Палеолит даври



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#127486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha (1)


Arxeologiya asoslari faniga kirish

  1. Arxeologiya fanning predmeti, maqsadi va vazifalari

  2. Arxeologik manbalar va ularning xususiyatlari

  3. Arxeologiyada davrlashtirish masalalari

  4. Arxeologik dala tadqiqot usullari

Kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi va keyingi taraqqiyoti uzoq o‘tmish bilan belgilanib, murakkab tarixiy jarayondan iborat. Bunday tarixiy jarayonlarni o‘rganish zamonaviy tarix fanining dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Arxeologiya tarix fanining ajralmas qismi bo‘lib, o‘ziga xos tadqiqot predmeti, tadqiqot usullari va o‘rganish manbalariga ega. SHu bilan birgalikda arxeologiya va tarix ajralmas bo‘lib, ular kishilik jamiyati tarixini o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot usullari, manbalarga egaligi bilan ajralib turadi. Biz insoniyatning o‘tmish tarixi va tarixiy voqealarni moddiy manbalar asosida bilib olamiz. Ular turli xilda bo‘lib, ikkita asosiy guruhdan: yozma va moddiy manbalardan iborat. Arxeologiya asosan moddiy manbalarga tayangan holda ba’zi sharq yozma manbalarga tayanadi. Arxeologiyaning asosiy vazifasi tarixiy manbalar asosida insoniyat o‘tmishi tarixini imkon darajasida to‘liq yoritishdan iborat. Arxeologiya fani ibtidoiy jamoa tarixi bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni berish bilan birgalikda quldorlik va feodalizm davri tarixlarini ham qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Arxeologik ma’lumotlar arxeologik ekspeditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar xarobalari va ulardan o‘rin olgan mudofaa va suv inshootlari, metalchilik va boshqa hunarmandchilik ustaxonalar hamda qoyatosh suratlari o‘rganish asosida to‘planadi. Joylardagi arxeologik ekspeditsiyalarni maxsus muassasalar: arxeologik tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlarning arxeologiya kafedralari, san’atshunoslik institutlari, muzeylar va shuningdek o‘lkani o‘rganish to‘garaklari tashkil etadi. Arxeologik tadqiqotning ish uslubi uch pog‘ona bo‘lib, arxeologik qidiruv, sinov va qazish ishlaridan iboratdir. Ularning vazifasi yodgorlikning paydo bo‘lgan, yashagan, inqirozga uchragan davrlarini hamda boshqa xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Arxeologik qazishmalar arxeologik qidiruv va sinov natijasida to‘plangan ma’lumotlarga tayanib, mazkur joylarda yodgorlikni batamom qazib tugatishdan va yodgorlik haqida xulosa chiqarishdan iborat bo‘ladi. Arxeologik yodgorliklarda tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida tadqiqot usullari to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishi va undan foydalana olishi ko‘nikmasiga ega bo‘lgan bo‘lishi zarur. Arxeolog mavjud yodgorliklarda qazish ishlarini amalga oshirar ekan, shubhasiz madaniy qatlamga duch keladi. Madaniy qatlam insoniyatning turmushi tarzi, xo‘jalik va g‘oyaviy faoliyatlari izlari saqlanib qolgan xarobalarda namayon bo‘ladi Bu qatlamlar yillar, asrlar davomida asta-sekin to‘planib boradi. Arxeologik yodgorliklarda bir yoki bir necha o‘nlab madaniy qatlam mavjud bo‘lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrlargacha bo‘lishi mumkin. Bu esa ushbu manzilda kishilarning qanchalik yashaganligi bilan bog‘liq. Madaniy qatlam mazkur yodgorliklarda shurf tashlash yoki, keng ko‘lamda qazish ishlarini amalga oshirish natijasida aniqlanadi.
Shurf - nemis tilidan «qazimoq», deb tarjima qilinadi. Shurf tashlash deyilganda mazkur yodgorlikda olib boriladigan dastlabki qazish ishlari tushunilib, uning natijasida madaniy qatlam yoki qatlamlar aniqlanadi va yodgorlik haqida dastlabki ma’lumotlar olinadi. SHurflar odatda kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarda bo‘ladi. SHurflarning ko‘lami tadqiqotchilarning rejalari va imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, uning chuqurligi madaniy qatlam qalinligigaga qarab turli chuqurlikda bo‘lishi mumkin. Keng ko‘lamdagi arxeologik qazish ishlari natijasida yodgorlikning madaniy qatlami to‘liq ochilib, insoniyat faoliyatining izlari bo‘lmagan ergacha, ya’ni «materikga» qadar qazish ishlari davom ettiriladi. arxeologiyada bu - «materik», bezovta qilinmagan er deb ataladi. O‘rta Osiyo Qadimgi SHarqning yuksak madaniyat yaratgan o‘choqlaridan biri bo‘lib, bu o‘lkada insoniyat ilk tosh asridan boshlab yashagan. O‘lkaning turli joylaridan topilgan moddiy manbalar fikrimizni to‘liq tasdiqlaydi. Keyingi davrlarda esa ibtidoiy va Qadimgi odamlar o‘lka bo‘ylab ancha keng tarqaladi. Keng ko‘lamdagi arxeologik tadqiqot ishlari natijasida tog‘ va tog‘ oldi, vodiy hatto Qoraqum va Qizilqum cho‘llaridan tosh asri makonlari, manzilgohlar neolit va bronza davri qishloqlari, mozor qo‘rg‘onlar, ilk temir va feodal davri qishloqlari, shaharlari, suv inshootlari, mudofaa devorlarining qoldiqlari va ulardan o‘rin olgan turli xildagi moddiy manbalar hamda turli davrlarga oid qoyatosh rasmlar ko‘plab topilgan. Bu o‘lka hududidagi arxeologik yodgorliklar xilma-xilligi va madaniy qatlamning boyligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin