Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə43/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Umumiy tushunchalar. Keng tasma - Diphyllobothrium latum tasmali chuvalchanglar orasida eng uzuni bo’lib, ayrim hollarda strobilasi 25 metrgacha bo’ladi. Tana proglottidlari 4000 tagacha. Har bir germafrodit va yetilgan proglottidlarning bo’yi (uzunligi) eniga nisbatan kalta bo’ladi. Skoleksidagi so’rg’ichlari ikkita chuqur egatchalar – botriylardan iborat. Yetilgan proglottiddagi bachadon shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon-larnikidan farq qiladi, ya’ni shoxchalari uzun, markazida razetkasimon shakl paydo qiladi.
Tuxumlari ovalsimon, bir qutbida kichik qopqoqchasi ko’rinib turadi, rangi sarg’ish, uzunligi 0,068-0,071 mm, eni - 0,045 mm ga teng.
Keng tasma boshqa lentasimonlardan hayot siklining uchta (ba’zi hollarda 4 ta) xo’jayinda o’tishi bilan ajralib turadi. Asosiy xo’jayinlari odam, it, mushuk, tulki, ayiq. Ushbu xo’jayinlarining ingichka ichagida parazitlik qiladi. Birinchi oraliq xo’jayini - chuchuk suv havzalarida yashovchi qisqichbaqa-simonlardan siklop va diaptomus, ikkinchi oraliq xo’jayinlari – chuchuk suv baliqlaridan olabug’a, nalim, cho’rtan, gulmohi va boshqalar bo’lib hisoblanadi.
Keng tasmaning voyaga yetgan davri asosiy xo’jayinda yashasa, siklopning gavda bo’shlig’i, tuxumdoni kabi organlarda proserkoid lichinkalari yashaydi. Yuqorida tilga olingan chuchuk suv baliqlari proserkoidli siklopni yesa lichinkani ham o’ziga yuqtiradi. Lichinka baliqning muskullari orasiga, ichak va tuxumdoniga o’tib,
rivojlanib, pleroserkoid lichinkasiga aylanadi. Asosiy xo’jayinlar zararlangan baliqni xomlay iste’mol qilsa, pleroserkoidni o’ziga yuqtiradi.
Keng tasma parazitining keltirib chiqaradigan kasalligi difillobotrioz deb ataladi.
Odam ichagida u 15 yil va undan ko’proq vaqt parazitlik qilishi mumkin.
Difillobotriozning profilaktikasi eng avvalo bemorni davolash lozim. Shuningdek suv havzalarini asosiy xo’jayinlari najasi bilan ifloslanishini oldini olish, zararlangan baliqlarni iste’mol qilmaslik, ijtimoiy va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin