Палеолит даври



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə4/39
tarix17.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#131927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha

Olduvey - mil av. 2 mln. yil - mil. av. 800/700 ming yilliklar
Ashel (ilk, O‘rta va so‘nggi bosqichlari)- mil. av. 800/700-120/100 ming yilliklar
Muste - mil. av. 120/100-35/30 ming yilliklar
So‘nggi paleolit - mil. av. 35/30-12 ming yilliklar
Olduvay davri (2 mln.-700 ming yillar avval) SHarqiy Afrikadan topib o‘rganilgan dastlabki makon nomidan olingan.
Ibtidoiy jamoa kishilari kun kechirishlari uchun o‘zlarining aqliy imkoniyatlari doirasida tabiy unsurlardan foydalanganlar. Ular yashashlari uchun zarur bo‘lgan mehnat qurollari yasashda tosh, yog‘och, suyaklardan foydalanilgan. Ulardan tosh ibtidoiy odamlarning barcha mehnat faoliyatini amalga oshirishdagi asosiy tabiiy unsur hisoblangan. YOg‘och, suyak, shox va teri kabilarga ishlov berish mumkin bo‘lgan. Toshdan mehnat quroli yasash, undan kundalik iste’mol extiyojlarini qondirish, xususan, hayvonlarning go‘shtini nimtalash, tayyorlangan mehnat qurollari asosida barcha turdagi tosh navlari mehnat quroli yasash uchun yaroqli hisoblanmagan. Mehnat quroli yasash uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur: Qattiq bo‘lish, tekis bo‘laklarga ajralish, kesuvchi o‘tkir tig‘ hosil qilish, mahalliy hududning er ustki qatlamida keng tarqalishi.
Bunday xususiyat ko‘proq kremen ( chaqmoqtosh) da mavjud bo‘lib, ibtidoiy odamlar tosh qurollarining asosiy qismini mazkur tosh navidan yasashgan. Kremendan tashqari shag‘al tosh, qayroq tosh, obsidian, kvars, xolsedon va boshqa tosh navlaridan ham foydalanilgan. Kremen ko‘proq EvrOsiyoning shimoliy hududlari uchraydi. Janubiy o‘lkalarda kremen kam uchraydi. SHuning uchun bu hududning qadimgi aholisi qurollarini toshlarning boshqa turlaridan yasashgan.
Insoniyat tomonidan yasalgan tosh qurollarining ilk namunalari SHarqiy Afrikadagi bir necha yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan. Ular eng qadimgisi Efiopiyadagi Vest Gona (2,8-2,4 mln. avval) va Keniyadagi Koobi Fora (2 mln. yil avval) hududidan topib o‘rganilgan. Bu makonlarda paleoantropologik topilmalar aniqlanmagan. Ularning madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan mehnat qurollarining asosiy qismini vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan lavalardan yasalgan. Bir necha qurollar kvars va kremenli slansdan yasalgan. Mazkur davrga oid makonlarning muhim namunasi Tanzaniyaning shimolidagi Olduvay makoni hisoblanadi. Olduvay makonida umumiy madaniy qatlamining qalinligi 100 metrdan ortiq bo‘lgan beshta madaniy qatlamlar guruhi aniqlangan. Bu makon madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan moddiy topilmalarning eng qadimgisi paleolit davrining olduvay bosqichiga oid. Bu erda hayot ashelning barcha boqqichlarida davom etgan. Toshdan yasalgan mehnat qurollari birinchi guruh madaniy qatlarlaridan topib o‘rganilgan. Bu davr tosh qurollari juda sodda va qo‘pol. Bu davr kishilari jismonan mukammal bo‘lmaganligi sababli, ularning qo‘llari maqsadli vazifalarni bajarish moslashmagan. Natijada kichik zarblarni amalga oshirish va qurollarga aniq ishlov berish ko‘nikmasi bo‘lmagan.
Olduvay davrida asosan qo‘pol uchirilgan uzunchoq (sferoid) qurollardir. Ular go‘sht va o‘simlik mahsulotlarini maydalash maqsadida foydalanilgan. Boshqa turdagi tosh quroli dastlabki tosh quroli yasash jarayonida hosil bo‘lgan uchirindining atrofini boshqa bir vosita bilan keritish asosida tayyorlangan. Bunday ishlov berish usuli arxeologiya fani “retush” deb ataladi. Uchinchi turdagi tosh quroli “chopper” (inglizchada – kesuvchi) degan ma’noni anglatadi. Bu tosh quroli bir tomondan urib-uchirish asosida yasalgan bo‘lib, kesish qa chopish maqsadlarida foydalanilgan. Ishlov berilmagan yuqori qismi uchilash uchun qulay bo‘lgan. Keyinchalik ikki tomondan urib uchirilgan “chopping” lar paydo bo‘lgan. Olduvay davri tosh qurollari nukleus (asos) turidan nukleus ham joy olgan. Nukleus - toshning mehnat quroli yasash maqsadida tabiiy qobig‘i urib-uchirib olingan shakli. Undan tosh quroli yasash uchun o‘zak ko‘chirib olish va shuningdek mehnat quroli sifatida ham foydalanilgan. Olduvay davri tosh qurollari o‘lchami 8-10 sm. ni tashkil etgan.
YAqin SHarq tog‘laridagi qor va muzliklarning chegarasi pastroq hududlarni qoplagan bo‘lsada, yirik muzlanishlardan yiroq bo‘lgan. Muzlanish davri muzliklari chegarasi ancha shimoldan o‘tganligi tufayli janubda plyuvial (yomg‘irli) davr hukm surib, namgarchilik miqdorining yuqoriligi, natijasida harorat pasayib turgan. Fauna va florasida ham hozirgiga nisbatan keskin o‘zgarish bo‘lmagan. Bundan 2 million yillar avval SHarqiy O‘rta er dengizi hududlarida villafrank faunasiga xos issiq sevar fil, etrusk nasorgi, gippopatam, timsoq kabi hayvonlar yashagan. Bu davrda relf ham hozirgidan ancha farq qilib, nisbatan past va tekis bo‘lgan. Dengiz atrofi savannani eslatgan. Taxminan bir yarim milion yillar avval tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi va tog‘lar oralig‘idagi vodiylarning pasayish jarayoni faollashadi. Tog‘larning ko‘tarilishi va eroziya jarayoni natijasida tabiiy g‘orlar ochilib, qadimgi odamlar panoh topish imkoniyati paydo bo‘ladi. YOmg‘irli davr harorat namgarchilikning yuqoriligi tufayli hozirgiga nisbatan - 4-5 daraja sovuq bo‘lgan. Falastin hududida taxminan 700-600 ming yillar avval fillifrank faunasiga mansub hayvonot dunyosi yashagan. Riss (200-120 ming yillar avval) muzlanishi plyuvial (seryog‘in) davriga nisbatan sovuqroq iqlim hukm surib, harorat 6 s. ga tushib ketgan. Villifrank faunasining reliktovqe vidi qirilib ketgan. SHimolda sovuq iqlimga moslashgan hayvonlar yashab qolgan. O‘simlik dunyosi ham o‘zgargan. Muzlik oldi hududlariga nisbatan tabiiy muhit ancha yaxshi bo‘lgan. Ushbu hududlar issiqsevar hayvonlar kun kechirishlari uchun qulay bo‘lgan. Riss-vyurm interplyuvial davrida (120-80 ming yillar avval) fil, gippopatam, antilopa va otlarpdan iborat fauna vakillari yashagan.
SHarqiy O‘rta er dengizi hududlari eng qadimgi odamlar Olduvay davridan boshlab egallay boshlangan. Suriya va Livanning dengiz bo‘yi hududlari, xususan Borj Kinerit makonidan iborat. Bu erdan mayda uchirindilar bilan birgalikda ishchi tig‘iga ega bo‘lgan choppinglar topib o‘rganilgan. Olduvayning so‘nggi bosqichlarida ikki tomonlama urib, uchirilgan, yuqori qismi barmoqlar bilan siqib ushlashga qulay bo‘lgan klinovid shaklidagi tosh qurollari paydo bo‘ladi. Arxeologiyada “qo‘l cho‘qmori” nomi bilan yuritiladi. Qo‘l cho‘qmorining og‘irligi 0,5-1 kg ni tashkil qilib, o‘ng qo‘lda ishlash mumkin bo‘lgan. Qo‘l cho‘qmori orqali turli vazifalar–kesish, tilish, yo‘nish va zarba berish ishlarini bajarish mumkin bo‘lgan.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin