi. Lekin, ushbu tarixiy viloyatlarning to‘liq shakllangan davrini mil. av. VII-VI asrlar deb hisoblash mumkin.
O‘rta Osiyo hududida ilk temir davri yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan vohalardan biri-Marv vohasidir. Bu vohadagi dastlabki yodgorlik (YOzdepa, Aravali depa, Ko‘hnadepa va Uchdepa) lar amerikalik tadqiqotchi R.Pompeli tomonidan ochilgan. Tadqiqot ishlarini esa janubiy Turkmaniston kompleks arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1946 yil boshlanib, 1954-56 yillarda esa keng ko‘lamli qazish ishlari olib borilgan. Natijada YOzdepa manzilgohining ilk temir asri sanalari belgilab olingan: YOz I mil. avv. 900-650 yillar, YOz II mil. avv. 650-500 yillar, YOz III mil. avv. 500-350 yillar deb belgilangan. Bu voha Murg‘ob daryosining irmoqlari bilan sug‘orilgan. Bir necha dehqonchilik vohalariga bo‘linadi.

  1. Sitadel (ark) ga ega bo‘lgan yirik manzilgohlar.

  2. Sitadelsiz yirik hajmdagi manzigohlar.

  3. Kichik hajmdagi qishloqlar (uy- qo‘rg‘onlar).

Keltirilgan manzilgohlar ichida YOzdepa arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Manzilgohning quyi qatlami mil. av. 900-650 yillarga oid. Uning maydoni 16 ga. dan iborat bo‘lib, uy-joy qoldiqlari, baland sahni ustiga qurilgan yirik imorat-qo‘rg‘on joylashgan. Imoratlar uzunchoq va to‘g‘ri to‘rtburchak xonalardan iborat. Imoratlar to‘rtburchak shakldagi g‘ishtlardan g‘urilgan bo‘lib, devorlari hamda xonalarining sahni loysuvoq qilingan.
Marvliklarning asosiy xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikdan iborat bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra hozirgi Gatiaqor eni 5-8 m, chuqurligi 2-3 metr va Guniyob (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr) kanallari orqali qadimgi aholi dehqonchilik qilishgan. Kanallarning ikki tomonidan kichik ariqlar orqali dalalarga taqsimlangan. Kanallar atrofidagi qadimgi dala maydonlarining izlari aniqlangan. Dehqonchilikda boshoqli va poliz ekinlari ekilgan. CHorvachilik bilan qay darajada shug‘ullanganliklari to‘g‘risida ma’lumotlar kam. Ko‘rinishdan ular uy chorvachiligi bilan shug‘ullanganlar.
Bu erdagi Toxirboy I va CHurnok manzilgohlaridan temir qotishmalarining chiqindisining topib o‘rganilishi vohada temirchilikning paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.
Kulolchilik ishlab chiqarishi bog‘liq masalalar yaxshi o‘rganilgan. Bu erdagi ko‘pgina manzilgohlardan kulolchilik pechlarining izlari topilgan. Ular ichida CHurnokdan topilgan ikkita pech diqqatga sazovardir. Ular qo‘ng‘iroq simon shaklga ega bo‘lib, olovxona va idishlar joylashtiriladigan qismlardan iborat. Uchdepadan esa kulollar mahallasi o‘rganilgan, undagi kulolchilik pechlari mil. av. V-IV asrlarga oid.
Mil. av. X-VII asrlarga (YOz I) oid sopol idishlar qo‘lda yasalagan. Idishlar sariq angob bilan bo‘yalgan, ustidan jigar va qizil bo‘yoqlar bilan geometrik naqshlar berilgan. Mil. av. VII-IV asrlarga kelib, idishlarni kulolchilik charxida yasash an’anasi kuchayadi, atrofiga naqshlar solingan idishlar uchramaydi. Marv vohasidagi manzilgohlardan tosh qurollar, erqo‘rg‘ichoqlar, zeb-ziynat buyumlari. qurol- aslaha va kamon o‘qlarining uchlari ham topib o‘rganilgan.
Mil. av. IV asrning O‘rtalariga (YOz III) kelib vohalarning barcha manzilgohlarda inqirozi kuzatiladi. Sug‘orish tizimining murakkablashishi natijasida aholi yangi erlarni o‘zlashtiradi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin