Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə37/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

ISHNI BAJARISH:





  1. Mikroskopning kichik (x8) va katta (x40) obyektivlarida mushuk so’rg’ichlisining tuxumlari, metaserkariylari va voyaga yetganlarini tuzilishini ko’rish.

  2. Mushuk so’rg’ichlisining hayot siklini sxematik rasmini chizib, ifodalab qo’yish. Shuningdek, nashtarsimon so’rg’ichlining tuxumlari, metaserkariylari va voyaga yetgan davrini tuzilishi bilan tanishish hamda uning hayot siklini sxematik rasmini chizish.

  3. Nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining tuzilishi va hayot siklidagi o’xshashlik hamda farq qiluvchi belgi va xususiyatlarini daftarga yozib qo’yish.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining voyaga yetgan davrining gavda uzunligi va enini aniqlang.

    1. Nashtarsimon so’rg’ichlisi uzunligi 5-15 mm, eni 1,5-3 mm; mushuk so’rg’ichlisi – uzunligi 8-10 mm, eni 1,2-2mm;

V) Nashtarsimon so’rg’ichlisi uzunligi 15-25 mm, eni 4-5 mm; mushuk so’rg’ichlisi – uzunligi 10-20 mm, eni 2-4 mm;
S) Nashtarsimon so’rg’ichlisi uzunligi 3-6 mm, eni 1 mm; mushuk so’rg’ichlisi – uzunligi 12-18 mm, eni 4-5 mm;
D) Nashtarsimon so’rg’ichlisi uzunligi 8-11 mm, eni 1 mm; mushuk so’rg’ichlisi
– uzunligi 4-6 mm, eni 1,5 mm.

  1. Nashtarsimon so’rg’ichlisi asosiy xo’jayinlarining qaysi bir turlari orasida keng tarqalgan bo’ladi.

    1. barcha o’txo’r, sut emizuvchilarida;

V) asosan qo’y, echki va qoramolda;
S) ot va eshakda;
D) quyon va cho’chqada.

  1. Mushuk so’rg’ichlisining asosiy xo’jayinlari kimlar bo’laoladi va ularning qaysi organlarida yashaydi.

    1. it, mushuk, bo’ri, tulki va odamning jigari va oshqozon osti bezi;

V) yuqorida qayd qilingan asosiy xo’jayinlarning oshqozonida;
S) yuqoridagi xo’jayinlarning ingichka ichagida;
D) ushbu hayvonlarning o’pkasida.

  1. Nashtarsimon so’rg’ichlisi birinchi va ikkinchi oraliq xo’jayinlari qaysi hayvonlar bo’laoladi?

    1. birinchisi – chuchuk suv ikki pallali mollyuskalar; ikkinchisi – chumolilar;

V) birinchisi – quruqlik qorin oyoqli mollyuskalar; ikkinchisi – suvarak va chigirtkalar;
S) birinchisi – Helicella va Zebrina avlodining quruqlik mollyuskalar; ikkinchisi
– Formica avlodiga mansub chumolilar;
D) birinchisi – baqachanoq va chig’anoqsiz shilliqqurt; ikkinchisi – uy pashshalari va so’nalar.

  1. Mushuk so’rg’ichlisining birinchi va ikkinchi oraliq xo’jayinlari qaysi hayvonlar bo’laoladi?

    1. birinchisi – chuchuk suv mollyuskalaridan chig’anoqli shilliqqurti; ikkinchisi

– daryo qisqichbaqasi;
V) birinchisi – quruqlik mollyuskasi – Zebrina; ikkinchisi – dafniya va siklop;
S) birinchisi – chumolilar, suvaraklar; ikkinchisi – chuchuk suv karpsimon baliqlari;
D) birinsi – chuchuk suv Bithynia leachi qorin oyoqli mollyuskasi; ikkinchisi – odam, it, mushuk, tulki, bo’ri, ayiq.

  1. Nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining invazion (yuqumli) lichinkalarini aniqlang:

    1. metaserkariy;

V) mirasidiy;
S) serkariy;
D) adoleskariy.

  1. Nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining yuqumli lichinkasi asosiy xo’jayinlariga qanday yo’l bilan yuqadi?

    1. suv bilan;

V) oziq-ovqat (o’t, hom baliq go’shti, chumoli) bilan;
S) faqat o’t bilan;
D) faqat hom oziq-ovqatlar bilan.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin