Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə48/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Umumiy tushunchalar. Odam askaridasi - Ascaris lumbricoides. Odamning ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qiluvchi nematodalar orasida eng yirigi bo’lib, urg’ochisi 30-40 sm, erkagi 15-25 sm, uzunlikda, gavda eni 3-6 mm. Erkagining dum qismi qorin tomoniga qayrilib gajjaklashgan. Urg’ochisi duksimon shaklda. Gavda pishiq kutikula bilan qoplangan. Oldingi uchida og’iz teshigi bo’lib, u uchta lab bilan o’ralgan. Ovqat hazm qilish sistemasi to’g’ri naysimon. Ushbu sistema 3 qismdan - oldingi, o’rta va orqa ichaklardan iborat. Orqa ichak kalta va u ventral joylashgan anal teshigi bilan tashqariga ochiladi. Erkak askaridada jinsiy teshik, spikula va orqa chiqaruv teshigi umumiy teshik - kloaka bilan tashqariga ochiladi.
Odam askaridasi geogelmint. Ingichka ichakda parazitlik qiluvchi erkak va urg’ochi jinslar o’zaro qo’shilgandan so’ng, urg’ochi askarida sutkasiga o’rtacha 200 mingtagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlar ovalsimon, 5 qavat po’st bilan o’ralgan, eng
ustki qavati ancha qalin va notekis (g’adir-budir), jigarrang yoki to’q sariq ko’rinishda. O’lchami 0,05-0,07 mm kattalikda.
Askaridaning hayot sikli xo’jayin almashtirmasdan amalga oshadi. Tashqi muhitga najas bilan chiqarilgan tuxumlar qulay sharoitga tushsa (harorat +20-260S, namlik yetarli bo’lsa) 15-18 kunda ichida lichinka shakllanadi. Tuxumlar noqulay muhitga juda ham chidamli bo’ladi. Muhit harorati 25-300S sovuq bo’lsa 30-40 kungacha yoki tuproqda 7 yilgacha, 4% li formalin eritmasida 4-5 yilgacha o’zining tiriklik xususiyatini yo’qotmaydi. Tashqi muhitda ichida lichinka shakllangan tuxumlar invazion hisoblanadi. Bunday tuxumlar iflos suv, sabzavot va mevalar orqali odam ichagiga tushsa, ulardan chiqqan (0,5 mm uzunlikdagi) lichinkalar ichak devorini teshib qonga va u bilan jigarga, yurakka, undan o’pka alveolalariga kiradi. O’pkada lichinkalar ma’lum vaqt (5-10 kun) qolib, alveolalar devorini shikastlaydi, ba’zan qon quyilishi ro’y beradi. Lichinkalarning ajratgan zaharli mahsulotlari zotiljam kasaliga o’xshash belgilarni paydo qiladi. O’pkada lichinkalar o’sib, 1,5-2 mm uzunlikka yetganda nafas yo’liga (bronxiollar, kekirdak) va halqumga kelib, qayta yutiladi. Oshqozondan ingichka ichakka tushgan lichinkalar 60-85 kunda voyaga yetadi. Voyaga yetgan askarida ichakda bir yilgacha yashaydi. Askaridaning keltirib chiqargan kasalligi askaridoz deb ataladi. Odam ichagida bir necha o’nlab, hatto yuzlab askaridalar parazitlik qilsa, ichak devorini yaralaydi, ba’zan ular o’zaro g’uj bo’lib o’ralsa ichak yo’lini to’sib, uning yorilishiga sabab bo’ladi. Parazitning ajratgan zaharli mahsulotlari odam organizmiga salbiy ta’sir qilib, hazm organlari, nerv va jinsiy sistemalarining faoliyatini buzadi. Bolalar ichagidagi askarida ba’zan oshqozon va halqum orqali harakat qilib, og’iz va burunga ko’tarilishi, hatto nafas yo’llariga o’tib, bolani bo’g’ib qo’yishi mumkin.
Ayrim hollarda jigar va bosh miya funksiyalarini bo’zib, odamni o’limga mahkum qilishi ham mumkin.
Askaridoz kasalligini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar asosan shaxsiy va ijtimoiy sanitar-gigiyenik hamda epidemiologik tadbirlarga asoslangan. Shaxsiy gigiyenada - ovqatlanish oldidan qo’lni yuvish, meva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish, suvni qaynatib ichish; ijtimoiy sanitar-oqartuv ishlarni, jumladan uy pashshalariga qarshi kurashish, atrof-muhitni najas bilan ifloslantirmaslik, bemorlarni aniqlash va degelmintizasiya ishlari kabilarni amalga oshirishdan iboratdir.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin