Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Rasm 16. Tasmasimon (lentali) chuvalchanglar skoleksidagi so’rg’ichlar va proglottidlari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə40/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 16. Tasmasimon (lentali) chuvalchanglar skoleksidagi so’rg’ichlar va proglottidlari:


A-cho’chqa solityori; V-qoramol soliteri; D-keng tasmasimon.
Odam ichagida so’rg’ichlari yordamida yopishib olgan sistiserk 2,5-3 oy davomida jinsiy voyaga yetadi va 8-10 yilgacha, ba’zan ko’proq parazitlik qiladi.
Qoramol solityorining paydo qilgan kasalligi teniarinxoz deb ataladi. Odamning teniorinxoz kasalligiga duchor bo’lishini oldini olishga bir qator profilaktik va sanitar- gigiyenik tadbirlarni qo’llash lozim. Birinchi navbatda chorva mollari go’sht kombinatlari va kushxonalarda so’yilib, iste’molga chiqarilishidan oldin veterinariya nazoratidan o’tkazish kerak. Chorva hayvonlarini boqish va ko’paytirishga ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarda yopiq xojatxonalar barpo qilinishi kerak. Xo’jalik xodimlari vaqti-vaqti bilan tibbiyot ko’rigidan o’tkazilib turilishi lozim. Shaxsiy xo’jaliklardagi mollarni solityor tuxumlarining yuqishidan himoya qilish maqsadida, molxona va yaylovlarni odam axlati bilan ifloslantirmaslik choralarini ko’rish lozim.

Rasm 17. Qoramol soliterining rivojlanishi:


A-asosiy xo’jayin – odam; V-bosh qismi; D-germafrodit va Ye-yetilgan bo’g’imlar; F- tuxum; G-oraliq xo’jayin – qoramol.


Cho’chqa solityori -Taeina solium. Odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ba’zan odamning o’zi solityor uchun oraliq xo’jayin rolini bajarishi mumkin.
Cho’chqa solityorining uzunligi 3-4 m, ba’zan 7 metrgacha bo’ladi. Strobilasi 600
- 700 ta, ba’zan 900 tagacha bo’lishi mumkin. Skoleksi 1 mm atrofida, unda 4 ta so’rg’ichlaridan tashqari yana xartumida ikki qator doira bo’lib joylashgan xitinli ilmoqchalari ham bo’ladi. Shunga binoan u qurollangan solityor deb ham ataladi. Yetilgan bachadonining yon shoxchalari har tomonida 7-12 tadan. Tashqariga xo’jayin najasi bilan chiqqan proglot-tidlarning uzunligi 10-12 mm, eni 5mm ga teng. Qoramol solityorining yetilgan proglottidlaridan farqli ravishda, cho’chqa solityorining tashqariga 5-6 tadan chiqqan proglottidlari harakatsiz bo’ladi.
Cho’chqa solityorining ham hayot sikli asosiy (odam) va oraliq (cho’chqa, qobon ba’zan it, mushuk, quyon kabilar) xo’jayinlarida o’tadi. Lekin tenioz bilan kasallangan odam ba’zan ko’ngli aynib qayd qilishi tufayli ichakdagi solityorning oxirgi yetilgan bo’g’imlari uzilib, og’iz bo’shlig’iga tushib, yorilib qayta yutilishi mumkin. Qayta yutilib ichakka tushgan tuxumlardan onkosfera lichinkasi chiqib ichak devori orqali qon
va limfaga o’tib, ko’pgina ichki organlarga, jumladan, muskullarga, ko’z, bosh va orqa miya, yurak kabi organlarga borib, finna (sistiserk)ga aylanadi. Ushbu lichinka finna ichida 3-6 yilgacha yashashi mumkin. Sog’lom odam xom yoki chala pishirilgan cho’chqaning finnoz go’shtini iste’mol qilganda ham solityorning sistiserk lichinkasini o’ziga yuqtiradi.
Teniozning oldini olishga qaratilgan profilaktik va sanitar-gigiyenik tadbirlar teniorinxoznikiga o’xshash.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin