Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə26/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm. 12. Balantidium coli tuzilishi:
A erkin yashovchi shakli; B bo’yalmagan sistasi; V - sista (bo’yalgan preparat).
1 og’iz teshigi; 2 - yadro (makronukleus); 3 – sista po’sti.

Balantidiaz Yer yuzida ancha keng tarqalgan kasallikdir. Kasallik qo’zg’atuvchi parazit sistalarini cho’chqa va qobonlar tarqatadi, chunki ularning 50-86%i ushbu parazitni tashuvchi hisoblanadi. Tashqi muhitga chiqarilgan sistalar suv va oziq-ovqat bilan, yuvilmagan iflos qo’l bilan sog’lom odamga yuqadi. Kasallik ayniqsa cho’chqachilik fermasida ishlovchi odamlarda, cho’chqalarni so’yuvchi qassoblarda, kolbasa sexlarida ishlovchi odamlarda ko’p uchraydi. Parazitning sistalarini tarqatishda uy pashshalarining ham roli bor, chunki ular axlatlardagi sistalarning tanasiga yopishtirib, ochiq qolgan oziq- ovqat mahsulotlariga tashlab ketadi.


Profilaktikasi. Odamning balantidiazga chalinmasligi uchun birinchi navbatda u shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi talab etiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda va qayta ishlash bilan band bo’lgan odamlar doimo tozalikka rioya qilishi lozim. Iste’mol qilinishi lozim bo’lgan mahsulotlar va suvni ifloslanishini oldini olish choralari amalga oshiriladi. Shuningdek parazitni tashuvchi odamlarni aniqlash va ularni davolash tadbirlarini amalga oshirish ishlari olib boriladi.


ISHNI BAJARISH:





  1. Mikroskopning kichik (x8) va katta (x40) obyektivlarida tayyor mikropreparatlardagi ixtioftirius va balantidiylarni ko’rish hamda ularning ichki tuzilishi, xususiyatlarini ko’zdan kechirish.

  2. Rangli jadvallar va o’quv qo’llanmalardan foydalanib ixtioftirius va balantidiyni tuzilishini ish daftariga ifodalab (chizib) qo’yish.

  3. Ixtioftirius bilan kasallangan baliqlardan tayyorlangan ko’rgazmali materiallar bilan tanishish.




Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin