Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə11/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 5. Lyambliya (Giardia lamblia) ning tuzilish sxemasi
a vegetativ shakli; b – sistasi
1 yadro, 2 so’rg’ichlar, 3 bazal tanacha, 4 aksostil, 5 - xivchinlar

Lyambliyalar odamning ingichka ichagida, shuningdek o’n ikki barmoq ichakda, o’t pufagi va uning yo’llarida parazitlik qiladi. Ingichka ichakdagi ishqoriy muhit vegetativ bosqichdagi lyambliyalar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin turli sabablarga ko’ra ichak muhiti o’zgarsa, ular ichakning keyingi bo’limi (yo’g’on ichak) ga o’tib, kislotalik muhitga chidaydigan qalin va pishiq po’stga (sistaga) o’raladi. Ushbu sistalar ovalsimon shaklli, kattaligi 10-14 mkm ga teng bo’lib, najas bilan tashqi muhitga chiqariladi.


Bunday sistalar yod yeritmasi bilan ishlansa, undan tayyorlangan mikropreparatlar mikroskopning katta (40x) obyektivida ko’rilsa, uning ichida tiniq pellikulasi, yadrolari, aksostili, tayanch ipchalar va parabazal tanachasi aniq ko’rinadi. Lekin lyamblioz kasalligi belgilari ro’yobga chiqsa (ichakda og’riq, o’t pufagining yallig’lanishida), parazitning faoliyati ko’tarilib, bemorda ich ketishi yoki lyambliozga qarshi doriqabul qilinganda bemorning najasi bilan birga minglab, yuz minglab vegetativ shaklidagi parazitlar ham chiqariladi.
Odamning ichagida hazm bo’lgan oziqlarning bir qismi parazit tanasiga osmotik yo’l bilan o’tadi. Ichak shilliq pardasining 1 sm2 yuzasida 1 mln gacha individlar bo’lishi mumkin.
Ichakda parazitlar jinssiz usulda bo’ylama, 2 ga bo’linib ko’payadi. Shunga binoan lyambliyaning hayot sikli ingichka ichak va o’t yo’llarida bir necha marta jinssiz
ko’payishi va sista hosil qilish bosqichlarining almashinib turishidan iborat. Ichak ichida parazitlar 30-40 kungacha yashashi mumkin.
Lyamblioz bilan zararlangan odamda kasallik alomatlari ko’p hollarda aniq bilinmaydi. Shunga binoan uni aniqlash uchun yeng ishonchli usul bemor najasi laboratoriyada tekshirishdan o’tkaziladi. Lekin lyambliozda ba’zan ichakning shilliq pardasida parazitlarning soni haddan tashqari oshib ketishi, ichak funksiyasini buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari parazitning ichakka mexanik ta’siri tufayli, unda uglevodlarni qayta ishlash va so’rilishi jarayonini yomonlashuviga olib keladi. Parazitlarning o’t yo’llari orqali jigarga borib to’planishi sababli unda qattiq og’riqlarni paydo bo’lishi kuzatiladi. Shuningdek lyambliozda dissimilyasiya jarayonida hosil bo’lgan zaharli mahsulotlarning almashinuvi buzilib, bemorning umumiy holatini yomonlashuvi, kamqonlik (anemizasiya) belgilari, asab sistemasi va ruhiy holatning pasayishi kabi belgilar paydo bo’lishi mumkin.
Lyamblioz nisbatan keng tarqalgan paraziar (protozooz) kasalliklardan hisoblanadi. U ayniqsa issiq iqlimli sharoitda ko’p uchraydi. Bunday kengliklarda yashovchi katta yoshdagi odamlarning 10-12 % i, bolalarning 16-35% i , ba’zan 56% gacha lyamblioz bilan zararlangan bo’ladi. Ushbu kasallik O’rta Osiyo Respublikalari, jumladan O’zbekistonda ham tarqlgan.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin