Палеолит даври



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#127486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Paleolit davri

  1. Paleolit (pleystotsen) davri bosqichlari (sanasi) va ularning tabiiy shart-sharoitlari

  2. Ilk paleolit davri arxeologiyasi (olduvay, ashel va muste)

  3. So‘nggi paleolit davri arxeologiyasi

  4. Paleolit davri san’ati

Er shari olimlarning ilmiy farazlariga ko‘ra bundan besh milliard yil avval paydo bo‘lagan. Er tarixi murakkab tabiiy jarayonlarning kechishi bilan belgilanadi. Er tarixi olimlar tomonidan ma’lum davrlar va ularning bosqichlariga bo‘linadi. Ularning oxirgi bosqichi Kaynozoy erasi hisoblanib, bu davrda sut emizuvchilar hukmronlik qilgan. Kaynazoy paleogen, neogen va antropogen (antropos-odam, genezis-tug‘ilish) yoki to‘rtlamchi bosqichlariga bo‘linadi. Insonyat tarixining boshlanishi bevosita antropogen davri bilan bog‘liq bo‘lib, uning quyi sanasi olimlar orasida munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Ayrim olimlar uning boshlanishini G‘arbiy Evropadagi villafrank fauna yotqiziqlari bilan qiyoslab 3-3,5 million yil avvalgi davr bilan belgilashga harakat qilishsa, boshqa bir guruh olimlar paleoantropologik va moddiy topilmalarning mutlaq davriga asoslanib, bundan 1,8-2 mln. yil ilgari davr bilan belgilashga harakat qilishadi. SHuni ham takidlash kerakki, keyingi o‘n yilliklarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida topib o‘rganilgan paleoantropologik topilmalar antropogonez jarayoni va paleolit davriga oid madaniyatlar va yodgorliklarning davri to‘g‘risidagi ilmiy xulosalarga sezilarli ta’sir qilishiga sabab bo‘ldi. Umuman, antropogen davri sanasi va ibtidoiy kishilar evolyusiyasi bilan bog‘liq masalalar kelajakda echimini kutayotgan muammolardan biri sanaladi.
Paleolit (yun. paleyos-qadimgi, litos-tosh)-tosh asrining qadimgi bosqichi bo‘lib, ibtidoiy odamlar hamda hozirgi paytda turlari yo‘qolib ketgan qazilma hayvonlar yashagan davr hisoblanadi. Paleolit kaynazoy erasining so‘nggi bosqichi bo‘lgan antropogen (to‘rlamchi) davrining eopleystotsen va pleystotsen bosqichlariga deyarli to‘liq mos tushadi. Paleolit davrining boshlanishi er yuzida sodda tosh qurollari yasay olish va ulardan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilgan insonyatning eng kadimgi ajdodlarining paydo bo‘lgan davrdan boshlanib (2 mln. yildan ortiq), mil. av. XII ming yilliklarga qadar davom etadi. Paleolit davri er yuzini bir necha pleystotsen davri muzliklari (gyuns, mindel, riss va vyurm) qoplaydi. Muzliklar davrining boshlanishiga qor yog‘ish mig‘dorining ko‘payishi sabab bo‘lgan. Muzliklarning markazi Evropa, Amerika qit’alarining shimoliy hududlari, xususan, Kanada, Buyuk Britaniya, Skandinaviya va Rossiyaning shimoliy hududlaridan o‘tgan gegagara, er yuzining 30% qismini egallab, hozirgi muzliklarga nisbatan 3 baravar katta bo‘lgan. Yirik tog‘ tizmalari ham muzlik bilan qoplangan. Muzliklar oralig‘i davrida ob-havo issiq va namchil hisoblangan. Muzilik oldi hududlarida ob-havo keskin sovuq, ya’ni tundrani tashkil etgan. Janubiy hududlarda ob-havo issiq yog‘ingarchilik yuqori (pliotsen) bo‘lgan.
Ibtidoiy jamoa davri tarixining nisbiy davrini aniqlashda tosh qurollariga ishlov berishning turli usullari asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Arxeologiya fani sohasida qadimgi tosh asrini G‘arbiy Evropa hududida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot natijalari asosida ilk (shelgacha, shell, ashel), O‘rta (muste), so‘nggi paleolit (orinyak, salyutra, madlen) bosqichlariga bo‘lib o‘rganish an’anasi mavjud edi. Lekin, yangi tadqiqot natijalari, xususan SHarqiy Afrika hududidan topib o‘rganilgan arxeologik ma’lumotlarga asoslanib olimlar ayrim o‘zgartirishlar kiritishdi. SHellgacha va shell davrlari o‘rnida olduvey davri atamasi kiritildi. Paleolit davrini ilk va so‘nggi bosqichlarga bo‘lib, ular O‘rtasidagi chegari muste va so‘nggi paleolit davrlari hisoblanadi. SHunga ko‘ra hozirgi paytda paleolit davrini quyidagicha davrlashtirish mavjud: Ilk paleolit

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin