Kerakli mahsulotlar: PVA kley, qog‘oz, suz, albaster, idish, rangli bo`yoqlar(rangli xamirlar tayyorlash uchun), qum qog‘oz(najdak),chutka, qaychi va b.
Birinchi PVA kleyni idishga solamiz. Birinchi qirqilgan yoki yertilgan qogozlarni masalan: shar, olma shaklini olish uchun oddiy suvda namlab yopishtirib boshlaymiz. Qog‘oz bilan olma orasida havolarini qoldirmasdan 4-5 qavat qilib oldiniga nam qog‘oz bo`laklarini yopishtiriladi. Keyingi qavatlar PVA kleyga botirib yopiladi. 15-20 qavat va undan ziyod qilib yopishtirish ham mumkin. Yopishtirish yakuniga yetgandan so`ng quritishga qo`yiladi. Yoz faslida tezroq quriydi, qish faslida ko`proq vaqt kerak bo`ladi. Yana quritishda gaz plita duxovkasidayam past olovda, qarab-qarab turib, duxovka eshigini qiya ochiq holda past olovda quritish mumkin. Quritish jarayoni tezlashadi. Yasalayotgan shakl qurigandan so`ng ajratib olinadi. Olma shakli birlashtirilib kley, kleyli qog‘oz yana yopishtiriladi. Dag‘al joylari qum qog‘oz bilan tekislanadi. Qurilish materiallaridan emulsiya surtilib oqartiriladi. Qurigandan keyin rang beriladi.
Pape-mashe usulida buyumlar yasash uchun xamirli massa tayyorlab olinadi. 200-250-gram suzga qog‘ozni maydalab tashaymiz. Qog‘oz iviydi. PVA kley solib xamirli loyga o`xshash massa tayyorlab olinadi. Qog‘oz qancha mayda bo`lsa shuncha yaxshi. Tayyorlangan xamirga, loyga oxshash massa ko`p g‘ijimlanadi, g‘ijimlaganda yorilmasligi kerak. Tayyor pape-mashe massasini masalan tarelka yasamoqchi bo`linsa, tarelkaning orqa tomoniga rasmdagidek surtiladi, yopishtiriladi, quritiladi. Qurigandan keyin tarelkadan ajratib olinadi va silliqlanadi. Emulsiya surtiladi, ranglanadi. Oxiri tarelkaga gul chiziladi. Shu usulda istagan narsa, o`yinchoq yoki buyumlar yasab olinadi..
Pape-mashe o‘yinchoqlari va buyumlari qog‘ozni yertib kleyga bulab shakl olish uchun narsa sirtiga yopishtirilib boriladi. Bundan tashqari xamirga o‘xshagan massa tayyorlash texnologiyasidan foydalanib yasash mumkin. Pape-mashe usuli namunalari:
Ushbu qadimiy hunarmandchilik bir nechta buyumlarni yasashga yordam beradigan bir necha avlod va mamlakatlarni qamrab oladi. Garchi bu nom frantsuzcha bo'lsa-da, bu usul XVII asrgacha Frantsiyada ko'rinishga ega bo'lmagan. Bungacha bu texnika Xitoyda va dunyoning boshqa joylarida miloddan avvalgi 200 yilda qo'llanilgan.
Qadimgi Xitoyda bu usulda qalqonlar va jangchi dubulg'alarini yasashgan ekan.
Qadimgi misrliklar zig'ir va gips yordamida o'lim maskalarini tayyorlash uchun qog'oz machelardan foydalanganlar.
18-asrda Evropada ushbu texnika bezakli gips va mebelga o'yilgan yog'ochdan arzonroq variant sifatida ishlatilgan.
Pape-mashe usulida ishlaganda qog‘oz, qarmoq ipi, yelim pishirish uchun idish, tayyor mahsulotni bo’yash uchun bo’yoq, mo’yqalamlar kerak bo’ladi. Ish qog’ozni tayyorlashdan boshlanadi. Buning uchun gazeta va o’rash qog’ozlari zarur. Qog’oz namlanadi, Pape-mashedan tayyorlangan o’yinchoqlar, har xil mayda chuyda narsalar yasashning osonligi bilan ajralib turadi.
Tayyorlash usuli quyidagicha:
1 qavat o’rov qog’oz yoki gazetaga oldindan tayyorlangan suyuq xamirni surib chiqamiz va xamir surilgan qog’ozni qo’limizda g’ijimlab maydalab bir xil massa bo’lguncha ezg’ilaymiz. Tayyor bo’lgan massani bo’laklarga bo’lib xohlagan o’yinchoqni yasashimiz mumkin. O’yinchoq yasash davomida barcha haykaltaroshlik usullaridan foydalanishimiz mumkin bo’ladi. G’ijimlash usuli orqali o’yinchoq yasashdan ko’pincha archa bezaklari yasaladi. Bunda yasalayotgan o’yinchoq ichiga simdan ilgak joylashtiriladi. Yasalgan o’yinchoq qurigandan so’ng qum qogoz bilan ishqalanib, silliqlanadi. So’ngra oq guash yoki tish pastasi bilan bo’yab olinadi. Pape-mashe usulida kerakli oyinchoqlar, dekaratsiya buyumlari yasash uchun qog‘oz, suv, PVA kley, un, emulsiya, tish pastasi, qum qog‘oz, guash, lak kabi predmetlar kerak bo‘ladi. Pape-mashe usulida ishlash insonga sabr-qanoat, qunt, mustahkam iroda, ijodiy barkamollik bag‘ishlaydi. Dunyoni nafosati va go‘zalligini his etib tasvirlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |