Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Tushunchalarni baholash uchun test savollari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə27/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Tushunchalarni baholash uchun test savollari





    1. Ixtioftiriuslar qanday turlardagi baliqlarda va ular tanasining qaysi organlarida parazitlik qiladi?

      1. Zog’ora baliq va do’ngpeshona baliqlarining suzgich qanotlarida, terisida parazitlik qiladi.

      2. Zog’ora baliq, oq amur, do’ngpeshona baliqlarining terisi ostida, jabralarida va ko’zlarida yaralar paydo qiladi.

      3. Barcha turdagi baliqlarning terisida yaralar hosil qiladi.

      4. Faqat losossimon baliqlarning terisida ochiq yaralar paydo qiladi.

    2. Ixtioftiriusning qanday bosqichi baliqlarni zararlaydi hamda ular qanday muhitda o’sib, sistaga aylanadi?

      1. Parazitning suvdagi tomit (daydi) lari zararlaydi. Baliq terisidan uzilib suvga tushib, suv tubida sistaga aylanadi.

      2. Baliq terisi ostiga kirgan tomitlar o’sha joyda sistaga aylanadi.

      3. Suvga chiqqan tomitlar suv tubida sistaga aylanadi.

      4. Baliq jabralaridagi parazitlar o’sha joyning o’zida sistaga aylanadi.

    3. Ixtioftiriusning baliqlar uchun qanday zarari bor va kasallik nima bilan yakunlanadi?

      1. Ixtioftiriaz kasalligi baliqlarga katta zarar yetkazmaydi.

      2. Voyaga yetgan baliqlar yaxshi o’smaydi, lekin yosh baliqlarning deyarli barchasi nobud bo’ladi.

      3. Kasallik ma’lum vaqtdan so’ng tuzalib ketadi.

      4. Barcha yoshdagi baliqlarning hammasi halok bo’ladi.

    4. Balantidiy infuzoriyasining morfologik xususiyatlarini aniqlang.

      1. Dumaloq shaklda, uzunligi 30-60 mkm, pellikulasi nozik va kipriksiz, yon tomonida og’zi joylashgan;

      2. Shakli tayoqchasimon, uzunligi 100 mkm, yeni 10-15 mkm, gavda uchida og’zi, dumining uchida chiqarish teshigi;

      3. Gavda shakli tuxumsimon, old tomonda sitostoma, pastda chiqarish teshigi, pellikulasi kipriklar bilan qoplangan. Hajmi 50-100mkm, yeni 10-30 mkm;

      4. Gavda shakli tuxumsimon, old tomonga yensizlashib boradi; uzunligi 30- 200mkm; tananing old uchida sitostom, uning qarama-qarshi tomonida sitoprokt joylashgan. Pellikulasi kalta kipriklar bilan qoplangan.

    5. Balantidiyning ichki tuzilishini aniq ifodalang.

      1. Yektoplazma va yendoplazma qavatlari, yadro 1 ta, qisqaruvchi vakuol 1 ta, ovqat hazm qilish vakuoli 1 ta, og’iz teshigi gavda uchida, tomoq shakllangan.

      2. Yektoplazma va yendoplazma; yadro 2 ta makro va mikronukleus; qisqaruvchi vakuol 1 ta; hazm vakuollari bir nechta, hazm qilish sistemasi og’iz, halqum, hazm vakuoli va chiqarish teshigi;

      3. sitoplazmasi qatlamlarga ajralmaydi, yadrosi 1 ta loviyasimon, kichik yadrosi ko’rinmaydi; hazm vakuollari4-5 ta, qisqaruvchi vakuollari ko’p.

      4. sitoplazmasi kuchli donador; yadrolar ham aniq shakllanmagan, og’iz va chiqaruv teshigi bo’lmaydi; oziqlanishi pinositoz usulida; pellikulasi- silliq kipriksiz.

    6. Balantidiy bemor odamning qaysi sistemasida qanday holatda yashaydi. Uning oziqlanishi nima hisobidan amalga oshadi?

      1. Oshqozonda va uning bezida, parazit qon hujayralari bilan oziqlanadi;ich ketish kasalligi.

      2. Odamning ingichka ichagida kommensal sifatida bakteriyalar bilan oziqlanadi.

      3. Odamning yug’on ichagida; kommensal holda bakteriya, zamburug’lar bilan; parazit holda ichak devori to’qimasida qon hujayralari bilan; ichak devorida ochiq yaralar hosil qiladi.

      4. Balantidiylar odamning ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qilib, yaralar hosil qiladi, bunday yaralar jigar va taloqda ham paydo bo’ladi.

    7. Balantidiaz tabiiy manbali kasallik sifatida qanday hayvonlar orasida ko’p uchraydi?

      1. Kemiruvchi va yirtqich hayvonlarda.

      2. Itlar va mushuklarda.

      3. Cho’chqa va qobonlarda.

      4. Uy hayvonlaridan qoramol va qo’ylarda.

    8. Balantidiaz kasalligi qanday toifadagi odamlar orasida keng tarqalgan bo’ladi?

      1. Cho’chqa go’shtini ko’p iste’mol qiluvchi odamlarda.

      2. Yovvoyi cho’chqa (qobon) ni ovlovchi odamlarda.

      3. Pazandalar va kolbasaxo’rlarda.

      4. Barcha toifadagi odamlarda.




Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin