Палеолит даври



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə14/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#127486
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Sarazm II boskiida manzilgoh keng o‘zlashtiriladi. Kazishmalar natijasida 8 ta aholi aholi mahalladan tashkil topgan 36 ta uy-joy xonalarining o‘rni oib o‘rganilgan. YAshash, xo‘jalik va diniy e’tikod masadlarida foydalanilgan xonalardan iborat alohida oilaga tegishli xonadonlar hovli va ko‘salar orkali o‘zaro ajralib turgan. Kurilishda paxsa, guvala, ayrim hollarda to‘g‘ri bursakli xom g‘ishtlardan foydalanilgan. Derolarning sirti samonsuvok kilingan. Ba’zi xonalarda diniy maksadlarda foydalanilgan aylana shakldagi o‘soklar joylashgan. Kazish jarayonida xona devorlarining sirtiga tasvirlar berilganligi anilangan. Ko‘lda yasalib, sirtiga kizil va kora rang bo‘yoklarda nakshlangan berilgan sapol idishlar tayyorlash an’anasi davom etadi. Ikki tamonlama pardoz ilingan sarg‘ish rangli tag ustida berilgan nakshli sapol idishlar bilan birgalikdi nashsizlari ham keng tarkaladi. SHuningdek, tag kismi usli kilib, urtasida siziklar bo‘lab romb shallari tasviri tushirilgan sapol idishlari ham ajralib turadi. Tadkikotsi olimlarning xulosalariga ko‘ra bu turdagi sapol idishlari Kaltaminor madaniyatining boskisiga xos bo‘lgan. Toshdan xo‘jalik maksadlarida foydalanilgan anjomlar: to‘kimasilik dastgohi toshi, kelitosh va boshkalar aniklangan. Bu boskisda misdan yasalgan anjomlar soni ko‘payadi.
O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida eneolit ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga ko‘ra neolit davri shaklida rivojlanish davom etgan o‘tkir uchli yoki dumaloq taglik sopol idishlar yasash an’anasi saqlanib qoladi. Sopol idishlar to‘lqinsimon, to‘g‘ri chiziqlar bilan keyinchalik uchburchak va romb shakllaridagi naqshlalar bilan bezatilgan.


O‘rta Osiyo bronza davrida.
1. O‘rta Osiyoning bronza davri umumiy tavsifi.
2. Janubiy Turkmaniston bronza davrida (Nomozgoh IV, Nomozgoh V, Nomozgoh VI).
3. Janubiy O‘zbekiston bronza davrida (Sopolli madaniyati)
4. Zamonbobo madaniyati.
5. Suyargan madaniyati.
6. Tozabog‘yob madaniyati.
7. Qayroqum madaniyati.
8. CHust madaniyati.
9. Janubiy Tojikiston yodgorliklari.
Bronza asri metalchilik taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishi va kishilik jamiyati taraqqiyoti yangi davrining almashinuvi bilan belgilanadi. O‘rta Osiyoda bronza davri nafaqat bronza qotishmasining paydo bo‘lishi, balki mehnat qurollari hamda bronza qurol-yarog‘larining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi shu bilan birgalikda boshqa qator belgilar: patriarxal munosabatlarning qaror topishi, chorvador qabilalarning ajralib chiqishi, Qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi mulkiy tengsizlikning paydo bo‘lishi, qabilalar O‘rtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan belgilanadi.
Ammo, tarixiy taraqqiyot O‘rta Osiyoning barcha hududlarida birdek kechmagan, janubiy hududlarga nisbatan shimoliy hududlar xususan cho‘l zonalar ancha orqada qolib ketgan. Xo‘jalikning aynan dehqonchilik yoki chorvachilik shakli bilan shug‘ullanuvchi aholi to‘plangan hududlar paydo bo‘ladi. Buning natijasida bir-biridan farqlanuvchi iqtisod vujudga keladi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi yashasa, shimoliy va SHarqiy hududlarda esa andronova madaniyati degan umumiy nomga ega bo‘lgan chorvador qabilalar yashagab, ular xo‘jalik va madaniyat shakllariga ko‘ra bir-birlaridan keskin farq qilgan. Ular doimiy aloqada bo‘lishgan.
SHunday qilib, Turkmanistonning janubiy hududlarida dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Bu erda bronza asri mil. av. III-II ming yillarga to‘g‘ri keladi. Bu hududda bronzaga ishlov berish texnikasi rivojlanadi, sug‘orish tizimi rivojlanadi, ketmon dehqonchiligi o‘rnini hayvonlarga omoch qo‘shilgan haydama dehqonchilik egallaydi. Qadimgi shahar madaniyati shakllanadi, mahalliy boshqaruv apparati vujudga keladi, metallarga ishlov berish. kulolchilik, toshni qayta ishlash, to‘qimachilik, qurilish ishlari rivojlanib, ularning ixtisoslashuvi jarayoni kuchayadi. Monumental me’morchilik qaror topadi, kulolchilik yanada rivojlanib, ularga bezak berish texnikasi murakkablashib boradi. Terrakotik haykalchalar, zargarlik ishlariga e’tibor kuchayadi.
Janubiy Turkmanistonda bronza davri madaniyati Anov III bosqichi bilan belgilanib, ilk bosichiga (Nomozgoh IV - mil. av. 2750-2300 yy), O‘rta bosqichiga (Nomozgoh V - 2300-1850 yy) va so‘nggi bosqichiga (Nomozgoh VI - mil. av. 1850-1100) komplekslari kiradi. Bu hududda bronza davrigaoid yirik (50 ga, mas. Nomozgoh,) O‘rta (10 gacha maydonga ega bo‘lgan mas. Oltindepa) kichik manzilgohlar xosdir.
Bronzaning ilk bosqichi. Manzilgohlarda shaharsozlik qurilishi usulining murakkablashishi va yanada taraqqiy etganligi seziladi. Oltindepa fortifikatsiyasi takomillashib, manzilgohga uchta bo‘ylama yo‘lakcha orqali kirilgan. Diniy markaz bo‘lgan Oltindepa minora shaklidagi imorat bo‘lib, g‘ishtdan to‘rt tomoni o‘yiq qilib qurilgan (Messopotamiya zikkuratlari shaklida). YOnida dafn qilish marosimlari uchun mo‘ljallangan xonalar joylashgan. Xonalarning birida marosimlar o‘tkazilgan, qolganlarida murda va suyaklar saqlangan. Bu erdan turli xildagi sig‘inish buyumlari va bezaklar topilgan. San’at buyumlar yulduz belgilarining mavjudligi diniy kompleksning Oy xudosiga taaluqli ekanligidan darak beradi.
Rivojlangan bronza bosqichi. Manzilgohlarning hajmi kattalashadi. Uylar tartibli qurilib, O‘rtadan asosiy yo‘l o‘tadi. Bir necha shakldagi uylarning paydo bo‘lishiga ko‘ra aholining bir necha tabaqga ajralganligini ko‘rish mumkin. Oltindepadagi diniy inshoot qayta qurilib, zinasimon minoraning balandligi oshiriladi va maydoni kengaytiriladi. Binoning ibodat qilinadigan xonalaridan birida muqaddas ichimlik saqlangan idishi topilgan. Devor yonida muqaddas olov yonib turgan. Bu erda ham yulduz belgilari uchraydi. Xonalardan biri jamoa daxmasi bo‘lib, u ko‘rinishdan kohinlar uyushmasiga tegishli.
Bronzaning so‘nggi bosqichi. Bu davr yirik manzilgohlarning kichik manzilgohlarga aylanishi bilan xarakterlanadi. Oltindepa tashlab ketiladi. Nomozgohdepaning maydoni esa keskin qisqaradi. Ilk shahar madaniyati Murg‘ob vohasiga ko‘chib, u erda bir necha dehqonchilik vohalari shakllanadi. Bu erdagi markaziy manzilgoh atrofida hajmi kichik bo‘lgan manzilgohlar qaror topadi.
Bronza davri sapol buyumlarini yasashda kulolchilik charxidan keng foydalaniladi va ularni yasash usullari murakkablashib, sifati oshadi. Ko‘rinishdan kulolchilik charxidan foydalanish hamda ixtisoslashgan kulollar tomonidan iste’mol mollarining ko‘plab ishlab chiqarilishi naqshli sopollarning inqirozi va keyinchalik ularning butunlay yo‘qolib ketishiga olib keldi.
Kulolchilikka nisbatan metalchilik taraqqiyoti ancha orqada edi. Ammo, turli xil buyumlar yasashga ixtisoslashgan mis quyish ustaxonalari mavjud bo‘lgan. CHaqmoqtoshga ishlov berishning ba’zi bir ko‘rinishlari saqlanib qoladi. Toshdan dehqonchilik uchun kerakli bo‘lgan mehnat qurollari, taqinchoqlar tayyorlanadi. To‘qimachilik keng rivojlangan bo‘lgan. Bu davrda bronza, keyinchalik kumush va oltinlar asosida zargarlik san’ati shakllanib, bronza davrining oxirida etilgan hunarmandchilik turiga aylanadi. Zargar ustalar turli taqinchoq, ilohiy buyumlar tayyorlashgan. Masalan, Oltindepa ibodatxonasidan buqaning oltin boshi (mil. av. II m. y.) topilgan bo‘lib, u ko‘rinishdan aholining diniy marosimlar va an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bronza va misdan qilingan muhrlar kishida katta qiziqish uyg‘otadi. Bular esa ko‘rinishdan jamoa yoki umumoilaviy mulkning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular orasida toshdan yasalgan muhrlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. U yoki bu muhrlardagi tasvirlarning shakli va uslubi Messopotamiya muhrlariga o‘xshash. Dastlab muhlarda aniq hayvonlar yoki fantastik mavjudotlarning tasviri kam uchragan bo‘lsa, keyinchalik ko‘payib ularning ramzlari murakkablashadi va guruh tasvirlar ko‘payib boradi.
Bronza davri haykalchalariga yangi shakldagi ayol ma’budalari obrazining paydo bo‘lishi xosdir. Beldan pastki qismi qayta qilingan bo‘lib, ularning bosh qismini qaytadan ishlashga asosiy e’tiborni qaratishgan. Erkaklarning haykalchalari esa kam uchraydi. Rivojlangan bronza davrida bir necha shakldagi ayol haykalchalari paydo bo‘ladi, bu esa janubiy Turkmaniston aholisi yagona xudoga emas, aksincha bir necha ayol ma’budalarga sig‘inganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda ham erkaklarning haykalchalari ayollarnikiga nisbatan juda kam uchraydi. So‘nggi bronza davrida Murg‘ob vohasida diniy maqsadlarda foydalanish uchun yasalgan sopol idishlar paydo bo‘ladi. Bu idishlarning atrofi odamlar va turli hayvon shakllari bilan bezatilgan.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin