1 – oraliq xo’jayinning ichki organlari (jigar, o’pka va boshqalar)dagi exinokokkpufagi; 2 – exinokokk bilan zararlangan jigar (o’pka)ni asosiy xo’jayin (it) tomonidanistyemolqilishi;3 –asosiyxo’jayinichagidavoyagayetganparazit;4–asosiyxo’jayin axlati bilan tashqi muhitga chiqarilgan tuxumlar; 5 – oraliq xo’jayinlarning parazittuxumlaribilanzararlanishi.
ISHNI BAJARISH:
Mikroskopning kichik va katta obyektivlari yordamida keng tasma gijjasining tuxumlari, germafrodit va yetilgan bo’g’imlari tuzilishini ko’rish. Shuningdek keng tasmaning fiksasiyalangan strobilasini lupa yordamida ko’zdan kechirish. Keng tasmaning tashqi va ichki tuzilishidagi xarakterli belgilarini rasmlarda ifodalash.
Kalta zanjir chuvalchangining mikropreparatlarini mikroskopning kichik va katta obyektivlarida ko’rish. Uning tuzilishidagi xarakterli belgilarini rasmda ifodalash.
Exinokokkning voyaga yetgan va pufakli bosqichlarini mikropre-paratlari, fiksasiyalangan namunalarini ko’zdan kechirish. Exinokokkning tuxumlari, voyaga yetgan davri va pufagining tuzilish xususiyatlarini rasmlarda ifodalash hamda qisqa xulosalar bilan yakunlash.
Keng tasmaning morfologik belgilarini ko’rsating:
uzunligi 20-25 m gacha, proglottidlari – 4000 tagacha; skoleksidagi so’rg’ichi bir juft – botriy (tirqish)lar ko’rinishida;
V) uzunligi 2-3 m gacha, proglottidlari 350-400 tagacha; so’rg’ichlari xitinlashgan ilgakchalardan iborat;
S) uzunligi 15-20 m gacha, gavda proglottidlarga bo’linmagan; so’rg’ichlari 4 ta;
D) uzunligi 10 m gacha, proglottidlari 1500 tagacha; so’rg’ichlari – bir juft muskulli tugmachalar;
Kalta zanjirning hayot siklida xo’jayinlari qanday organizmlar bo’laoladi:
xo’jayinlari 2 ta – asosiy xo’jayin odam, oraliq xo’jayinlari it va mushuk;
V) rivojlanishning barcha bosqichlari faqat bitta xo’jayin (odam)da o’tadi;
S) xo’jayinlari 3 ta – odam, kalamush, suvarak;
D) xo’jayinlari 2 ta – asosiy xo’jayin odam, oraliq xo’jayinlari – kalamush, sichqon.
Exinokokkning asosiy xo’jayinlari qanday hayvonlar bo’laoladi va ularning tanasini qaysi qismlarida yashaydi?
qoramol, qo’y, echki, ot; yo’g’on ichakda;
V) odam va maymunlar; ingichka ichakda;
S) it, bo’ri, tulki, chiyabo’ri; ingichka ichakda;
D) odam, qoramol, it, mushuk; ingichka ichakda.
Gimenolepidozning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar asosi nimada?
shaxsiy gigiyenik qoidalarga rioya qilish;
V) go’sht mahsulotlarini yaxshi pishirish;
S) qaynatilmagan suvni ichmaslik;
D) meva va sabzavotlarni toza holda istyemol qilish.
Odamning difillobotriozga chalinmasligi uchun qaysi profilaktik chora qo’llaniladi?
mevalarni yuvib istyemol qilish;
V) ovqatdan oldin qo’llarni yuvish;
S) mol go’shtini yaxshi pishirish;
D) xom yoki chala piщirilgan baliq go’shtini istemol qilmaslik.
Odamning exinokokkoz kasalligida uning qaysi ichki organlari ko’proq zararlanadi?
jigar, o’pka, bosh va orqa miya, yurak;
V) oshqozon va ingichka ichak;
S) ovqat hazm qilish organlarini barcha bo’limlari;
D) muskul sistemasi.
Kalta (pakana) zanjirning gavda uzunligi qanday va nechta proglottidlardan iborat.
20-30 sm; proglottidlari – 30-40 ta;