Parabоlik tenglama uchun nоma’lum chegarali masala



Yüklə 21,87 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü21,87 Kb.
#133621
RAXBAR XULOSASI


70540101 – Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti Sakiyeva Nargiza Zоkirоvnaning “Parabоlik tenglama uchun nоma’lum
chegarali masala” mavzusida matematika magistri akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertyatsiyasiga
XULOSA
Parabolik tipdagi tenglamalarning turli ko‘rinishlari uchun noma’lum chegarali masalalar juda ko’plab avtorlar tomonidan o’rganilgan. Hozirgi kunda zamonaviy fanning yutuqlari, shu bilan birgalikda ishlab chiqarishning turli masalalari hamda fizika, mexanika, texnika, biologiya, ekologiya va sotsiologiya kabi fanlarning juda ko’plab muammolarining matematik modellari parabolik tipdagi tenglamalarning turli ko’rinishlari uchun noma’lum chegarali (sohaning chegaralarida funksiyaning qiymati berilmasdan, balki sohaning u yoki qismi orasidagi bog’lanishlar beriladi) masalalarni o’rganishni talab qilmoqda. Noma’lum chegarali masalalar noma’lum chegarali masalalar jumlasiga kirib, noma’lum chegarali masalalar bilan hozirgi kunda dunyoning turli mamlakatlarida juda ko’plab ilmiy maktablar olimlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Tabiatdagi juda ko’p ekologik jarayonlarni matematik modellari parabolik tenglama uchun chegarali masalalar orqali ifodalanadi. Jumladan muzning erish masalasi, havoning ifloslanishi, turlarning tarqalishi, bakteriyalarning tarqalishi, diffuziya jarayonlari, filtratsiya jarayonlari, o’simliklarning o’sish jarayonlari, va inson organizmidagi hujayralarda kislorod va moddalar almashinuvi jarayonlarining matematik modellari noma’lum chegarali Stefan tipidagi masalaga keltiriladi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida ham parabolik tipdagi tenglamalarning eng sodda vakili bo’lgan issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun ichki noma’lum chegarali chegaraviy shartli masala va noma’lum chegarali chegaraviy shartli masalalar qaralgan.
Magistrlik dissertatsiyasi Ekologik jarayonlarning ba’zi chiziqsiz modellari haqida yozilgan. Dissertatsiyada parabolik tipdagi tenglamalarning eng sodda vakili bo’lgan issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi uchun ichki noma’lum chegarali chegaraviy shartli masala va noma’lum chegarali chegaraviy shartli masalalar qaralgan. Har bir masala yechimi uchun aproir baholar olingan. Masala yechimining mavjudligi va yagonaligi o’rganilgan.
Ushbu dissertatsiyada noma’lum chegarali chiziqsiz chegaraviy shartli masalalar ham o’rganilgan. Har bir masala uchun aprior baho olingan va noma’lum chegara harakteri o’rganilgan.
Dissertatsiya ishida barcha vazifalar amalga oshirilgan. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bajarilgan ish magistrlik dissertatsiyalariga qo’yilgan talablarga javob beradi deb hisoblayman va uni yakuniy davlat attestatsiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etaman.


Fizika-matematika fanlari
nomzodi, katta ilmiy xodim. Ro’ziyev .Sh


Yüklə 21,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin