Tasmali chuvalchanglarning parazitlikka moslashish belgilarini tahlil qiling.
Qoramol va cho’chqa solityorlarining xo’jayin almashtirish bilan rivojlanishini hamda ushbu siklda hosil bo’ladigan bosqichlarni tahlil qiling.
Qoramol va cho’chqa solityorlari asosiy va oraliq xo’jayinlarining qaysi organ va sistemalarida parazitlik qiladi?
Teniarinxoz va tenioz kasalliklarida bemorda qanday salbiy alomatlar yuzaga chiqadi?
Tasmali chuvalchanglarga qarshi olib boriladigan profilaktik tadbirlar nimalardan iborat?
Mashg’ulot № 12
Mavzu: Keng tasma,kalta (pakana) zanjir va exinokokklarning tuzilishi va hayotsikli bilan tanishish.Yuqish,zarariva profilaktikasi”.
Mashg’ulot rejasi
Tashkiliy qism.
O’tilgan mavzuni savol-javob orqali baholash.
Keng tasma, kalta zanjir va exinokokkning tashqi va ichki tuzilish xususiyatlari.
Keng tasma, kalta zanjir va exinokokkning hayot sikllarining xususiyatlari.
Keng tasma, kalta zanjir va exinokokklarning xo’jayinlari hamda ularda paydo bo’ladigan kasalliklar tahlili.
Keng tasma, kalta zanjir va exinokokklarning makro va mikropreparatlarini ko’zdan kechirish.
Keng tasma, kalta zanjir va exinokokkning hayot sikllarini sxematik rasmlarini chizish va tahlil qilish.
Talabalar tushunchalarini aniqlash va xulosa.
Ishning maqsadi. Odam va yirtqich sut emizuvchilar orasida tarqalgan parazit sestodalarning hayot sikllari hamda profilaktikasini o’rganish.
Keraklijihozlarvamateriallar:O’quv uslubiy qo’llanmalar, mikroskoplar, jadvallar, keng tasma, kalta zanjir va exinokokkning makro- va mikropreparatlari, exinokokk pufagi bilan zararlangan oraliq xo’jayin organlaridan tayyorlangan ko’rgazmali materiallar, qo’l lupalari, MBI va MBS mikroskoplari.