Палеолит даври


Ilk temir davri shimoliy So‘g‘d yodgorliklari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə20/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#127486
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Ilk temir davri shimoliy So‘g‘d yodgorliklari Qadimgi So‘g‘d to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar zardushtiylik dining muqaddas kitobi Avestoda uchraydi Uning eng qadimgi qismlaridan bo‘lgan Gat qismida Sugud, qadimgi fors manbalarida Sug‘d va YUnon-rim mualliflarining asarlarida esa So‘-diyoni nomlari bilan keltiriladi. Bu o‘lka Zarafshon vohasi, va Qashqadaryo vohasi hududlaridan tashkil topgan. So‘nggi bronza va ilk temir davrining dastdlabki bosqichiga kelib, So‘g‘diyona muhim jarayonlar sodir bo‘ladi. Bu davrda o‘troq dehqonchilik madaniyatiga asoslangan jamoa qishloqlari vujudga keladi.
Ilk temir davrida So‘g‘diyonaning barcha hududlari dehqonlar tomonidan egallanadi. So‘g‘diyona hududlarida ilk temir davriga oid yodgorliklar bir xil suratda rivojlanmagan. Bu davrga oid yodgorliklar ko‘proq uchraydigan va yaxshi o‘rganilgan voha Qashqadaryo hisoblanadi. Zarafshon vohasida esa Afrosiyob, Lolazor va Ko‘ktepalarning quyi qatlamlarida bu davrga oid moddiy topilmalar qisman saqlangan.
Afrosiyob Sug‘dning qadimiy markaziy shaharlaridan birining o‘rni. YUnon-rim mualliflari asarlarida keltirilgan Maroqanda nomi bilan tilga olinadi. Manzilgoh mil. av. I ming yilliklarning boshlarida shakllangan. Uning eng pastgi qismidagi madaniy qatlamlari mil. av. I ming yillikning boshlari (YAngi radiokarbon bo‘yicha mil. av. XIV asr) dan qo‘lda sirtiga naqsh solib ishlangan sapol buyumlari topib o‘rganilgan. Bu jarayon O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalarida ham kuzatiladi. Mil. av.VIII-VII qadimgit qishloq o‘rnida dastlabki shahar shakllanadi. YOdgorlikning shimoliy qismida amalga oshirilgan qazishmalarda bu davrda 19 ga. dan iborat maydon bir tomoni tekis teskarisi yassi –ishtlar bilan 7 metr qalinlikdagi muhofaza devori bilan o‘rab aniqlangan. SHundan 0,5 ga. maydonni egallagan arkida alohidam uhofaza devori bilan ajralgan. Unda hukmdor saroyi joylashgan. YUnon-rim mualliflari asarlari ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan shaharning 220 gektarlik maydoni mazkur davrda to‘liq shakllangan. Ilk temir davri sapol idishlari qo‘lda va kulolchilik charxida yasalib, ulardan qo‘lda yasalganlarining ayrimlarining atrofiga shaqshlar berilgan. Bu erda kulollar va to‘qimachilarning ustaxonalari va xovuz o‘rni aniqlangan. Katta maydonni egallagan. Bunday muhofazalangan hududdagi shahar O‘rta Osiyoning boshqa uchramaydi. Buning uchun kuchli tashkilotchilik imkoniyatiga ega bo‘lgan qudratli davlat apparati bo‘lishi kerak.
Vohaning ikkinchi bir yirik shahrining o‘rni Samarqanddan 30 km. shimoliy-g‘arbida CHelak tumani hududida joylashgan. Bu yodgorlik ham Afrosiyob bilan bir davrda shakllangan. Uning umumiy maydoni 100 ortiq. Hozirgi paytda yodgorlikning bir qismi buzilib ketgan. Mudofaa devori bilan o‘rab olingan 23 ga. dan iborat qismi ilk temir davrining boshlarida shakllangan. Bu yodgorlikda baland tag kursi ustida barpo qilingan ark joylashgan bo‘lib, unda o‘rganilgan imorat Saroy bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Undan janubiy-g‘arbda shahriston hududida otashparastlar ibodatxonasi joylashgan. Ko‘ktepaningng quyi qatlamidan erto‘la shaklidagi uylarning o‘rni aniqlangan. Sapol idishlari qo‘lda ishlanib, sirtiga naqshlar berilga. Ilk temir davrining keyingi bosqichida (Ko‘ktepa II) uy-joy imoratlari er ustida barpo qilinadi. Sapol idishlari ham kulolchilik charxida ishlana boshlaydi.
Janubiy So‘g‘ddagi madaniy-iqtisodiy markazlardan biri bu Erqo‘rg‘ondir. Maydoni 34 ga, manzilgohning quyi qatlamida mil. av. VIII-VII asrlarga oid mudofaa devori o‘rni saqlangan. Mil. av. VI asrda shahar maydoni kengaytirilib, YAngi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi Ichki tomondan hashamatli ma’muriy bino barpo etiladi, hamda temirchilar mahallasi paydo bo‘ladi. Ushbu davrga oid ark izlari aniqlanmagan.
Uzunqir. So‘g‘diyonaning (Qashqadaryo, Kitob tumani) ilk temir davriga oid madaniy markazlaridan biri maydoni 70 ga. Hozirgi paytda 450 metrdan iborat mudofaa devori saqalanib qolgan. Mudofaa devorining pastki qismi guvala, yuqori qismi esa paxsa va xom g‘ishtda ko‘tarilgan. Devorning qalinligi 1,85 metr bo‘lgan. mudofaa devori tashqi tomonidan to‘g‘ri burchakli minora- burjlar bilan kuchaytirilgan. Burj va devorda jangovar va «aldamchi» shinaklar mavjud.
Mudofaa devoriga guvala va paxsadan qurilgan qismi taxminan mil. av. IX-VII asrlarda asos solingan. Asosiy devor va burjlar keyingi davrda bunyod etiladi. Keyinchalik esa birinchi devorga tutash qilib, 1,6 m. qalinlikda ikkinchi devor quriladi va umumiy qalinligi 3, 5 metrga etadi. Uchinchi davrida 1,2 m. qalinlikda yana bir qo‘shimcha devor quriladi. So‘g‘diyonaliklar sug‘orma dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Qashqadaryo vohasidan arpa, bug‘doy, javdar hamda hayvon suyaklari topib tekshirilgan. Qashqadaryo vohasida topib tekshirilgan sopol idishlar ikki guruhga bo‘linadi. Kulolchilik charxida yasalgan naqshsiz idishlar. Ular kosa, tovoq, xumchalardan iborat. Qo‘lda ishlangan idishlar geometrik va egri chiziqlar bilan naqshlangan. Naqshli idishlar Qashqadaryoning tog‘oldi hududlaridan ham topib tekshirilgan.
Vohada hunarmandchilik, hususan temirchilik va to‘g‘imachilik keng rivoj topgan deyish mumkin. daratepadagi mil. av. VII-VI asrlarga oid temir buyumning topilishi fikrimiz dalilidir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin