So’rg’ichlilarning jumladan jigar qurtining ham endoparazitlikka moslashuv belgilari nimalardan iborat?
Jigar qurtining tashqi va ichki tuzilishi (morfologik va anatomik xususiyatlari)ni tahlil qiling.
Jigar qurtining hayot sikli qanday hayvonlar (xo’jayinlar) bilan chambarchas bog’liq?
Asosiy va oraliq xo’jayinlar haqida umumiy tushunchalarni izohlang.
Jigar qurti asosiy xo’jayinlarining qaysi organlarida yashaydi hamda qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Fassiolyoz nima va uni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar nimalardan iborat?
Mashg’ulot № 10
Mavzu: Nashtarsimon (lansetsimon) va mushuk (sibir) so’rg’ichlilari. Tuzilishi vahayotsikllarixususiyatlari
Mashg’ulot rejasi
Tashkiliy qism
O’tgan mavzu materialini baholash
Nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining tashqi va ichki tuzilishi
Nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining hayot sikllarini tahlili
Nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining hayot sikllarini sxematik rasmini chizish
So’rg’ichlilardan tayyorlangan makro va mikropreparatlarini ko’rish
Mashg’ulotni yakunlash va topshiriq berish.
Ishning maqsadi. Chorva, uy va yovvoyi hayvonlari, shuningdek ba’zan odamda parazitlik qiluvchi, keng tarqalgan nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining tuzilishi va hayot siklining ayrim xususiyatlari hamda ularning asosiy xo’jayinlarda keltirib chiqargan trematodozlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish.
Keraklijihozlar.O’quv uslubiy adabiyotlar va ko’rgazmalar, jadvallar, trematodalarning turli bosqichlarini ifodalovchi mikropreparatlar, mikroskoplar, nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlisining fiksasiyalangan namunalari va hokazolar.